O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
6.28K subscribers
9.07K photos
476 videos
3.04K links
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining rasmiy kanali

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
facebook.com/miit.uz
instagram.com/mift.uz
twitter.com/MIIT_Uz
Download Telegram
🎥Айни дақиқаларда Бухоро шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари - инвестициялар ва ташқи савдо вазири Жамшид Ходжаевнинг Бухоро вилояти ишбилармон доиралари вакиллари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.

💻📲 Тадбирни Facebook ва Instagram расмий саҳифалари орқали онлайн кузатишингиз мумкин.

🔴#MIFT_Live #Очиқ_мулоқот
——
🎥В эти минуты в г.Бухаре проходит встреча заместителя Премьер-министра – министра инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан Жамшида Ходжаева с представителями бизнес – сообщества Бухарской области.

💻📲 Присоединиться к мероприятию виртуально можно через официальные страницы в Facebook ва Instagram.

🔴#MIFT_Live #Открытый_диалог
——
🎥At this moment, Deputy Prime Minister - Minister of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan Jamshid Khodzhayev is meeting with representatives of the business community of the Bukhara region in Bukhara.

💻📲 Join the event virtually through the official Facebook ва Instagram pages.

🔴 #MIFT_Live #Open_dialogue
🎥Айни дақиқаларда Навоий шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Бош вазирининг ўринбосари - инвестициялар ва ташқи савдо вазири Жамшид Ходжаевнинг Навоий вилояти ишбилармон доиралари вакиллари билан учрашуви бўлиб ўтмоқда.

💻📲 Тадбирни Facebook ва Instagram расмий саҳифалари орқали онлайн кузатишингиз мумкин.

🔴#MIFT_Live #Очиқ_мулоқот
——
🎥В эти минуты в г.Навои проходит встреча заместителя Премьер-министра – министра инвестиций и внешней торговли Республики Узбекистан Жамшида Ходжаева с представителями бизнес – сообщества Навоийской области.

💻📲 Присоединиться к мероприятию виртуально можно через официальные страницы в Facebook ва Instagram.

🔴#MIFT_Live #Открытый_диалог
——
🎥At this moment, Deputy Prime Minister - Minister of Investments and Foreign Trade of the Republic of Uzbekistan Jamshid Khodzhayev is meeting with representatives of the business community of the Navoi region.

💻📲 Join the event virtually through the official Facebook ва Instagram pages.

🔴 #MIFT_Live #Open_dialogue
📣Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasining Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga raislik qilishi doirasida Hududlar rahbarlari forumi bo'lib o'tmoqda!

Tadbirni Facebook va Instagram rasmiy sahifalari orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

#MIFT #SHHT#hududlar_forumi

~ ~ ~

📣Прямо сейчас в рамках Председательствования Республики Узбекистан в Шанхайской Организации Сотрудничества в гостинице “Hilton Tashkent City” проходит Форум глав регионов ШОС.

💻📲 Присоединиться к мероприятию виртуально можно через официальные страницы в Facebook и Instagram.

#МИВТ #ШОС #форум_регионов
~ ~ ~

📣Right now, within the framework of the Chairmanship of the Republic of Uzbekistan in the Shanghai Cooperation Organization, the Forum of Heads of SCO Regions is being held at the Hilton Tashkent City Hotel!

💻📲 Join the event through Facebook and Instagram official pages.

#MIFT #SCO#forum_of_regions
🇺🇿/🇭🇺Айни дақиқаларда Будапешт шаҳрида ўзбек-венгер бизнес-форуми бўлиб ўтмоқда!

Тадбирни Facebook расмий саҳифаси орқали онлайн кузатишингиз мумкин.

#MIFT #Uzbekistan #Vengriya #businessforum

~ ~ ~

🇺🇿/🇭🇺Прямо сейчас в г.Будапеште проходит узбекско-венгерский бизнес-форум!

💻📲 Присоединиться к мероприятию виртуально можно через официальную страницу в Facebook.

#МИВТ #Узбекистан #Венгрия #бизнес_форум
~ ~ ~

🇺🇿/🇭🇺The Uzbek-Hungarian Business Forum is taking place in Budapest right now!

💻📲 Join the event through Facebook official page.

#MIFT #Uzbekistan ##Hungary #businessforum
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev:
"O'zbekistonda Investorlar huquqlari qonun bilan himoyalanishi bo‘yicha amaliy tizim yaratildi. Natijada 2017 yildan boshlab ($3,3 mlrd.) to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hajmi 2,5 barobarga oshdi ($8,6 mlrd.).

Qariyb 8 mingta tovar turlariga import bojlari kamaytirildi. Biznesga oid har xil turdagi 70 ta litsenziya va 34 ta ruxsatnomalar berilishi bekor qilindi.

Shuningdek, yangi biznes subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi soddalashtirildi. Yer uchastkalari onlayn savdolar orqali taqdim etilmoqda.

Umuman olganda, qulay investitsion muhitni barpo etishda normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha ishlar faol davom ettiriladi.
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev:
"Iqtisodiyotimizning yillik o‘rtacha o‘sishi – 5 foizni, sanoat sohalari – 8 foizni tashkil etmoqda. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 7 foizdan ortdi. Eksport hajmlari 1,5 barobarga oshdi.

O‘zbekiston – aholisi 72 mln. kishilik Markaziy Osiyo va 300 mln. kishilik Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi bozorlariga chiqish imkoniyatiga ega.

Shu bilan birga, GSP+ kengaytirilgan preferensiyalar tizimi Yevropa bozorlariga 6 mingdan ortiq mahalliy mahsulotlar turlarini imtiyozli shartlarda eksport qilish imkoniyatini yaratdi. Shu tufayli Yevropa mamlakatlariga qilingan eksportimiz xajmi bu yilning o‘zida 70 foizga oshdi".
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev
: O‘zbekiston – iqtidorli, yosh va yuqori salohiyatga ega kadrlarga boy. Aholimizning 60 foizidan ortig‘ini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashqil etadi. Ular bilimga intiluvchan, turli kasb-hunarlarni o‘zlashtirishga ishtiyoqi baland hamda chet tillarida so‘zlashadigan oliy maʼlumotga ega fuqarolar va yoshlardir.

Shuni alohida aytish joizki, qisqa davr mobaynida mamlakatimizda 82 ta yangi oliy taʼlim yurti tashkil etildi. Bulardan 23 tasi – xorijiy davlatlardagi yetakchi universitetlarning filiallaridir.

Qolaversa, maktab bitiruvchilarining oliy taʼlim bilan qamrov darajasi oldingi 9 foizdan 28 foizga yetkazildi. Kelgusi besh yilda esa, bu ko‘rsatkichni 60 foizga yetkazish bo‘yicha aniq dasturimiz bor.
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev
: "O‘zbekiston oltinning resurs bazasi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rinni, mis bo‘yicha-7, volfram bo‘yicha-8, kumush bo‘yicha-9, uran bo‘yicha 12-o‘rinni, tabiiy gaz ishlab chiqarish bo‘yicha esa 16-o‘rinni egallaydi.

Bular nafaqat tog‘-konchilik, balki, elektrotexnika, rangli metallurgiya va mashinasozlik kabi sohalarda yangi texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi mamlakatlarga chiqish uchun ulkan zamin yaratadi".
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev
: "Biz tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarishlari uzluksizligini taʼminlash maqsadida barcha zarur infratuzilmalarni yaratmoqdamiz.

Xususan, joylarda sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va turizmga ixtisoslashgan 22 ta maxsus iqtisodiy zonalar barpo etdik.

Ushbu zonalar avtomobil yo‘llari, elektr energiya, tabiiy gaz, ichimlik suvi va kanalizatsiya, internet tarmog‘i kabi barcha muhandislik kommunikatsiya infratuzilmalari bilan taʼminlangan.

Shuningdek, mazkur zonalarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarga 10 yilgacha mol-mulk, yer, suv resurslaridan va foyda soliqlaridan ozod qilinadi.

Biz ushbu yo‘nalishda mintaqadagi eng ilg‘orlardan bo‘lish uchun bu kabi sharoitlarni takomillashtirishni hamda shu orqali yangi investorlarni keng jalb qilish uchun yana-da qulay muhit barpo etishni davom ettiramiz".
#MIFT #Uzbekistan #Hungary #Magyar #businessforum

Nima uchun O'zbekistonga investitsiyalar kiritish samara beradi?

Jamshid Xodjayev
: "Ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga moliyaviy yordam va subsidiyalar taqdim etmoqdamiz.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini eksport qilishini rag‘batlantirish uchun transport harajatlarining 70 foizgacha qoplab berish mexanizmini yaratganmiz.

Shuningdek, investorlar bilan qo‘shma loyihalarni birgalikda moliyalashtirish uchun Investitsiyalar jamg‘armasini taʼsis etganmiz".