Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига келди.
Давлатимиз раҳбари дастлаб Сардоба туманида бўлиб, ҳудудда олиб борилаётган ишларни кўздан кечирди.
Уй-жойлари бутунлай яроқсиз ҳолга келиб қолган аҳоли учун янги уй-жой қурилиши режалаштирилган. Хусусан, Сардоба туманидаги “Дўстлик” маҳалласида 1480 хонадондан иборат 37 та уй барпо этилади.
Давлатимиз раҳбари мазкур турар жойларнинг пойдеворига тамал тоши қўйди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Сырдарьинскую область.
Сперва глава государства посетил Сардобинский район и ознакомился с проводимой работой, осмотрел ремонтируемые дома, побеседовал с людьми.
Для жителей, дома которых стали полностью непригодными для проживания, запланировано построить новое жилье. В частности, в махалле Дустлик Сардобинского района будет построено 37 многоэтажных домов на 1480 квартир.
Глава государства сегодня заложил первый камень нового массива.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #favquloddavaziyat
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

Сайхунобод туманида Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Сирдарё вилоятини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш чора-тадбирлари бўйича йиғилиш ўтказилди.
—
В Сайхунабадском районе с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по мерам экономического и социального развития Сырдарьинской области.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
—
В Сайхунабадском районе с участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по мерам экономического и социального развития Сырдарьинской области.
#Mirziyoyev #safar #Sirdaryo #yigilish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Prezident #sanoat #Sirdaryo
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryoda xalq deputatlari viloyat kengashi sessiyasida ishtirok etmoqda.
Davlat rahbari sessiyadagi nutqida Sirdaryoni sanoat, tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi, taʼlim va tibbiyot bo‘yicha “ilg‘or innovatsiyalar hududi”ga aylantirish zarurligini taʼkidladi.
– Innovatsion hududda hokim, viloyat, tuman rahbarlari aholi va tadbirkorlarga sharoit yaratish bo‘yicha har kuni yangilikka intilishi, dunyoqarashi va yondashuvlari o‘zgarishi kerak.
Viloyatni innovatsion hududga aylantirish uchun qaysi davlat tajribasini olib kelish bo‘yicha ko‘p o‘yladik. Tan olish kerak, oxirgi yillarda Xitoy sanoat, qishloq xo‘jaligi, taʼlim va tibbiyotda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdi. Xitoyning ilm, innovatsiya, muhandislik, elektrotexnika, robototexnika va IT yo‘nalishlarida tajribasi katta. Eng asosiysi, Xitoy bizga transport-logistika jihatidan eng yaqin yirik bozorlardan biri.
Xitoylik investorlarning ham viloyatga qiziqishlari katta. Oxirgi olti yilda xitoylik investorlar bilan birga Shirin shahri, Mirzaobod va Sirdaryo tumanlarida 60 dan ortiq yirik sanoat korxonalari ish boshlagan. Viloyatga 2022 yilning o‘zida 250 million dollardan ziyod Xitoy investitsiyalari jalb qilingan. Bu viloyat investitsiyasining deyarli 90 foizi.
Shu bois, Sirdaryoda barcha sohalarni rivojlantirishda Xitoy tajribasiga tayanishimiz lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
◽️Facebook ◽️ Instagram ◽️ Twitter

Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yana-da oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Birinchidan, Ilg‘or innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, taʼlim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi:
- yer, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi;
- yer uchastkalari soddalashgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olishda 5 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;
- foiz to‘lovlarini qoplab berish stavkasi 2 baravar oshiriladi.
Shuningdek, Sirdaryoda 500 million dollarlik investitsiya hisobiga O‘zbekiston-Xitoy biotexnologiyalar klasteri barpo etiladi. Bu klasterda Xitoyning yetakchi oliygohlari bilan birga Gulistonda xalqaro taʼlim va tadqiqot universiteti, Innovatsion tibbiyot klinikasi, Markaziy Osiyo genom markazi, onkologik kasalliklarni davolash uchun Hujayra terapiyasi markazi tashkil qilinadi.
Shuningdek, klaster tomonidan zamonaviy diagnostika qurilmalari, innovatsion vaksinalar, probiotiklar va onkologik kasalliklar uchun dori vositalari ishlab chiqariladi. 10 ming talaba uchun o‘quv binolari, zamonaviy kampus, laboratoriyalar, muhandislar maktabi tashkil etiladi.

Ikkinchi tashabbus - viloyatning 11 ta tuman va shahri Xitoy modeli asosida sanoatga ixtisoslashadi, har birida innovatsion texnoparklar tashkil qilinadi. Ularda:
- elektrotexnika, biofarmatsevtika, kimyo, qurilish materiallari, ipak va oziq-ovqat sanoatida innovatsion loyihalar amalga oshiriladi;
- erkin iqtisodiy zona maqomi beriladi va “bojxona hududida qayta ishlash” rejimining soddalashgan tizimi joriy qilinadi;
- ishlab chiqarish binolari namunaviy loyihalar asosida qurilib, tadbirkorlarga “sanoat ipotekasi” orqali tayyor holda beriladi;
- joriy yilda texnopark infratuzilmasiga 200 milliard so‘m ajratiladi.
Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun Sirdaryoda O‘zbekiston-Xitoy investitsiya jamg‘armasi tashkil etiladi. Bu jamg‘arma Xitoyning nufuzli Ipak yo‘li fondi va boshqa moliyaviy tashkilotlari bilan birga tashkil qilinadi. Jamg‘armaga 1 milliard dollar sarmoya olib kelinadi.

Uchinchi tashabbus doirasida Sirdaryoda eng ilg‘or agrotexnologiyalar joriy qilinadi.
Xususan, viloyat hokimiga qishloq xo‘jaligida ilm va innovatsiya joriy qilish bo‘yicha Xitoydan 2 nafar maslahatchi olib kelinadi. Sirdaryoda irrigatsiya va melioratsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga xitoylik investorlar jalb qilinadi.
Shuningdek, Xitoy tajribasi yordamida qoramol va parrandachilik ekokomplekslari tashkil qilinadi, sho‘r va suvsizlikka chidamli makkajo‘xori, sorgo, beda kabi ozuqaga boy ekin navlari ekiladi, intensiv anor, qovun, pekan yong‘og‘i va baliqchilik plantatsiyalari tashkil qilinadi, meva-sabzavotni saqlash, qayta ishlash va qadoqlash texnoparki tashkil etiladi.
Sho‘r va suvsizlikka chidamli ekin turlari, chorvachilik nasllarini yaratish bo‘yicha Xitoyning bu yo‘nalishdagi yetakchi oliygohlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Ularning filiallari tashkil qilinib, qishloq va suv xo‘jaligi uchun kadrlar tayyorlanishi hamda yer o‘zlashtirish, cho‘llanish, irrigatsiya va ekologiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqotlar olib borilishi maʼlum qilindi.

To‘rtinchi tashabbus. Sirdaryo mamlakatimizni Qozog‘iston, Tojikiston, Xitoy va Afg‘oniston bilan bog‘laydigan yirik logistika xabiga aylantiriladi.
Buning uchun xitoylik investorlar bilan hamkorlikda respublikaning sharqiy va markaziy qismlarini hamda chet el yo‘nalishlariga bog‘laydigan yangi transport marshrutlari va multimodal logistika markazi quriladi.
Bulardan tashqari, yo‘llarni qurish, taʼmirlash va boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish ham Sirdaryodan boshlanishi qayd etildi.
Maʼlumki, davlat tibbiy sug‘urtasi, tibbiyotni raqamlashtirish kabi islohotlar Sirdaryo viloyatidan boshlangan edi. Yurtimizdagi ilk tibbiyot klasteri ham shu yerda barpo etilayapti. Qo‘shni Qozog‘iston va Tojikistondan har oyda 1,5 ming bemor davolanish uchun Guliston shahriga kelmoqda.
Shu bois, beshinchi tashabbus doirasida Guliston shahri mamlakatimizning “Innovatsion meditsina xabi”ga aylantiriladi.
Davlatimiz rahbari barcha tashabbuslar bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.