Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.1K photos
2.16K videos
13 files
6.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Араб Амирликлари Ҳукумат ишлари бўйича вазири Муҳаммад бин Абдуллоҳ ал-Гаргавий бошчилигидаги делегация билан учрашувида юқори технологиялар, сунъий интеллект, рақамлаштириш, шаҳар инфратузилмасини модернизация қилиш, ҳудудларнинг савдо-инвестициявий салоҳиятини рўёбга чиқариш борасидаги аниқ лойиҳа ва дастурларни амалга ошириш истиқболлари ва бошқа масалалар кўриб чиқилди.

Перспективы реализации конкретных проектов и программ в сфере высоких технологий, искусственного интеллекта, цифровизации, модернизации городской инфраструктуры,
раскрытия торгово-инвестиционного потенциала регионов и другие вопросы рассмотрены в ходе встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с делегацией Объединенных Арабских Эмиратов во главе с министром по делам Правительства Мухаммадом бин Абдуллой аль-Гергави.

#Mirziyoyev #qabul #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент шаҳри лойиҳаси концепциясига оид тақдимот билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о концепции проекта города Новый Ташкент.

#Mirziyoyev #taqdimot #YangiToshkent #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xalqaro_hamkorlik

Transport va logistika sohasida Litva bilan hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida muntazam yo‘lovchi va yuk aviatashuvlarini yo‘lga qo‘yish, avtomobil transportida va temir yo‘llari orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, Litva portlari va logistika markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Litva bilan qo‘shimcha ruxsatnoma balankalari almashishga kelishildi

Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlarda yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, bunda milliy tashuvchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlar may oyi boshida tranzit va uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yuklarni tashish uchun qo‘shimcha ravishda ruxsatnoma balankalarini almashishga kelishib oldi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Samarqand shahri jamoat transport tizimi rivojlanmoqda

Samarqand shahrida yangi M15-sonli “Temiryo‘l vokzali – Shodiyona savdo majmuasi” (aylanma) shahar avtobus yo‘nalishida qatnovlar boshlandi.

Mazkur yo‘nalish “Simetra” xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Samarqand shahri transport master rejasiga asosan tashkil etildi.

M15-raqamli shahar avtobus yo‘nalishi Temiryo‘l vokzalidan boshlanib, Ro‘dakiy, Gagarin, Mirzo Ulug‘bek, Bo‘stonsaroy, Universitet xiyoboni, Namozgoh, Sadriddin Ayniy, Shabod, usta Umar Jo‘raqulov, Shohi Zinda, Ro‘dakiy, Dahbed, Registon, Universitet xiyoboni, Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Gagarin, Ro‘dakiy ko‘chalari orqali Temiryo‘l vokzalida yakunlanadi.

Yonalishda “Maroqand trans 777” MCHJ tomonidan King Long rusumli 7 ta avtobusda 14 daqiqalik interval asosida yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Avtobuslarda elektron to‘lov tizimi mavjud.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Toshkentning yangi metro bekatlariga qanday nomlar taklif etilyapti?


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида янги уй-жой қурилиши ва 2023 йилги ипотека дастури бўйича устувор вазифалар муҳокамаси юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.

Под председательством Президента Шавката Мирзиёева состоялось видеоселекторное совещание по вопросам строительства нового жилья и приоритетам ипотечной программы на 2023 год.

#Mirziyoyev #videoselektor #qurilish #ipoteka

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter