Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning 130 dan ortiq davlatidan 280 nafar delegat ishtirok etayotgan kongressda rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
FIE prezidentligi uchun kurashda Usmonovga Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg raqiblik qildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra A.Usmonov 120, uning raqibi 26 ovoz to‘pladi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, keyingi ikki yilda Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) ning prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Mamlakatimizda birinchi marotaba bo’lib o’tgan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi Kongressi muhim masalaridan biri - FIEning Ijroiya Qomitasi a’zoligiga nomzodlarning saylanishi bo’ldi.
Quvonarli jihati unda hamyurtimiz O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova mazkur Kongresdagi 104 delegat ko‘magida Xalqaro federatsiya (FIE) Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Shuningdek, kongress doirasida o’tkazilgan matbuot anjumanida 2027 yilda Qilichbozlik boʻyicha kattalar o’rtasida Jahon chempionatini O’zbekistonda o’tkazish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Quvonarli jihati unda hamyurtimiz O’zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh kotibi Gulnora Saidova mazkur Kongresdagi 104 delegat ko‘magida Xalqaro federatsiya (FIE) Ijroiya qo‘mitasi a’zoligiga saylandi.
Shuningdek, kongress doirasida o’tkazilgan matbuot anjumanida 2027 yilda Qilichbozlik boʻyicha kattalar o’rtasida Jahon chempionatini O’zbekistonda o’tkazish rejalashtirilganligi ma’lum qilindi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Toshkent shahridagi sport ta’lim muassasalari o‘rganildi
Bugun Adkham Ikramov rahbarligidagi Sport vazirligi, Otabek Umarov boshchiligidagi MOQ mutasaddilari poytaxtimizdagi qator sport tashkilotlari, ularga tegishli inshootlar faoliyati bilan yaqindan tanishib, barcha jabhalarda o‘rganish ishlarini olib bordi.
Dastlabki manzil Yakkasaroy tumanidagi 1-sonli sport maktabi bo‘ldi. Unda mutasaddilar maktabning infratuzilmasi, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, qish mavsumiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Keyingi manzil o‘zbek sporti uchun muhim ta’lim maskanlaridan biri bo‘lgan Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi (ROPSTTM) bo‘ldi.
Shu kunlarda ROPSTTM suzish bo‘yicha turli yosh toifalaridagi O‘zbekiston kubogi bahslariga mezbonlik qilmoqda. Rasmiylar musobaqa jarayonida terma jamoa murabbiylari bilan iqtidorli yoshlarni seleksiya qilish mavzusida suhbatlashishdi. Shundan so‘ng ishchi guruh gandbol, yengil atletika, kamondan otish, karate va boks zallarida ham bo‘lib, u yerdagi sharoitlarni o‘rgandi.
Yakunda federatsiya va assotsiatsiyalarning poytaxtimizdagi bo‘limlari vakillari, murabbiylar, shuningdek, ROPSTTM mutasaddilari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda yosh sportchilarni xalqaro musobaqalarga munosib tayyorlash, sport ta’limi sohasida yangi metodikalar ustida ishlash kabi mavzularda suhbatlashildi.
Bunda BO‘SMlardan boshlab milliy terma jamoagacha bo‘lgan tizimni o‘rganish, ya’ni ishni eng quyi bo‘g‘indan tashkil etish, ish samaradorligini oshirish uchun hududiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda taklif tayyorlash ko‘zda tutilgan.