Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.3K photos
2.18K videos
13 files
6.57K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
January 11, 2023
January 11, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2023
January 11, 2023
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
January 11, 2023
January 11, 2023
January 11, 2023
“Toshkent–Moskva” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus qatnovi yuzasidan RASMIY MAʹLUMOT

Joriy yilning 9 - yanvar kuni soat 18:00 da “Uzautotrans service” MChJning davlat raqam belgisi 01 344 CGA bo‘lgan “YUTONG BUS ZK6122H9” rusumli avtobusi barcha talablarga rioya etgan holda transport vositasi texnik, haydovchilar esa tibbiy ko‘rik va maxsus yo‘riqnomalardan o‘tib, “Toshkent – Moskva” yo‘nalishi bo‘yicha 26 ta yo‘lovchi bilan “Toshkent” avtovokzalidan belgilangan jadval asosida qatnovni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqqan.

Yo‘nalish davomida joriy yilning 10-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat tahminan 22:00 da Qozog‘iston Respublikasining Aktobe viloyati “Samara – Chimkent” trassasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘llarda vujudga kelgan muzlamalar sabab shu yo‘nalishda harakatlanayotgan barcha yengil, yuk va jamoat transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi.

Shu jumladan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan avtobus harakati ham vaqtinchalik to‘xtatilgan. Mahalliy hukumatning FVV departamenti tomonidan yo‘lovchilar o‘sha atrofdagi masjidga vaqtinchalik joylashtirilgan.

Yo‘ldagi muzlar va to‘siqlar bartaraf etilgandan so‘ng transport vositalari o‘z harakatlarini davom ettirishgan.

Hozirda davlat raqam belgisi 01 344 CGA bo‘lgan “Uzautotrans service” MChJning “Toshkent–Moskva” yo‘nalishida qatnovni amalga oshirayotgan avtobus Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasi chegara bojxona postidan o‘tmoqda.

Haydovchi bilan o‘rnatilgan operativ aloqaga ko‘ra avtobusdagi barcha yo‘lovchilar sog‘-salomat holda yo‘nalishda o‘z safarini davom ettirmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
January 11, 2023
January 12, 2023
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog`ida joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!

Joriy yilning 12-yanvar kuni, "Kо дну" telegramm kanalida “Toshshahartransxizmat” AJning tasarrufidagi avtobuslar yo`nalishga bir yarim barobar kam chiqqanligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`lum qiladi:
🔹O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida, havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi natijasida yangi harid qilingan katta rusumli avtobuslar dvigatel havo tizimining yaxlab qolganligi oqibatida texnik nosozliklar vujudga kelganligi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etilishi yuzasidan avtobuslarga tezkor servis va joriy taʼmir xizmatlari ko‘rsatishni talab darajasida tashkil etish uchun zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda avtobuslarning texnik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, nosozliklar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, avtobuslarni o‘z vaqtida yo‘nalishlarga chiqarilishi bo‘yicha 30-35 daqiqa vaqt mobaynida kechikishlar bo‘ldi. Soat 8:35 da barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rejaga asosan avtobuslar chiqarilishi taʼminlandi.

🔹Bundan tashqari, gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga asosan, O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida, havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi mumkinligini hamda avtomobil yo‘llaridan foydalanish qoidalariga ko‘ra, yo‘llarda avtobus yo‘nalishlari harakati keskin sekinlashishini inobatga olgan holda, yo‘lovchilarning transport xizmalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, 2023-yil 12-yanvar kuni, “Toshshaharyo‘lovchitrans” AJ tomonidan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli jami 20 ta avtobuslar ajratilib, 101-sonli “Darhon mahallasi – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” va 110-sonli “FOOD ITY savdo majmuasi – TTZ ASHB” mavjud, shuningdek “TTZ ASHB – TTZ bozori - Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali), “TTZ ASHB” – Chimyon bekati – Akademshahar - “Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (M.Ulug‘bek ko‘chasi orqali), “Akademshahar bekati (M.Ulug‘bek haykali) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi - Mashinasozlar metrosi”, “M.Ulug‘bek tuman IIBB (ROVD) - TTZ ASHB” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali), “Agrar Universiteti (Selxoz) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (T.Malik, M.Ulug‘bek ko‘chalari orqali) avtobus yo‘nalishlariga chiqarilganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
January 12, 2023
January 12, 2023