Bugun, poytaxtimizdagi Interkontinental mehmonxonasida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressi bo’lib o’tmoqda.
Mamlakatimizda o’tkazilayotgan mazkur nufuzli kongressda dunyoning 137 ta davlatidan 280 nafar mutaxassislar, Sport vaziri Adkham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov, Qoʻmita Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etmoqda.
Kongressda Sport vaziri mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qizg’in qutlab, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, yoshlarimiz orasida olimpiya sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar sonini tubdan oshirishga alohida e’tibor qaratilib, barcha zarur
shart-sharoitlar yaratib berilayotganligini ta’kidladi.
Ayni paytda mamlakatimizda qilichbozlik sport turi bilan 1 741 nafar sportchilar va 85 nafardan ortiq trenerlar muntazam ravishda shug‘ullanib kelishmoqda.
Shuningdek, sportchilarni yirik xalqaro sport musobaqalariga tayyorlash uchun 6 nafar malakali xorijiy trenerlar terma jamoaga jalb qilingan.
Ta’kidlash lozimki, Osiyo o‘yinlari tarixida O‘zbekiston sportchilari ilk bor qilichbozlik sport turining sablya yo‘nalishida ayollar jamoaviy dasturida oltin medallarni qo‘lga kiritishdi.
Bundan tashqari, yurtimizda qilichbozlik bo‘yicha Osiyo va jahon mintaqasining nufuzli xalqaro sport musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda.
Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining (FIE) navbatdagi Kongressi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar tafsilotlarini kanalimizda yoritib boramiz.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

#kross_yugurish
O‘zDJTSU: “Doimo sport bilan bo‘l” shiori ostida yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi!
Bugun, erta tongdan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Doimo sport bilan bo‘l” shiori ostida professor-o‘qituvchilar, talabalar va mahalla-yoshlari o‘rtasida kross-yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✅Universitetning Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedralari hamda Sport klubi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada 400 nafarga yaqin professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda mahalla yoshlari faol ishtirok etishdi.
Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahrida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning 130 dan ortiq davlatidan 280 nafar delegat ishtirok etayotgan kongressda rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
FIE prezidentligi uchun kurashda Usmonovga Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti Otto Drakenberg raqiblik qildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra A.Usmonov 120, uning raqibi 26 ovoz to‘pladi.
Ma’lumot o’rnida aytish joizki, keyingi ikki yilda Gretsiya vakili Emmanuel Katsiadakis Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi (FIE) ning prezidenti vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.