FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
24.1K photos
3.92K videos
10 files
9.74K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Тошкент шаҳар М.Улуғбек тумани Мустақиллик шох кўчасида содир бўлган ёнғин юзасидан маълумот

Бугун, 10 апрель куни соат 13:43 да М.Улуғбек тумани Мустақиллик шох кўчасида ҳаракатланиб кетаётган “Мерседес-Бенз” русумли автомобилда ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида шаҳар ФВБга хабар келиб тушган.

Шунга кўра 2 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 13:49 да ёнғинга етиб бориб, соат 13:52 да бартараф этилган.

Ёнғин натижасида автомобилнинг мотор ва салон қисми ёниб зараланган.

Ёнғин оқибатида тан жароҳати олган ва ҳалок бўлганлар йўқ.

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, o‘sha qilmish odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
259-modda

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha "Yosh qutqaruvchi" sport musobaqasining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 686 yilligi munosabat bilan Shahrisabz shahrida bir qator tadbirlar tashkil etildi. Ana shunday tadbirlardan biri FVV "Temurbeklar maktabi" harbiy- akademik litseyida "Amir Temur buyuk davlat asoschisi va bunyodkori" mavzusidagi davra suhbati bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi majlislar zalida vazirlik va uning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari tomonidan 2022 yil 1 chorakda amalaga oshirilgan ishlar va keyingi chorakda bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan tanqidiy va tahliliy hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Amir Temur va hozirgi zamon” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент транспорт ва коммунал соҳалардаги лойиҳалар тақдимоти билан танишди.
Мамлакатимиз аэропортларини 2035 йилга қадар ривожлантириш стратегияси ғамда ушбу стратегияни 2026 йилгача амалга ошириш дастури муҳокама қилинди.
Давлатимиз раҳбари аэропорт ходимларининг дунёқараши ва малакасини ошириш, йўловчиларга хизмат кўрсатиш вақтини қисқартириш зарурлигини таъкидлади.
Иссиқлик ишлаб чиқариш ва ундан фойдаланиш тизимини рақамлаштириш, соҳада давлат-хусусий шерикликни кенгайтириш бўйича кўрсатмалар берилди.

Президент ознакомился с проектами в транспортной и коммунальной сферах.
Обсуждена стратегия развития аэропортов до 2035 года и программа ее реализации до 2026 года.
Глава государства подчеркнул важность повышения профессионализма и квалификации персонала аэропортов, скорости обслуживания пассажиров.
Даны указания по цифровизации системы теплоснабжения, расширения государственно-частного партнерства в сфере.

#Mirziyoyev #taqdimot #aeroport #issiqlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Zarbdor tumanida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi

Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining shahar va tuman bo‘limlari mutaxassislari tomonidan yoshlarning harbiy xizmatga va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning vaqtini sermazmun o‘tkazish hamda favqulodda vaziyatlarga oid bilim-ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida joylarda bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.
Xususan, Zarbdor tumanida ham umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa Jizzax viloyat FVB tashabbusi bilan Zarbdor tumani xalq ta’limi bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, mudofaa ishlari, madaniyat va sport ishlari bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyati kengashi bilan hamkorligida tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
2022-yilning 1-aprel kunidan 1-may kuniga qadar Respublikamiz hududida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va fuqaro muhofazasi oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida Bekobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan umumiy o’rta ta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Unda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari tashkil etilib, o’quvchi va tarbiyalanuvchlarga tushuncha va tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Tajriba, malaka va amaliyot

Yoz mavsumi oldidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Suvda-qutqaruv guruhlari amaliyot tadbirlarini olib bormoqda. Ularning serg‘ayrat, sermashaqqat mehnat faoliyatlari doimiy ravishda sergaklikni talab etadi.

Shu boisdan joriy yilning 10-12 aprel kunlari g‘avvos-qutqaruvchilarni shahodatlash komissiyasi Nizomiga muvofiq Namangan viloyati Davlatobod tumanida Namangan, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining Yong‘in-qutqaruv otryadi suvda-qutqaruv guruhlari g‘ovvos-qutqaruvchilarining malakasini shahodatlash ishlari olib borildi.

Suvda-qutqaruv guruhlaridan g‘avvos-qutqaruvchilariga sho‘ng‘ishga ruxsat berish, chuqurliklarni belgilash, g‘avvoslik sho‘ng‘ishlari va ishlariga rahbarlik qilish uchun mas'ul xodimlarni belgilash, suvda qutqaruv guruhi shaxsiy tarkibining amaliy hamda nazariy bilimlari bo‘yicha sinovlar qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram