O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.28K subscribers
9.07K photos
476 videos
3.04K links
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz
Download Telegram
🇺🇿Joriy yilning 7-avgust kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari va xalqaro brendlarni import qiluvchilar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🟠Ushbu tadbirda Adidas, Boss, Colin's, Nike, Next, New Yorker, Hugo, Pandora, Peserico, Pinko, Tommy Hilfiger, Twinset, Lacoste, Levis, Skechers, US Polo, Reebok, Ostin va Crocs kabi 50 dan ortiq xalqaro brendlar vakillari ishtirok etishdi.

🟠Uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi 393-son Qarori bilan tasdiqlangan import bojxona toʻlovlarining pasaytirilgan stavkalarini qoʻllash shartlari haqida batafsil maʼlumot berildi.

🟠Tadbir ishtirokchilari, shuningdek, Xalqaro brendlarni import qiluvchilar Reyestriga kiritish uchun elektron ariza berish tartibi va ilova qilingan hujjatlarga qo‘yiladigan talablar bilan ham atroflicha tanishtirildi.

🟠Shuningdek, muloqot davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi. Biznes vakillari Qarorda berilgan imkoniyatlardan foydalanishga qiziqish bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿7 августа текущего года состоялась встреча представителей Министерства инвестиций, промышленности и торговли с импортерами международных брендов.

🟠В данном мероприятии приняли участие представители более 50 международных брендов, в том числе Adidas, Boss, Colin's, Nike, Next, New Yorker, Hugo, Pandora, Peserico, Pinko, Tommy Hilfiger, Twinset, Lacoste, Levis, Skechers, US Polo, Reebok, Ostin и Crocs.

🟠В ходе встречи была представлена подробная информация об условиях применения сниженных ставок импортной таможенной пошлины, утвержденных Постановлением Президента Республики Узбекистан от 12 октября 2022 года № 393.

🟠Участники мероприятия также были детально ознакомлены с порядком подачи электронного заявления для включения в Реестр импортеров международных брендов и требованиями к прилагаемым документам.

🟠Также, в ходе диалога были даны развернутые ответы на вопросы участников. Представители бизнеса выразили заинтересованность в использовании возможностей, предусмотренных Постановлением.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari boshchiligidagi biznes missiyasi Ispaniyaga tashrif buyurdi.

🟠Ispaniya kompaniya va tashkilotlari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar boʻlib oʻtdi. Shu tariqa, Alikante shahrida Tanned Group, Elche shahrida - Valensiya poyabzal kompaniyalari uyushmasi (Avecal), Silla shahrida - Incusa kompaniyasi, Valensiyada - Cámara de Comercio de Valencia tashkiloti bilan muzokaralar olib borildi.

🟠Savdoni rivojlantirish va charm mahsulotlari uchun muqobil yetkazib berish zanjirlarini topish, poyabzal ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun blankalar, yarim tayyor mahsulotlar va xomashyo yetkazib berish, mahsulotlarni standartlashtirish va o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar uchun LWG sertifikatini olish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

🟠Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi vakillari Valensiya Savdo-sanoat palatasi vakillari bilan oʻzaro savdo aylanmasini rivojlantirish va sarmoyaviy imkoniyatlardan foydalanish masalalarini muhokama qilishdi.

🟠Uchrashuvlar yakunida savdo sohasida hamkorlik va tajriba almashish, joriy yilning sentabr oyida Milanda boʻlib oʻtadigan koʻrgazmada B2B uchrashuvlarini tashkil etish masalalari, aloqalarni yanada mustahkamlash maqsadida Oʻzbekiston va Ispaniya tadbirkorlarining oʻzaro tashriflari boʻyicha kelishuvga erishildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM