FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.45K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Xushyorlik, ogohlik – xavfsiz hayot kafolati

Yangi o'quv choragi boshlanishidan oldin maktablardagi isitish tizimidagi sharoitlarni o'rganish maqsadida Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i polkovnik A.A.Abduxalikov G'ijduvon tumanidagi ta'lim muassasalarida bo'ldi. Sinf xonalaridagi isitish tizimi, qozonxonalarning shaylik holatini ko'zdan kechirdi. Mavjud muammolarni hal etish yuzasidan mas'ul rahbar xodimlarga tegishli tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Qamchiq” dovonida Press-tur bo‘liib o‘tdi

Kuni kecha, “Qamchiq” dovonida ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun Press-tur o‘tkazildi.

Press-tur ishtirokchilarining ilk manzili dovonda dala sharoitida tashkil etilgan chodirlar bo‘ldi. Bu yerda favqulodda vaziyatlarda fuqarolar uchun maxsus turar joylar, oziq-ovqat omborlari, isinish va ruhiy ko‘mak hamda onalar va bolalar xonalari tashkil etilgan bo‘lib, tegishli mutasaddilar tomonidan barcha sharoitlar yaratilgan. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazidan ogoh bo‘ling!

Toshkent viloyatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar, shuningdek, qish mavsumida boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar.

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Binolarning tomidan qor masasalari va sumalaklar tushishi holatlarida xavfsizlik choralari.

👉BATAFSIL...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qirg‘oq mustahkamlash ishlari doimiy nazoratda

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan hokimliklar va boshqa tegishli tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan birgalikda Uchqo‘rg‘on tumanidan oqib o‘tuvchi "Norin" daryosining chap qirg‘og‘ini 150 metr qismida damba mustahkamlash ishlari amalga oshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazidan ogoh bo‘ling!

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti saqlab qolindi

Joriy yilning 21-yanvar kuni soat 18:44 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Piskent tumani "Namuna" mahallasi hududida harakatlanib ketayotgan "UAZ" yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelgan.

Hodisa oqibatida avtomashina haydovchisi yuk mashina saloni ichida qisilib qolgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga Olmaliq yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida haydovchini mashina salonidan chiqarib olishgan va darxol birinchchi tibbiy hamda psixologik yordam ko‘rsatib, shifoxonaga yuborilgan.

Tezkorlik bilan amalga oshirilgan sa'y-harakatlar natijasida inson hayoti saqlab qolindi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, ko‘llar, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi. Ushbu hududlarda aholi, ayniqsa, yosh bolalar ko‘ngil ochish maqsadida konki va chanalarda uchishmoqda. So‘nggi kunlarda havo harorati anchayin iliqlashgan bo‘lsa-da, ko‘llarni qoplagan muzlar erib ketgani yo‘q. Respublikamiz hududlaridagi ko‘llarning muz qoplamalari qalin bo‘lmaganligi sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga ko‘llar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etadi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram