Mirzo Ulugʻbek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi
1.22K subscribers
2.45K photos
447 videos
647 links
📣📣📣📣📣 Toshkent shahar M.Ulugbek tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi tasarrufidagi "Barkamol avlod" bolalar maktabi

Telegram | Facebook | Instagram |Youtube |Artshop
Download Telegram
#jarayon
#ochiq_eshiklar_kuni

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan "Ochiq eshiklar kuni" targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirga tumanidagi umumta‘lim maktablari o‘quvchilari tashrif buyurdilar va to‘garak rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan mahorat mashg‘ulotlarida qatnashib, o‘zlari uchun kerakli ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar.

📌 "Ochiq eshiklar kuni" targ'ibot tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘quvchi yoshlarni maktab qoshidagi to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish va to‘garaklarga jalb etishdan iborat.

Bizni kuzatib boring, targ‘ibot tadbirlarimiz davom etadi...

Telegram | Facebook | Instagram
🔊DIQQAT DIQQAT🔊

"Asian photographer" online ko'rik-tanlovining mutlaq g'olib va sovrindorlari bilan tanishing!

🔰
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan “Ta’til - BARKAMOL bilan” turkum tanlov va musobaqalar doirasida “Ijodkor bolalar” shiorlari ostida "Asian photographer" online ko'rik-tanlovi e'lon qilingan edi.

⚡️✔️Ushbu ko'rik-tanlovga o'quvchi-yoshlar tomonidan yuborilgan 4️⃣8️⃣0️⃣0️⃣dan ortiq ijodiy ishlar ko'rib chiqildi va hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, mutlaq g'olib va sovrindorlar aniqlandi.
Ular bilan quyida tanishishingiz mumkin👇

🥇1-o'rin: Navoiy viloyati, Navoiy shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Davlatova Shahlo;

🥈2-o'rin: Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi aʼzosi Rashidova Sevinch;

🥉3-o'rin: Jizzax viloyati, Do‘stlik tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgaragi Juliboyev Asilbek.

🎁G'oliblar Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan DIPLOM va ESDALIK SOVG'ALARI bilan taqdirlanadilar.

👏G'oliblarni Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi nomidan tabriklaymiz!

#tanlov
#Asian_photographer

⬇️Bizni kuzatib boring!
Eng yangi hamda qiziqarli tanlovlar va loyihalar bizda!

🔗Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE
#ochiq_eshiklar_kuni

Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

"Ochiq eshiklar kuni" targ‘ibot tadbirining ikkinchi kuni joriy yilning 9-sentyabr kuni bo'lib o'tdi.

Targ'ibot tadbiriga jadval asosida tumandagi o'ndan ortiq umumta‘lim maktablari o‘quvchilari jalb etildi. O'quvchi yoshlarga maktab va uning tarkibidagi to'garaklar haqida to'liq ma'lumot berildi, hamda maktab flayerlari tarqatildi. Shuningdek, maktab to‘garak rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan mahorat mashg‘ulotlari natijasida o'quvchilarda to'garaklarga nisbatan qiziqish ortdi va ular o'z qiziqishlari bo'yicha to'garaklarga a'zo bo'ldilar.

📌 "Ochiq eshiklar kuni" targ'ibot tadbirini o‘tkazishdan asosiy maqsad, o‘quvchi yoshlarni maktab to‘garaklari faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, to‘garaklarga jalb etish va bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.

Bizni kuzatib boring, targ‘ibot tadbirlarimiz davom etadi...

Telegram | Facebook | Instagram
#jarayon

Mirzo Ulug'bek tumani"Barkamol avlod" bolalar maktabi targ'ibot tadbirlarida...

Joriy yilning 10-sentyabr kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan tumandagi 35, 205, 275 va 338-sonli umumta'lim maktablarida targ'ibot tadbirlari olib borildi.

Shu bilan bir qatorda umumta'lim maktablarida tarmoq to'garaklarini tashkil etish bo'yicha o'zaro hamkorlik kelishuvlari tuzib olindi.

Uchrashuv mobaynida o'quvchi yoshlarga "Barkamol avlod" maktabi va tashkil etilgan to'garaklar haqida to'liq ma'lumotlar berildi, hamda, maktab ma'lumotlariga doir flayerlar tarqatildi.

Mazkur targ‘ibot ishlaridan asosiy maqsad o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazminli tashkil etish va tarmoq to‘garaklarini yanada rivojlantirishdan iborat.

Bizni kuzatib boring, targ'ibot tadbirlarimiz davom etadi...

Telegram | Facebook | Instagram