Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.6K subscribers
14.6K photos
2.09K videos
13 files
6.36K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - [email protected]
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
50% CHEGIRMALI CHIPTALAR BO‘YICHA STATISTIK MA'LUMOT

Qishki ta’til kunlari uzaytirilgani munosabati bilan talabalar tomonidan chiptalar qaytarilib, boshqa sanalarga rasmiylashtirilmoqda.

2023 yil 7-yanvar kuni holatiga 50% chegirma asosida xarid qilingan chiptalar 10 979 nafar talabalar tomonidan qaytarilgan bo'lib, shundan 5 944tasi chiptaxonalar orqali va 5 035tasi elektron tarzda amalga oshirilgan.

Bundan tashqari 18-yanvar sanasiga qadar talabalarning so‘roviga asosan 10 869 ta chipta qayta rasmiylashtirilib berilgan hamda 4 544 ta chipta qo‘shimcha rasmiylashtirilgan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Таҳлилнома | Тошкент Ер усти метроси – транспорт тизимидаги мегалойиҳа


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#MAN_A22_CNG

🚌 "Тошшаҳартрансхизмат" АЖ ҳаракат таркиби катта сиғимли автобуслар билан янгиланмоқда

"Тошшаҳартрансхизмат" АЖ ва "TRUCK AND BUS TRADE GROUP" МЧЖ ўртасида тузилган шартномага асосан, жорий йилнинг 4 январь куни "MAN A22 CNG" русумли автобусларнинг навбатдаги 16 донаси "Тошшаҳартрансхизмат" АЖ тасарруфига топширилган эди.

Ушбу катта сиғимли янги автобуслар қуйидаги йўналишларда хизмат кўрсатиш учун бириктирилди:

🔹4 донаси 28-сонли “Яшнобод қурилиш коллежи – Ибн Сино 2-мавзеси”;
🔹4 донаси 13-сонли “Изза мавзеси – Тошкент МУМ”;
🔹1 донаси 91-сонли “Юнусобод мавзеси 15-даҳа – Кўкча масжиди бекати”;
🔹1 донаси 118-сонли “Чилонзор буюм бозори – Ўзпослсавдо”;
🔹3 донаси 87-сонли “Чинни бозори бекати – Қорақамиш 2/4 мавзеси”;
🔹3 донаси 88-сонли “Ибн Сино 2-мавзеси – М. Юсуф кўчаси” автобус йўналиши.


Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги Ахборот хизмати


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from UZBEKISTAN AIRPORTS
RUS:⚡️Регулярный рейс авиакомпании Flydubai FZ781/782 (Дубай — Наманган — Дубай), запланированный на 10 января 2023 года, будет выполняться из международного аэропорта «Ташкент».

Такое решение принял авиаперевозчик, в связи с переменчивыми метеоусловиями в наманганском аэропорту.

UZB:⚡️2023-yil 10-yanvarga belgilangan Flydubai FZ781/782 (Dubay. — Namangan — Dubay) reysi "Toshkent" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

Bunday qaror tashuvchi tomonidan, Namangan aeroportida o‘zgaruvchan ob-havo sharoiti tufayli, qabul qilindi.
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

Ҳукумат қарори (5-сон, 07.01.2023 й.) билан Ўзбекистон бўйлаб саёҳат қилиш ҳамда ижтимоий аҳамиятга эга бўлган йўналишлар харажатларининг бир қисмини Ўзбекистон Республикаси республика бюджетидан қайтариш тартиби тўғрисидаги низомга ўзгартириш ва қўшимчалар киритилди

🔰 Унга кўра, авиаташувчиларга ички туризм, шу жумладан, ижтимоий аҳамиятга эга бўлган маҳаллий йўналишларда авиа чипта нархининг 25 фоизи миқдорида субсидия 2026 йил 1 январгача ажратилади (илгари 2022 йил 1 июнгача эди).

⚠️ Маълумот учун: Авиаташувчиларга маҳаллий йўналишлардаги авиақатновлар учун чипта нархининг бир қисмини қайтариш тартиби белгиланган.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Sirdaryo_viloyati

Uchta yo‘nalishda avtobuslar harakati qayta yo‘lga qoyildi

🚌 Qish mavsumida aholiga sifatli, xavfsiz va arzon transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchilarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yo‘nalishlarda jamoat transportining uzluksiz qatnovni ta’minlash maqsadida zarur choralar ko‘rilmoqda.

🚏 Xususan, Sirdaryo viloyati transport boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish maqsadida avtobus yo‘nalishlarini optimallashtirish hisobiga temir yo‘l vokzalidan Guliston shahrining Ulug‘obod, Zarbdor, Nurafshon MFY (19-kvartal) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi avtobuslar qatnovi qayta tiklandi.

🚍 Mazkur 3 ta yo‘nalishda “Guliston Terminal” MChJ, “Nissan Trans Servis” MChJ, “Temur Avtotrans Servis” MChJ korxonali tomonidan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati

mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

Qarshi shahrida mikroavtobus yo‘nalishi tashkil etildi

🚐 Bugundan viloyat markazida yangi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi ish boshladi. Ushbu 16-sonli yo‘nalish Xontepa mahallasi hududidan boshlanib, viloyat bolalar shifoxonasida tugaydi.

Hozirgi vaqtda mazkur yo‘nalishda 10 dona zamonaviy mikroavtobus yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Qatnov masofasi 10 kilometrdan ziyodni tashkil etuvchi ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi uch ming so‘m etib belgilangan.

🚏 Mikroavtobuslar yo‘nalish davomida “Sfad” supermarketi, Yangi bozor, Xalq banki, QarDU, “Do‘stlik” supermarketi, Eski bozor, Eshon shahid kabi muhim obyektlar yonidan o‘tadi.

Mikroavtobuslar harakatining oraliq intervali 5 daqiqani tashkil etmoqda.

Ushbu yo‘nalish sinov tariqasida ochilgan bo‘lib, yo‘lovchi oqimi va o‘z-o‘zini qoplashidan kelib chiqib doimiy qatnovni tashkil qilish belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

🚍 Yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatuvchi avtobus va mikroavtobuslar soni ko‘paytirilmoqda

Joriy yilning 9 – 15 yanvar kunlarida kutilayotgan anomal sovuq munosabati bilan aholini jamoat transporti bilan toʼliq taʼminlash maqsadida yoʼnalishlar harakat jadvallariga qoʼshimcha oʼzgartirishlar kiritiladi.

Xususan, bugungi kunda tuman markazlaridan viloyat markaziga hamda tumanlararo harakatlanuvchi 14 ta avtobus yo‘nalishlarida xizmat ko‘rsatayotgan avtobuslar soni 84 tadan 130 tagacha oshiriladi.

Tumanlar markazlaridan viloyat markaziga va tumanlararo harakatlanuvchi 14 ta yoʼnalishdagi 220 ta yoʼnalishli taksilar soni 370 tagacha oshiriladi.

Mazkur yoʼnalishlardagi avtotransport vositalarining oraliq vaqtlari qisqartirildi.

Аvtobus va yoʼnalishli taksilar soat 07:00 dan 19:00 gacha ish faoliyatlarini olib borishi viloyat transport boshqarmasi tomonidan nazoratga olindi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from Uzbekistan Airways
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshiradi.

Xitoyga kirish uchun yo'lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko'p bo'lmagan PZR-test natijasi kerak bo'ladi.

10 января текущего года авиакомпания Uzbekistan Airways выполнит первый рейс по направлению Ташкент – Пекин – Ташкент.

Для въезда в Китай пассажирам понадобится ПЦР-тест (срок действия 48 часов) и виза.

#uzbekistanairways
#china
Forwarded from UZBEKISTAN AIRPORTS
⚡️Рейсы авиакомпании "Uzbekistan Airways" HY73/74 по маршруту Бухара - Наманган - Бухара отменены в связи с неблагоприятными метеоусловиями.

⚡️"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining Buxoro -Namangan - Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha HY73/74 reyslari noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.
⚡️Noqulay ob-havo sharoiti sababli ayni paytda Toshkent aeroportida quyidagi yoʻlovchi reyslari kechiktirildi:

HY9685 Toshkent – Sochi
mahalliy vaqt bilan 10:12 da jo'nab ketdi

HY011 Toshkent – Nukus mahalliy vaqt bilan 10:30 ga qoldirildi

TK369 Toshkent – Istanbul mahalliy vaqt bilan 10:35 ga qoldirildi

HY271 Toshkent – Istanbul qatnovi mahalliy vaqt bilan soat 11:00 ga qoldirildi

HY065 Toshkent – Termiz mahalliy vaqt bilan soat 14:00 ga qoldirildi


⚡️В аэропорту Ташкент в связи с неблагоприятными метеоусловиями на данный момент задерживаются следующие пассажирские рейсы:

HY9685 Ташкент – Сочи
- вылет в 10:12 местного времени

HY011 Ташкент – Нукус - перенос на 10:30 местного времени

TK369 Ташкент – Стамбул - перенос на 10:35 местного времени

HY271 Ташкент – Стамбул - перенос на 11:00 местного времени

HY065 Ташкент – Термез - перенос на 14:00 местного времени
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❄️Yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida metro bekatlarining kirish qismi qordan tozalanmoqda
Noqulay ob-havo sharoitida harakat xavfsizligini ta’minlash dolzarb vazifa

“Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasi va uning tarkibidagi stantsiyalar, korxona va tashkilotlar, yo‘l, aloqa, energiya ta’minot xo‘jaliklari, vagon xo‘jaliklari ishchi xodimlari tomonidan Uzelga qarashli barcha temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi nazorat ishlari yanada kuchaytirildi.

Tunu-kun strelkali o‘tkazgichlarni, svetaforlarni, temir yo‘l kesishmalarini doimiy ravishda qor va muzdan tozalash, energiya ta’minot tizimidagi uskunalar, transformatorlar hamda bino va inshotlarda isitish uskunalarining sozligi nazoratga olinib, muammo va kamchiliklar yuzaga kelguday bo‘lsa, uni zudlik bilan joyida hal qilish chora tadbirlari ko‘rilmoqda.
⚡️Noqulay ob-havo sharoiti sababli ayni paytda Toshkent xalqaro aeroportida quyidagi yoʻlovchi reyslari kechiktirilmoqda:

HY745 Toshkent - Tbilisi soat 11:00 ga qoldirildi
HY011 Toshkent - Nukus 11:00 ga qoldirildi
HY023 Toshkent - Buxoro kechiktirildi
HY603 Toshkent - Moskva kechiktirildi
HY333 Toshkent - Dubay kechiktirildi
HY5303 Toshkent - Jidda kechiktirildi
5P557 Toshkent - Moskva kechiktirildi
HY091 Toshkent - Andijon bekor qilindi



⚡️В аэропорту Ташкент в связи с неблагоприятными метеоусловиями на данный момент задерживаются следующие пассажирские рейсы:

HY745 Ташкент – Тбилиси перенос на 11:00
HY011 Ташкент – Нукус перенос на 11:00
HY023 Ташкент – Бухара задерживается
HY603 Ташкент – Москва задерживается
HY333 Ташкент – Дубай задерживается
HY5303 Ташкент – Джидда задерживается
5P557 Ташкент – Москва задерживается
HY091 Ташкент – Андижан отменен
Forwarded from Uzbekistan Airways
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli yo'lovchilar, Oʻzbekiston hududida joylashgan aeroportlarda ob-havoning keskin oʻzgarishi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasining parvozlar jadvaliga oʻzgartirishlar kiritiladi. Sizdan o'z parvozingiz holatini havola orqali oldindan tekshirib turishingizni, shuningdek, aloqa-markazining +998 78 140 02 00 (24/7) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib qatnov holati haqida ma'lumot olishingiz, aviakompaniyaning Facebook, Instagram sahifalariga yoki WhatsApp'ga (+998909981578) murojaat qilishingiz mumkin.

Дорогие пассажиры, из-за сильных погодных изменений в аэропортах Узбекистана возможны изменения в расписании рейсов авиакомпании Uzbekistan Airways. Просим вас проверить статус своего рейса заранее по ссылке, а также можете позвонить в колл-центр по номеру +998 78 140 02 00 (24/7) или написать в WhatsApp (+998909981578), Facebook или Instagram страницы авиакомпании.

#uzbekistanairways
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Асосий масалага ўтишдан аввал давлатимиз раҳбари мамлакатимизга кириб келган совуқ ҳаво таъсирини беталафот ўтказиш чораларига тўхталиб ўтди.

Барча туман ва ҳудудларда ташкил этилган штаблар узлуксиз ишлаши кераклиги, аҳоли эҳтиёжлари тезкор ҳал этиб борилиши шартлиги таъкидланди.

Ижтимоий соҳа объектларини энергия ва иссиқлик билан таъминлашни алоҳида назоратга олиш зарурлиги қайд этилди.

Ички ишлар вазирлиги ва Миллий гвардияга йўлларни тозалаш ишларини ва транспорт воситаларининг хавфсиз ҳаракатини ташкил этиш топширилди.

Барча серқатнов йўналишларда жамоат транспортининг узлуксиз ҳаракати таъминланиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамаси раҳбарияти олдига ҳар бир вилоят, туман ва шаҳардаги аҳвол бўйича кунлик назорат ўрнатиб, жойлардаги муаммоларни тезкор бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
✈️ Uzbekistan Airways reyslari to‘g‘risida xabar

Bugun, 2023-yil 10-yanvar kuni noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining quyidagi reyslari:

HY 9685/HY9686 Toshkent–Sochi–Toshkent
HY 011/ HY012 Toshkent–Nukus–Toshkent
HY 271/ HY272 Toshkent–Istanbul–Toshkent
HY 065/HY066 Toshkent–Termiz–Toshkent
HY 745/HY746 Toshkent–Tbilisi–Toshkent
HY 023/HY024 Toshkent–Buxoro–Toshkent
HY 603/HY604 Toshkent–Moskva–Toshkent
HY 333/HY334 Toshkent–Dubay–Toshkent
HY 5303/ HY5304 Toshkent–Jidda–Toshkent
HY 763/HY764 Toshkent–Olmaota–Toshkent
HY 631/HY632 Toshkent–Sankt-Peterburg–Toshkent kechikib amalga oshiriladi.

⚠️Shuningdek, HY 065/HY066 Toshkent–Termiz–Toshkent qatnovi noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi.

‼️ Yo‘lovchilar bekor boʻlgan qatnov aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olish yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | 3 yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro aviaparvozlarni tiklamoqda

Joriy yilning 10-yanvar kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Toshkent – Pekin – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha ilk parvozni amalga oshirdi.

Xitoyga kirish uchun yo'lovchilarga viza va amal qilish muddati 48 soatdan ko'p bo'lmagan PZR-test natijasi kerak bo'ladi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |