Milliy kino san'ati saroyi | Rasmiy
2.93K subscribers
4.97K photos
499 videos
1.58K links
O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyining rasmiy sahifasi.

Official page of the Palace of the National Film Art of Uzbekistan.

Официальная страница Дворца национального киноискусства Узбекистана.

📞77 287-88-88
📞77 297-88-88
Download Telegram
📣 “Yangi O‘zbekiston kinosolnomasi” turkumi doirasida suratga olingan qator hujjatli filmlarning premyerasi bo‘lib o‘tdi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” tomonidan yaratilgan “Yangi O‘zbekiston kinosolnomasi” turkumi doirasida “Zamonaviy harbiy institut”, “Ulug‘vor qalb bilan qutlug‘ saflarga” va “Yangi O‘zbekiston lochinlari” nomli hujjatli filmlarining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, Mudofaa vazirining vatanparvarlik targ‘iboti, maʼnaviy-maʼrifiy masalalar va yoshlar ishlari bo‘yicha maslahatchisi Olimjon O‘sarov, “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi”DUK direktori Bahodir Odilov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Fozil Xodjayev, Qurolli Kuchlar davlat muzeyi boshlig‘i Maxmuda Eshxo‘jayeva, Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i Bobur Shoyakubov, Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i Abdulatif Xamrayev, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa instituti boshlig‘i Baxtiyor Raximov, harbiy institutlarning kursantlari, film ijodkorlari, hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi boshlig‘i Bobur Shoyakubov mazkur filmlarning mazmuni hamda ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Kinematografiya agentligi va Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan hamkor tashkilotlar hamda kinoijodkorlar uchun maxsus esdalik sovg‘alari topshirildi.

😀 “Yangi O‘zbekiston lochinlari” hujjatli filmi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy aviatsiya instituti faoliyati haqida;

😀 “Ulug‘vor qalb bilan qutlug‘ saflarga” hujjatli filmi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyati haqida;

😀 “Zamonaviy harbiy institut” hujjatli filmida esa O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti faoliyatini hamda institutda olib borilayotgan islohotlarni yoritishga bag‘ishlangan.

Shuningdek, tomoshabinlar yangi ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston kino sanʼati muzeyi bilan tanishishdi. Ularda harbiylar haqidagi filmlar hamda muzey yorqin taassurot qoldirdi.

🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
✈️Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yil_sarhisobi_2024
#Vazirlik_haqida

⚡️ 2024-yil davomida vazirlikning Kinematografiya sohasini muvofiqlashtirish boʻlimi tomonidan amalga oshirilgan ishlar haqida

🎙 Kinematografiya sohasini muvofiqlashtirish boʻlimi boshlig‘i - Shohruhmirzo Qodirov

Telegram | Instagram | Facebook | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 O‘zbek adabiyotining buyuk namoyondalari hayoti va ijodiga bag‘ishlangan filmlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

⚡️Bugun O‘zbekiston Milliy kino san'ati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli ijodkor, akademik Oybek tavalludining 120 yilligi munosabati bilan “Oybek” nomli hujjatli filmi hamda atoqli adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov haqidagi “Ilm majnuni” hujjatli filmlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev, shoir va yozuvchilar, film ijodkorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev hamda rejissyor Nurilla Narzullayev mazkur filmlarning mazmuni hamda ahamiyati xususida so‘z yuritishdi.

😀 “Oybek” hujjatli filmi film o‘zbek adabiyotining buyuk namoyondasi O‘zbekiston xalq yozuvchisi, akademik  Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlanadi.
Senariy muallifi va rejissyor: Eljon Abbasov.

😀 “Ilm majnuni” hujjatli filmi atoqli adabiyotshunos olim, akademik Naim Karimov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Unda yigirmanchi asr o‘zbek adabiyotshunosligining yirik vakili Naim Karimovning 70 yillik ijodi haqida hikoya qilinadi. Filmda olimning do‘stlari, shogirdlari domla haqidagi qiziqarli xotiralari bilan o‘rtoqlashadilar.
Senariy muallifi va rejissyori: Nurilla Narzullaev
.

🔂Milliy kino san'ati saroyi Axborot xizmati
✈️Telegram 🌐Instagram
🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM