Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
14.8K photos
2.15K videos
13 files
6.45K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti transport vazirlarining 12-yig‘ilishi yakuni bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi

Toshkent deklaratsiyasi tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida yuk tashuvlari jarayonlarini yanada soddalashtirish, mamlakatlar tranzit salohiyatini oshirish, muqobil transport yo‘laklarini rivojlantirish kabi masalalarni o‘z ichiga olgan.

Qadimiy Samarqandning turizm salohiyatini inobatga olgan holda Samarqand aeroportiga IHT davlatlari aviatsiya xabi maqomini berish taklifi ishtirokchi mamlakatlar tomonidan ma’qullandi.

“O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya” transport yo‘lagini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishtirokchi mamlakatlar transport vazirlari darajasida hujjat imzolandi.

__

По итогам 12-го заседания министров транспорта Организации экономического сотрудничества принята Ташкентская декларация

Ташкентская декларация включает вопросы дальнейшего упрощения процессов грузоперевозок между странами-членами организации, повышения транзитного потенциала стран, развития альтернативных транспортных коридоров.

Учитывая туристический потенциал древнего Самарканда странами-участниками одобрено предложение о присвоении аэропорту Самарканда статуса авиационного хаба стран ОЭС.

Подписан документ на уровне министров транспорта стран – участников по дальнейшему развитию транспортного коридора “Узбекистан – Туркменистан – Иран-Турция".
​​Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Xusrav Noziriy 2023-yil 2-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan IHTga aʼzo mamlakatlar transport vazirlarining 12-yigʻilishi ishtirokchilari va tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi:

«Men aʼzo mamlakatlarning yondashuvi hamda mintaqada transport aloqalari va o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishda IHT tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdorman. Bugun qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi aʼzo davlatlar oʻrtasida transport sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun keng qamrovli yoʻnalishlarni taqdim etishda muhim yutuqdir. Ishonchim komilki, forum doirasida qabul qilingan tavsiyalarimiz mintaqada hamkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga IHTga a’zo davlatlar vazirlarining bugungi uchrashuvini muvaffaqiyatli tashkil etgani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman».

Генеральный секретарь Организации экономического сотрудничества Хусрав Назири поблагодарил участников и организаторов 12-го заседания министров транспорта ОЭС, состоявшегося в Ташкенте 2 ноября 2023 года:

«Я признателен за подход стран-членов и поддержку инициатив ОЭС в развитии транспорта и взаимосвязанности в регионе. Принятая сегодня Ташкентская декларация является важным достижением в обеспечении всесторонних направлений для дальнейшего сотрудничества государств-членов в сфере транспорта. Я глубоко убеждён, что наши рекомендации, принятые на полях форума, создадут широкие возможности для сотрудничества в регионе. Хотел бы выразить искреннюю благодарность правительству Республики Узбекистан за успешную организацию сегодняшней встречи министров транспорта стран-членов ОЭС».
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Новости 24 | 12-е заседание министров транспорта стран-членов Организации экономического сотрудничества


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ХАБАР 24 | I Международный транспортный форум ШОС прошел в Ташкенте


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Quruqlik portlari va multimodal tushuvlarni rivojlantirish masalalari muhokama etildi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Aviation & Logistics Forum 2023" xalqaro aviatsiya forumi doirasida Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi va BMTning Osiyo va Tinch okeani iqtisodiy va ijtimoiy komissiya hamkorligida "O‘zbekistonda quruqlik portlari va multimodal transport-logistika markazlarini rivojlantirish mavzusida" panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassisi Fedor Kormilitsin Quruqlik portlari mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining Transport va logistika muammolarini o‘rganish markazi direktori Bekzod Xolmatov mamlakatimizda Quruqlik portlari talabiga javob beruvchi logistika markazlari va ular infratuzilmasini rivojlantirish masalalari mavzusida taqdimot bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, Bojxona qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Rustam Kabulov panel sessiyada so‘zga chiqib, multimodal tashishlarda bojxona tizimining o‘rni, xalqaro tashuvlarni rivojlantirish uchun yaratilayotgan sharoitlar va bojxona rasmiylashtiruv jarayonlarini raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan yangiliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Toshkent davlat transport universiteti Innovatsion transport markazi direktori Dauren Ilesaliyev transport va logistika sohasida malakali kadrlarni tayyorlash va bunda sun’iy intellektning o‘rni haqidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
2023-yilning eng yaxshi multimodal logistika markazlari taqdirlandi

Poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan "Aviation & Logistics Forum 2023" xalqaro aviatsiya forumida eng yaxishi multimodal logistika markazlari turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi.

“2023-yilning eng yaxshi raqamlashtirilgan logistika markazi” nominatsiyasida

“ULS” MChJ

“2023-yilning eng yaxshi ko‘ptarmoqli logistika xabini yaratgan logistika markazi” nominatsiyasida

“Navoiy Xalqaro aeroporti” MChJ

“2023-yilning eng yaxshi transport va ombor infratuzilmasiga ega logistika markazi” nominatsiyasida

“Termez Cargo Centre” MChJ

“2023-yilda eng ko‘p xorijiy investitsiya jalb qilgan logistika markazi” nominatsiyasida

“First dry port terminal” MChJ

“2023-yilda ulkan darajada tashuvlar geografiyasini kengaytirgan konteyner operatori” nominatsiyasida

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ