Кушербаевга мурожаат
10.7K subscribers
2.19K photos
579 videos
15 files
379 links
Расул Кушербаевга йўлланадиган мурожаатлар учун очилган махсус канал.

Мурожаат йўллаш тартиби:👇 https://t.iss.one/Kusherbayevga_murojaat/16

Алоқа: @Kusherbayevga_murojaatbot
Download Telegram
MIB xodimi kuch ishlatib, pul undirishk qaysi qonunga to‘g‘ri keladi?Shofirkon

Men Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashayman.

Shofirkon tuman MAJBURIY IJRO BYUROSI xodimi O‘TKIROV SHAVKATJON LUQMON O‘G‘LIGA chora ko'radigan inson bormi?

Ushbu shaxs meni o‘z xonasiga chaqirib olib, kurakda turmaydigan so‘zlar bilan xaqoratlab ketishimga qo'ymay, kuch ishlatib majburan xonasida ushlab o‘tirdi. Xona eshigini ichkaridan qulflab qo‘ydi.

O‘zi 630 ming so‘m qarzim bo‘lsa-da undiruvni ish haqqimga qaratmasdan menda 1 mln 50 ming so‘m to‘lashimni talab qildi.

Odamlarga kuch ishlatib, pul undirish qaysi qonunga to‘g‘ri keladi?

Ushbu xodim kimga ishonib xalqqa itday munosabatda bo‘lmoqda? NEGA MIB XODIMLARINI xizmat xonalariga kameralar o'rnatilmagan? Uni ichida bo‘layotgan noxaqliklarni qanday isbotlash mumkin?

Prezidentimiz ochiqlik deb bong urmoqdalar, lekin Shofirkon tuman Prokuraturasi va MAJBURIY IJRO BYUROSI ushbu ochiqlikka qarshi chiqishmoqda.

Erkin Abdulloyev

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Meni nomimdan noqonuniy ish qlishganJizzax

Men Baxriddinov Bexzod 1998 tug'ilganman Jizzax shaxar, Sayiljoy М.F.Y  shu manzilda yashayman.

Men 2024 yil fevral oyida ''DIYORJON-DONYORJON'' MCHJga 06.04.2019 yil Ma'muriyat bo‘limiga mexnat muxofazasi bo‘yicha muxandis lavozimiga tayinlab qo‘yilgan ekanman.

Bu holatdan hech qanday xabarim yo‘q. Meni nomimdan noqonuniy ish qlishgan ''Firibgarlik yani aldash hujjatlarni qalbakilashtrish'' bilan birgalikda meni nomimdan faydalanib kelishgan ekan va 03.01.2024 yil Shartnomaga qushimcha kelishuv bo‘yicha mazmuriyat bo‘limiga direktor lavozimiga o‘tkazishgan.

Bundan ham xabarim bo‘lmagan bu bo‘yicha Jizzax biloyati IIBga ariza bilan murojaat qildim.

Arizani 09.02.2024 yil sanasida yozganman, lekin jali xanuz javob olganim yo‘q.

Sizdan iltmos menga yordam bering.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mahalla ekkan daraxtlarni olib tashladiBektemir

Toshkent shahar, Bektemir tumanidagi "Musaffo" mahallasi bududidagi mol bozori yoni uzoq vaqt chiqindixona bo‘lib yotgan.

Aholi birgalashib bu yerlarni qurilish chiqindilaridan tozalab, daraxtlar ekib, mahalla uchun bog‘ tashkil qilgan edik.

Biroq bu yerni "BBB R OTHERS"  va "SHUN JUNG EXPRESS" MJCHlarning rahbari B.Rustamov orab olib, qurilish qilmoqda. Mahalla ekkan daraxtlarni olib tashladi.

Hozir bu tadbirko 16 sotik maydonni orab olgan.

Kim qarshlik qilsa ustidan yozyapti.

Bir guruh mahalla aholisi

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Инсон қадри учун шу йўлни тўғирлаб қўйингларЎрта Чирчиқ

Мурожаатчи: Ассалому алайкум! Тошкент вилояти, Ўрта Чирчиқ тумани, Қутб юлдузи МФЙ кўчаси, 53-сонли оилавий поликлиника кўчаси.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Tuman hokimligi bu holat bilan qiziqmaydiZangiota

Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Ilgʻor MFY, Ramadon shoh koʻchasi oʻrtasidagi Abu Bakr Siddiq Jom'e masjidi yonidagi tratuar ayanchli holatda.

Bu holatdan aholi 2 oydan beri qiynalmoqda. Avtobus yoki taksiga chiqish uchun usti boshingizni loy qilib kechib oʻtishingiz kerak!

Zangiota tumani hokimligi bu holat bilan qiziqmaydi. Iltimos bizga bu yer asfalt boʻlishiga yordam bering. Aholi qiynalmoqda.

Shoislom Shoilyosov

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қурилишни тўхтатиш ҳақида 3 маротаба қарор беришса ҳам қурилиш тўхтамаяптиНаманган

Биз Наманган шаҳар, Шарк Тонги МФЙ, Чорсу даҳаси, Самарканд кўчасида яшовчи фуқаролармиз.

Бизни мурожатимизни хеч ким инобатга олмаяпти. Чорсуни аҳоли зич жойига кўп қаватли уй жой куришмоқда.

Аҳолини розилиги олинмаган, аксинча, бу ерда яшамайдиган фуқаролардан имзо қўйдириб қурилишга рухсат олишган.

Бизлар 9 қаватлик қилиб дом қурилишига рози эмасмиз, майли 2 ёки 3-4 қаватлик турар жой қилсин.

Қонунда борми: болалар майдончасига хусусий авто турар жой, стоянка қилиб ўз манфаатига фойдаланиш?

Биз кимга мурожаат килмайлик, камситиб, эшитмаяпти. Наманган қурилиш инспексиясига ҳам мурожаат килдик. Улар келиб, 1 март куни қурилишни тўхтатиш тўғрисида қарор бериб кетишди. Лекин шунга қарамай яна давом этиришмоқда.

Қурувчига ҳеч кимни гапи ўтмайдими? 3 маротаба тўхтатиш тўғрисида қарор бериб кетишди, лекин ишни тўхтамай давом этирилмоқда.

Кимдир бунга чора кўрадими?

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozda changdan, qishda loydan juda yomon aziyat chekamizBog‘ot

Men Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, "Bog'zor mahallasidan Abdikarimov Izzatbek Xayitboyevichman.

Mahallaga kirib chiqadigan asosiy
yólimiz juda abgor holatga kelib bólganiga ham 70 yildan ótgan.

Ko‘rib turganingizdek yozda changdan, qishda loydan juda aziyat chekamiz. Hech bólmasa 1 metr joyi ham tekis emas, ichki kóchamizning ahvolini
aytishga til ojiz.

Sizlardan ushbu murojaatimni yoritib tegishli tashkilotlarga yetib borishida va yólimiz tuzatilishida
amaliy kómak sórab qolaman.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo'llarimiz qishda loy, yozda esa changSharof Rashidov

Murojaatchi: Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani, Samarqand quduq mahallasidan murojat qilmoqdamiz.

Yo'llarimiz qishda loy, yozda esa chang. Bu holat 2012 yildan buyon davom etib kelmoqda. Farzandlarimiz maktabga, bog‘chaga borib kelishda judayam qiynalishmoqda.

Mutasaddilardan bizning ko‘chalarni ham asfaltlashtirishda amaliy yordam berishlarini so'raymiz.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yo‘llar abgor ahvolda, gaz ballon yo‘qUrgut

MEN SAMARQAND VILOYATI, URGUT TUMANI, JOZMON MAHALLASIDA YASHAYMAN.

BIZNI YO‘LLARIMMIZ O‘TA OG‘IR AHVOLGA KELGAN. GAZ BALLON 4 OY BO‘LDI HALI KELGANI YO‘Q, ELEKTR TA'MINOTI YAXSHI EMAS.

BITTA BIZNI MAHHALA QOLGAN SHU AHVOLDA E'TIBOR QARATISHINGIZNI SO‘RAYMIZ.

SHOMUROD JO‘RAQULOV

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Қизимга тикув машинаси берилишини сўрайманБоғот

Кизим Хайитбоева Гулрух Рахимбой қизи "Ëшлар дафтари"га киритилган.

Унинг 19.02.2024 йилда асбоб-ускуна ва меҳнат қуроллари ҳарид қилиш (тикув машина) учун субсидия сўраб қилган аризасига "Боғзор" МФЙ ҳоким ëрдамчиси 20.02.2024 йил ижобий тавсиянома берган.

Қарор низомининг 54-бандида Марказ икки иш кунида: хоким ëрдамчиси томонидан юборилган ҳужжатларни ўрганиб, Агентликнинг ҳудудий бошқармасига ҳоким ëрдамчиси юборган ҳужжатларни илова қилган ҳолда хулоса юбориши белгиланган.

56-бандида эса Агентликнинг ҳудудий бошқармаси икки иш кунида Марказ хулосасини ва у билан юборилган ҳужжатларни ўрганиб, тегишли буйруқ қабул қилиши белгиланган. Аризани кўриб чиқиш муддатлари аник белгиланган.

Шунга карамай қарор талаблари таъминланмаяпти.

Шу боис, конунни бузаëтган масъулларга қонуний чора кўрилиши ва қизимга тикув машина берилишини сўрайман.

Жуманиязова Садокат,
Хоразм вилояти, Боғот тумани, "Боғзор" маҳалласи "Шафақ" кўчаси.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Viloyat hokimi kelsagina ta'mirlanishini kutib yotgan ko‘chalarBoysun

Murojaatchi: Men Surxondaryo viloyati, Boysun tumani, Kosiblar mahallasi, Nuriston kóchasi 46-yashayman.

Kóchamiz 2017-yil dekabr oyida asfvalt bólgandi. Ammo loyihasiz pala partish suv quvurlari ótkazilishi natijasida yóllarimiz abgor holatga kelib qoldi.

Har safar viloyat hokimi tumanimizga kelishidan avval boshqa asosiy kóchalar teshiklari yamalmoqda bizni kócha esa ósha-ósha.

Nuriston va Istiqbol kóchasini chuqur teshiklari sifatli yamalishi uchun viloyat hokimi kóchamizga qachon kelishini bilmaymiz!

Shu munosabat bilan biloyat hokimi bizning Nuriston va Istiqbol kóchasidan ótib qolsalar yaxshi bólardi!

Biroq kelishlariga umidimiz uzilgan.
Kóchamiz chuqurlari sifatli yamalishiga tegishli tashkilotlari murojatdan keyin yordam beradilar deb umid qilib qolamiz.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Meni hech qayerga meni ishga olishmayaptiBekobod

Assalomu alaykum!

Men Abdurahimov Xusan Abduhalim o'g'li Toshkent viloyati Piskent tumani Bekobod MFY Dilafkor N53 uyda istiqomat qilaman.

Sizga yozishimdan maqsad 2022 yil avgust oyida Islom Karimov nomidagi TDTU OF metallurgiya fakultetini tamomladim va men 2022 yil avgustdan buyon hech qayerga ishga kira olmayapman. Bormagan zavod, tashkilot, tekstil qolmadi, meni hech qayerga ishga olishmayapti.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oddiy xalq qonunni buzsa jinoyatchiyu amaldordorlar buzsa tabarrukmi?Buxoro

Murojaatchi: Biz Buxoro shahar, Bog'ishamol ko'chasi, 1/5-uyda yashovchi fuqarolar "DILIM NUR STROY" MCHJ ning hamda bazzi rahbarlarning yolg'on vadalaridan to'yib ketdik.

Qachongacha bu firma rahbarlarini amaldorlarimiz himoya qilishadi? Qachon qonun ustuvorligi taminlanib ushbu domni noqonuniy ravishda foydalanishga qabul qilgan shaxslarga choralar ko'riladi?

Oddiy xalq qonunni buzsa jinoyatchiyu hokimlar va boshqa amaldordorlar buzsa ularniki tabarrukmi?

2020-yilda foydalanishga qabul qilgan domda hozirgi kunga qadar LIFT yo'q, elektrenergiyasi muammo, Gaz muammo, Suv muammo.

Qiziq bu domni foydalanishga qabul qilish uchun O'sha vaqtdagi amaldorlar qancha PORA olishgan ekan?

Iltimos bizga yordam beringlar Yana qancha xalqni xo'rlamoqchisizlar?

👉 @Kusherbayevga_murojaat
"Open budget"ni deb, bolalar dars qolib ovoz yig‘ish bilan ovora

"Open budget"ga ovoz yiğish ustidan nazoratni kuchaytirishsa yaxshi bölardi.

Ukam maktabda öqirdi ertalab onlayn turgan ekan, darsing bölmayaptimi desam open budjetga ovoz yiğyapmiz, ustozim ham yonimda dedi.

Ularda dars bölishi örniga hamma darsdan qolib shu "Open budget" bilan ovora. Ustiga ustak maktab u yoqda tursin xatto ba'zi "Universitet"da ham shu holat bölayotgan ekan. Tyutor guruh sardor (Starosta)larga öz guruhidagi har bir talabaning ovoz bergan screshootini yiğib tyutorga tashlab berish buyruği berilibdi. Starostalar bundan norozi.

Shunlar ustidan nazoratga olishlarini sörab sizga murojaat qilyapman.

Abduholiqov Abdulaziz Abduvohid o'g'li Namangan viloyat Yangiqo'rg'on tumani

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қиш бўйи газсиз қийналганимиз етмагандек баҳорда ҳам газ йўқАндижон тумани

Мурожаатчи: Сизларга мурожаат йуллашдан мақсадимиз шуки, Андижон вилояти, Андижон тумани, Саноат МФЙ, Бунёдкор дахасидаги кўп қаватли уйларда қиш бўйи газсиз қийналганимиз етмагандек бахорда ҳам газ йўқ.

Қачонгача давом этади бу холат ? Мурожаат килмаган жойимиз колмади. Ҳеч нима таъсир килмаябди бу "Ҳудудгазтаъминот"га. Йўқ газга яна расмий муносабат билдирибди газ босими яхшиланди деб.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Асфальт бўлмаса ҳам қум ва шағал қоришмасини ташаб беришсинБоғот

Кўчамизнинг йўли жуда абгор ҳолда, ëмғирли кунларда пиëда буўлсин, машинада буўлсин, кириб чиқиш жуда кийин.

Бу масалада бир неча бор мурожаат килганмиз, лекин афсуски, ҳеч масъулларни кизиктирмади, келиб куўришмади.

Сиздан илтимос ушбу мурожаатни тегишли жойларга етиб боришида амалий куўмак берсангиз. Асфальт бўлмаса ҳам қум ва шағал қоришмасини ташаб берсалар ҳурсанд буўлардик.

Абдикаримов Иззатбек Хайитбоевич,
Хоразм вилояти,
Боғот туман, "Илхом" кўчаси.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Soliq organi shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborishi mumkinmi?Peshko‘

Buxoro viloyati, Peshko' tumanida soliq to'lovlarini to'lashda shafoflik borligiga shubham bor.

Shu tardibda fuqaroga chaqiruv qog'ozi yuborish mumkinmi?
Boshliqning imzosi, muassasa muhri ham mavjud emas.

Bu chaqiruv qog'ozi ro'yxatga kiritilganmi? Nimaga soliq to'lovchining qancha qarzi borligi ochiq ko'rsatilmaydi?

Men barcha to'lovlarni elektron tarzda (mobil ilovalar ) orqali amalga oshiraman. Soliq bazasida menda hech qanday qarzdorlik mavjud emas.

Men nega vaqt va mablag' sarflab ularni oldiga borishim kerak?

Biz Peshko'liklar qachon shaffoflik asosida to'lovlarni amalga oshiramiz?

Hurmat bilan,

G‘.Jamilov

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Биз кимга айтайлик дардимизни?Шароф Рашидов

Мурожаатчи: Жиззах вилояти, Ш. Рашидов тумани, Бўстон МФЙдаги Гулобод, Олмазор, Бунëдкор, Ëшлик кўчаларга ҳам эътибор каратинглар!

Бу маҳаллада ҳам инсонлар яшайди. Вилоят сектор раҳбарлари вақт ажратиб Бўстон МФЙда яшаëтган одамларни ҳам холидан хабар олишсин. Йўлларда юриб бўлмай қолди.

Биз кимга айтайлик дардимизни?

👉 @Kusherbayevga_murojaat