Кушербаевга мурожаат
10.8K subscribers
2.19K photos
577 videos
15 files
377 links
Расул Кушербаевга йўлланадиган мурожаатлар учун очилган махсус канал.

Мурожаат йўллаш тартиби:👇 https://t.iss.one/Kusherbayevga_murojaat/16

Алоқа: @Kusherbayevga_murojaatbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘llar abgor ahvolda, gaz ballon yo‘qUrgut

MEN SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANI, JOZMON MAHALLASIDA YASHAYMAN.

BIZNI YO‘LLARIMMIZ O‘TA OG‘IR AHVOLGA KELGAN. GAZ BALLON 4 OY BO‘LDI HALI KELGANI YO‘Q, ELEKTR TA'MINOTI YAXSHI EMAS.

BITTA BIZNI MAHHALA QOLGAN SHU AHVOLDA E'TIBOR QARATISHINGIZNI SO‘RAYMIZ.

SHOMUROD JO‘RAQULOV

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Қизимга тикув машинаси берилишини сўрайманБоғот

Кизим Хайитбоева Гулрух Рахимбой қизи "Ëшлар дафтари"га киритилган.

Унинг 19.02.2024 йилда асбоб-ускуна ва меҳнат қуроллари ҳарид қилиш (тикув машина) учун субсидия сўраб қилган аризасига "Боғзор" МФЙ ҳоким ëрдамчиси 20.02.2024 йил ижобий тавсиянома берган.

Қарор низомининг 54-бандида Марказ икки иш кунида: хоким ëрдамчиси томонидан юборилган ҳужжатларни ўрганиб, Агентликнинг ҳудудий бошқармасига ҳоким ëрдамчиси юборган ҳужжатларни илова қилган ҳолда хулоса юбориши белгиланган.

56-бандида эса Агентликнинг ҳудудий бошқармаси икки иш кунида Марказ хулосасини ва у билан юборилган ҳужжатларни ўрганиб, тегишли буйруқ қабул қилиши белгиланган. Аризани кўриб чиқиш муддатлари аник белгиланган.

Шунга карамай қарор талаблари таъминланмаяпти.

Шу боис, конунни бузаëтган масъулларга қонуний чора кўрилиши ва қизимга тикув машина берилишини сўрайман.

Жуманиязова Садокат,
Хоразм вилояти, Боғот тумани, "Боғзор" маҳалласи "Шафақ" кўчаси.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Viloyat hokimi kelsagina ta'mirlanishini kutib yotgan ko‘chalarBoysun

Murojaatchi: Men Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kosiblar mahallasi, Nuriston kóchasi 46-yashayman.

Kóchamiz 2017-yil dekabr oyida asfvalt bólgandi. Ammo loyihasiz pala partish suv quvurlari ótkazilishi natijasida yóllarimiz abgor holatga kelib qoldi.

Har safar viloyat hokimi tumanimizga kelishidan avval boshqa asosiy kóchalar teshiklari yamalmoqda bizni kócha esa ósha-ósha.

Nuriston va Istiqbol kóchasini chuqur teshiklari sifatli yamalishi uchun viloyat hokimi kóchamizga qachon kelishini bilmaymiz!

Shu munosabat bilan biloyat hokimi bizning Nuriston va Istiqbol kóchasidan ótib qolsalar yaxshi bólardi!

Biroq kelishlariga umidimiz uzilgan.
Kóchamiz chuqurlari sifatli yamalishiga tegishli tashkilotlari murojatdan keyin yordam beradilar deb umid qilib qolamiz.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Meni hech qayerga meni ishga olishmayaptiBekobod

Assalomu alaykum!

Men Abdurahimov Xusan Abduhalim o'g'li Toshkent viloyati Piskent tumani Bekobod MFY Dilafkor N53 uyda istiqomat qilaman.

Sizga yozishimdan maqsad 2022 yil avgust oyida Islom Karimov nomidagi TDTU OF metallurgiya fakultetini tamomladim va men 2022 yil avgustdan buyon hech qayerga ishga kira olmayapman. Bormagan zavod, tashkilot, tekstil qolmadi, meni hech qayerga ishga olishmayapti.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy xalq qonunni buzsa jinoyatchiyu amaldordorlar buzsa tabarrukmi?Buxoro

Murojaatchi: Biz Buxoro shahar, Bog'ishamol ko'chasi, 1/5-uyda yashovchi fuqarolar "DILIM NUR STROY" MCHJ ning hamda bazzi rahbarlarning yolg'on vadalaridan to'yib ketdik.

Qachongacha bu firma rahbarlarini amaldorlarimiz himoya qilishadi? Qachon qonun ustuvorligi taminlanib ushbu domni noqonuniy ravishda foydalanishga qabul qilgan shaxslarga choralar ko'riladi?

Oddiy xalq qonunni buzsa jinoyatchiyu hokimlar va boshqa amaldordorlar buzsa ularniki tabarrukmi?

2020-yilda foydalanishga qabul qilgan domda hozirgi kunga qadar LIFT yo'q, elektrenergiyasi muammo, Gaz muammo, Suv muammo.

Qiziq bu domni foydalanishga qabul qilish uchun O'sha vaqtdagi amaldorlar qancha PORA olishgan ekan?

Iltimos bizga yordam beringlar Yana qancha xalqni xo'rlamoqchisizlar?

👉 @Kusherbayevga_murojaat
"Open budget"ni deb, bolalar dars qolib ovoz yig‘ish bilan ovora

"Open budget"ga ovoz yiğish ustidan nazoratni kuchaytirishsa yaxshi bölardi.

Ukam maktabda öqirdi ertalab onlayn turgan ekan, darsing bölmayaptimi desam open budjetga ovoz yiğyapmiz, ustozim ham yonimda dedi.

Ularda dars bölishi örniga hamma darsdan qolib shu "Open budget" bilan ovora. Ustiga ustak maktab u yoqda tursin xatto ba'zi "Universitet"da ham shu holat bölayotgan ekan. Tyutor guruh sardor (Starosta)larga öz guruhidagi har bir talabaning ovoz bergan screshootini yiğib tyutorga tashlab berish buyruği berilibdi. Starostalar bundan norozi.

Shunlar ustidan nazoratga olishlarini sörab sizga murojaat qilyapman.

Abduholiqov Abdulaziz Abduvohid o'g'li Namangan viloyat Yangiqo'rg'on tumani

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қиш бўйи газсиз қийналганимиз етмагандек баҳорда ҳам газ йўқАндижон тумани

Мурожаатчи: Сизларга мурожаат йуллашдан мақсадимиз шуки, Андижон вилояти, Андижон тумани, Саноат МФЙ, Бунёдкор дахасидаги кўп қаватли уйларда қиш бўйи газсиз қийналганимиз етмагандек бахорда ҳам газ йўқ.

Қачонгача давом этади бу холат ? Мурожаат килмаган жойимиз колмади. Ҳеч нима таъсир килмаябди бу "Ҳудудгазтаъминот"га. Йўқ газга яна расмий муносабат билдирибди газ босими яхшиланди деб.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Асфальт бўлмаса ҳам қум ва шағал қоришмасини ташаб беришсинБоғот

Кўчамизнинг йўли жуда абгор ҳолда, ëмғирли кунларда пиëда буўлсин, машинада буўлсин, кириб чиқиш жуда кийин.

Бу масалада бир неча бор мурожаат килганмиз, лекин афсуски, ҳеч масъулларни кизиктирмади, келиб куўришмади.

Сиздан илтимос ушбу мурожаатни тегишли жойларга етиб боришида амалий куўмак берсангиз. Асфальт бўлмаса ҳам қум ва шағал қоришмасини ташаб берсалар ҳурсанд буўлардик.

Абдикаримов Иззатбек Хайитбоевич,
Хоразм вилояти,
Боғот туман, "Илхом" кўчаси.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Soliq organi shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborishi mumkinmi?Peshko‘

Buxoro viloyati, Peshko' tumanida soliq to'lovlarini to'lashda shafoflik borligiga shubham bor.

Shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborish mumkinmi?
Boshliqning imzosi, muassasa muhri ham mavjud emas.

Bu chaqiruv qog'ozi ro'yxatga kiritilganmi? Nimaga soliq to'lovchining qancha qarzi borligi ochiq ko'rsatilmaydi?

Men barcha to'lovlarni elektron tarzda (mobil ilovalar ) orqali amalga oshiraman. Soliq bazasida menda hech qanday qarzdorlik mavjud emas.

Men nega vaqt va mablag' sarflab ularni oldiga borishim kerak?

Biz Peshko'liklar qachon shaffoflik asosida to'lovlarni amalga oshiramiz?

Hurmat bilan,

G‘.Jamilov

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Биз кимга айтайлик дардимизни?Шароф Рашидов

Мурожаатчи: Жиззах вилояти, Ш. Рашидов тумани, Бўстон МФЙдаги Гулобод, Олмазор, Бунëдкор, Ëшлик кўчаларга ҳам эътибор каратинглар!

Бу маҳаллада ҳам инсонлар яшайди. Вилоят сектор раҳбарлари вақт ажратиб Бўстон МФЙда яшаëтган одамларни ҳам холидан хабар олишсин. Йўлларда юриб бўлмай қолди.

Биз кимга айтайлик дардимизни?

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Forwarded from Rasul Kusherbayev
Yangilanish, yosharish, yangi umid ayyomi Navro‘z muborak bo‘lsin azizlar!

Barchangizga tinchlik-hotirjamlik, xonadoningizga qut-baraka, ishlaringizga rivoj tilayman!

Alloh barchamizning ezgu niyatlarimizni eng chiroyli tarzda ijobat qilsin!

👉 @r_kusherbayev
МИБ автомашинани суд қарорисиз жарима майдончасига қўйганСайхунобод

Ассалому алайкум!

Сирдарё вилояти, Сайхунобод  туманида 2017 йилдан буён фаолият кўрсатмаган "Блек стар мобайл" МЧЖга солиқ инспекцияси томонидан асоссиз равишда 2019 йилда қарздорлик қўйилган.

Бу бўйича 2 маротаба Бош прокуратура порталига, 1 мартда Президент порталига мурожаат қилдим, лекин жавоб олмадим.

МЧЖ тасарруфидаги автомашинани МИБ томонидан суд қарорисиз жарима майдончасига мажбурий қўйилган.

Буни қонун доирасида кўриб чиқишларини илтимос қиламан.

А. Толиев,
Сайхунобод тумани, Иттифоқ МФЙ, Моварауннахр 20-уй.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ҳоким комиссияда ёрдам қиламиз, деб ёрдам бермадиКармана

Мен Навоий вилояти, Кармана туманида яшовчи Ҳайитова Нафиса Раҳматовна бўламан.

2014-йил ота-онам вафотидан кейин бир нафар фарзандим билан уйсиз қолдим.

Тақдир тақазоси билан 2023-йил жиноят иши очилиб озодликдан маҳрум бўлиб ўша йили пробация назоратида рўйхатига қўйилдим.

Пробация ходимлари шароитимни ўрганиб Президентимизнинг 299-сонли қарорини, моддий ёрдам пакетини беришлигини тушунтирдилар ва мен бизнес режа билан ҳокимиятга мурожаат қилдим.

Кармана тумани ҳокими чақиртириб, комиссияда ёрдам берамиз деб интернетларга расмларимни тарқаттириб, кейин бесабаб ёрдам беришни рад этдилар.

Мен шу ёшгача ёрдам олмаганман. Тегишли мутасаддилардан менга ёрдам пакет беришларини сўрайман.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Кушербаевга мурожаат
Soliq organi shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborishi mumkinmi?Peshko‘ Buxoro viloyati, Peshko' tumanida soliq to'lovlarini to'lashda shafoflik borligiga shubham bor. Shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborish mumkinmi? Boshliqning imzosi,…
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Peshku tumanidagi fuqaroning tuman soliq inspeksiyasi tomonidan unga mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorligini qayta ko‘rib chiqish va uni to‘lashni amalga oshirish choralarini ko‘rish uchun yuborilgan chaqiruv qog‘ozidan noroziligi haqida murojaati e’lon qilindi.

Viloyat soliq boshqarmasi tomonidan o‘rganilishicha, Peshku tumani soliq inspeksiyasining ayrim xodimlari tomonidan haqiqatdan ham norasmiy chaqiruv qog‘ozi jo‘natilgan.

Ushbu holat yuzasidan ayni paytda o‘rganish tayinlangan. O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil axborot beriladi.

Eslatib o‘tamiz, soliq xizmati organlari tomonidan yuborilgan xabarnomalar tasdiqlangan, QR kodli bo‘ladi va uni barcha fuqarolar tekshirib ko‘rishi mumkin. Bundan tashqari, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklari haqida Soliq mobil ilovasi orqali ma`lumot olishlari hamda to‘lovni tez va oson amalga oshirishlari mumkin.

Muhimi, bu ishonchli manba va xizmat bepul. Ma’lumotnoma esa juda tezkor taqdim etiladi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Peshko' tuman Soliq boshqarmasida bo'lim boshlig'i lavozimida ishlaydigan Y.Yo'ldoshev men bilan telefon orqali bog'lanib soliqdan menda hech qanday qarzdorlik mavjud emasligini aytib yuborilgan chaqiruv xati va sms xabarnomalar 2024 -yilning birinchi yarmi uchun to'lanishi kerak bo'lgan soliqlar uchun eslatma ekanligini aytib.

Noto'g'ri mazmunda chop etilgan va tarqatilgan hujatlar yuzasidan qo'l ostidagi xodimlari bilan kerakli tushintirish ishlari olib borilganligini ma'lum qildi.

Hurmat bilan,
G'Jamilov.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Mahallamiz ichki yoʻllari abgor ahvolda, yomgʻir yogʻsa yurib bo‘lmaydi.

Turgʻunboyev Omadbek Odiljon oʻgʻli,
Jizzax viloyati Zarbdor tumani Oqar MFY.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Мурожаатчини мурожаати бўйича мажбурий келтиришар эканУчтепа

Мурожаатчи: Мурожатчини мажбурий келтиришар экан.

Ўзи мурожаат қилган, лекин мажбурий келтирилади, койилларим!

Учтепа тумани ИИБда полковникни ва бошлиғини хати ШАРМАНДАлик! Буларга ким полковник унвон берган?

Жиноят процессини қўллаш амалиётини билмаганларга одамларни ҳуқуқини ҳимояси ишониб топширилган. Нормаларни кўллашни билишмайди. ЭССИЗ форма ЭССИЗ погон!

👉 @Kusherbayevga_murojaat
"Опен бюджет"га овоз йиғишга мажбурлаш навбати энди ИИБдаШаҳрисабз

Қашқадарё вилояти, Шаҳрисабз тумани ИИБдан чиқаяпман.

Вилоят профилактика хизмати рахбари Руслан Темиров "Опен бюджет"га овоз йиғишга мажбурламокда.

Фамилия ва исмимни ошкор килолмайман!

👉 @Kusherbayevga_murojaat