Кушербаевга мурожаат
10.8K subscribers
2.19K photos
577 videos
15 files
377 links
Расул Кушербаевга йўлланадиган мурожаатлар учун очилган махсус канал.

Мурожаат йўллаш тартиби:👇 https://t.iss.one/Kusherbayevga_murojaat/16

Алоқа: @Kusherbayevga_murojaatbot
Download Telegram
Assalomu alaykum!

"Xalq nazorati" portalining monitoring xizmati sizning ushbu postingizni o'rganib chiqdi va uni o'z platformasida joylashtirdi.

Murojaatdagi masala o‘rganilib, qurilish mas'ullari tomonidan qurilish chiqindilari bartaraf qilindi.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Аҳоли хонадонларидаги канализация чиқиндиларини ариққа оқизмоқдаЗангиота

Тошкент вилояти, Зангиота тумани, Тариқ тешар МФЙдаги аҳоли хонадонларидаги канализация чиқиндиларини ариққа оқизиб ташламоқда.

Хорунов Мирбосит Холмирзаевич,
Зангиота Тарик-тешар мфй Ёғду 6-берк кучаси 10-уй.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qachon biz ham normal joyda savdo sotiq qilamiz? Hazorasp

Hurmatli Rasul aka Kusherbaev!

Biz Xorazm viloyati, Hazorasp tumanidan bezovta qilyapmiz.

Videodagi xolat Hazorasp bozori xalq tilida "Qozoq bozori,, deb aytiladi. Bozordagi bu holatni ko'rib mutasaddilarning vijdoni bormi degan savolni bergimiz kelyapti?

Qachon biz ham normal joyda savdo sotiq qilamiz? Iltimos yuborgan arizamiz kerakli joylarga yetib borsin.

Hurmat bilan,
bir guruh bozor savdogorlari


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Ёғингарчилик пайтлари бу кўчадан юриб бўлмай қолдиБўстонлиқ

Бу Бўстонлиқ тумани, Ғазалкент шаҳридан 2-сонли умумтаълим мактаби олдидаги Чўлпон кўчасидаги йўл.

Ёғингарчилик пайтларда бу кўчадан юриб бўлмай қолди, мактабга боламни олиб бориш учун қайиқ(лодка) бўлмаса бўлмай қолди охирги пайтларда.

Ғазалгент экотуризмнинг юраги хисобланади. 150 метр жойни асфальт қилиб беришса рахмат айтардик.

Рисбеков Адилбек Жуманкулович

👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кушербаевга мурожаат телеграмм каналда эълон қилинган видеомурожаат бўйича, РАСМИЙ МУНОСАБАТ!

"Toshkent viloyati suv taʼminoti" АЖ Оҳангарон тумани филиали масъул ходимлари ва носозликни бартараф этиш гуруҳи томонидан мазкур муаммо ўрганилиб, бартараф этилмоқда.

“Toshkent viloyati suv taʼminoti” АЖ Матбуот хизмати

Маълумот ўрнида, фуқаролар ўзини ўзи бошқариш жамиятини шакллантириш мақсадида, Кушербаевга мурожаат телеграмм канали "Тошкент сув таъминоти" МЧЖ билан ҳамкорликда ушбу соҳадаги муаммо ва натижалари берилиб борилмоқда.
Қурилишда дарахтларни илдизини шикастлаганУчтепа

Мурожаатчи: Тошкент шаҳри, Учтепа тумани, 11-мавзе, 20 ва 23 уйлар оралиғида "Enjoy house" МЧЖ томонидан ушбу ер участкасини ўзбошимчалик йўли билан эгаллаб олинган бўлиб, унда қурилиш ишлари бошланган.

Котлован қазиш жараёнида бир нечта дарахтнинг илдиз тизимига зарар етказилган.

Шу боис, зудлик билан дарахтларни сақлаб қолиш чораларини кўришингизни, шунингдек, дарахтларга шикаст етказган айбдор шахсларга нисбатан энг қаттиқ жавобгарликка тортишингизни сўраймиз.

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Shuni qilib bermas ekan, aytmaydimi, koʻchadan olmaymizmi?

Assalomu alaykum! Ulugʻbek Chirchiqdan.

Shu yil 22 fevral kuni "Uzum market"dan sovgʻa uchun telefon olgan edim. IMEI kodi oʻrnatilmagan ekan.

Sotuvchi bilan bogʻlaning dedi ofisdagilar. Sotuvchiga yozdim, oʻqib ham koʻrmadi.

Har kuni sms kelib turibdi telefoningiz oʻchishiga shuncha kun qoldi deb. Ustaga koʻrsatsam 300 ming soʻm boʻladi, IMEI kod oʻrnatib berishim dedi.

Shuni qilib bermas ekan, aytmaydimi, koʻchadan olmaymizmi? Har na arzonroq tusharmidi?

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Нима учун дарахтни кесиб ташлашди? Сайхунобод

Маҳалла раиси дарахтни кесишга рухсат берибди.

Манзил Сирдарё вилояти, Сайхунобод тумани, Фаровон маҳалласи, кўп қаватли уйлар олдида.

Атрофимизда дарахт кам, бориниям кесиб ташласа бу нима деган гап? Бу зуравонларга конуний чора куришингизни сурайман.

Мустопов Шокир Арифбаевич

👉 @Kusherbayevga_murojaat
O'g'ri topilmasa yetkazilgan zararni kim qoplaydi? Sirdaryo tumani

Men Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Ziyokor MFY, Yoshlar ko'chasi 8-xonadonda yashovchi Alimova Sayyoraman.

2021 yil 1 mart kuni uyimizda hech kim yo'qligidan foydalanib, noma'lum shaxs xonadonimizga deraza oynasini buzib kirib turli xil qimmatbaho buyumlarni o'g'irlab voqea joyidan yashirngan.

IIB va Prokuratura organlariga qayta - qayta murojaat qildik va yuqoridagi xatlardan ko'plab javob xatlari kelgan, natija esa yo'q.

Ushbu tergov harakatlari natijalari ummuman qoniqarsiz. Hech kimning ishi yo'q.

O'g'ri topilmasa yetkazilgan zararni kim qoplaydi?

Yopiq qozon yopiqligicha qolsa, jabrlanuvchi shuncha mablag'ga kuyib qolaveradimi? Bunday o'g'rilar topilmasa, jinoyat jazosiz qolaversa - bu qanday tizim bo'ldi?

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar o'z ishlariga mas'uliyatsizlik bilan qarasa, bu qanday davlat bo'ldi?

Bugun roppa-rosa 3 yil bo'ldi hech qanday natija yo'q!

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Қурувчи ваъдасини бажармади, биз уйни кредитини тўлаб юрибмизТермиз

Расул ака мен Сурхандарё вилояти, Термиз шахри, И.Каримов кўчаси, Боғишамол махалласи 193-дом 3-қават 16-хонадон “Сурхон саноат” “Моворо” қурувчига тегишли бўлган уйлардан субсидия ипотека кредити орқали 2023-йил сентябрь ойида хонадон харид қилган эдим.

Қурувчини ваъдасига мувофиқ 2023 йилнинг октябрь ойига топширилиши керак эди. Лекин ҳозирги кунгача кўчиб киролганим йўқ, сабаби ҳали ҳам уй фойдаланишга топширилмаган.

Менга ўхшаган қурувчини қуруқ ваъдаларига ишониб маконсиз юрганлар жуда кўплаб топилади.

Расул Хидиралиевич мени ёшлигим жуда қийинчиликларда ўтган. Мен болалар уйи тарбияланувчисиман, ота-она мехрига интиқ бўлиб улғайдим, болаликдаги орзуларим ҳаммаси сароб бўлган.

Мен 2023 йил сентябр ойидан ьери уйни кредитини тўлаб келяпман. Қурувчига бориб уй тайёор бўлмаган бўлса токи фойдаланишга топширилгунга қадар кредит фоизини қоплаб беринг десам тўлашдан бош торяпти.

Авазбек Мамарасулов
Сурхандарё вилояти, Жарқўрғон тумани.


👉 @Kusherbayevga_murojaat
Iqtisodiyot va moliya vaziri diqqatiga!

Vazirlik tizimidagi quyi boʻgʻin xodimlari odam emasmi?

Bizni vazirimiz Jamshid Qoʻchqorov yaqinda Iqtisodiyot va moliya vazriligi xodimlari, Iqtisodiyot va moliya bosh bosqarmalari boshligʻi va uning oʻrinbosarlariga moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha buyrugʻ chiqargan.

Nimaga vazir ayirmachilik qilib bosh boshqarma va tuman boʻlimlari xodimlari uchun ham buyruq chiqarmagan?

Vazirlik tizimidagi quyi boʻgʻin xodimlari odam emasmi?

Muxtaram prezidentimiz inson qadri, adolat deb takror aytobtilarku. Deyarli hamma ogʻir yuklamalarni viloyat va tuman xodimlari bajaradi: kuniga 10-14 soat ish, hatto ba'zan shanba va yakshanba kunlari ham ishlaymiz.

Bizni ham eshitadigan mas'ullar bormikan, qorni och bilan qorni toʻqni ishi yoʻq deganidek.

Hurmatli Rasul aka shu masalani yoritib bersangiz, juda koʻpchilik xodimlarni ogʻrini yengil qilib bergan boʻlasiz!

Sizga oldindan katta rahmat!

Axror Yormatov,
Namangan viloyati, Namangan shahri


👉 @Kusherbayevga_murojaat
"Institut rahbariyati majburiy ravishda “Ipak yo‘li” banki kartalarini ochib tarqatyapti" mavzusidagi murojaatga munosabat

Buxoro  muhandislik-texnologiya institutida xodimlar ish haqisi va talabalar stipendiyasi to’lanishida 3 ta bank xizmatidan foydalanib kelingan (Turonbank, Aloqabank, Sanoat qurilish bank). So’nggi paytlarda Turonbank xizmatidan foydalanishda bir necha bor muammolar yuzaga kelib, xodimlar e’tiroziga sabab bo’lgan. Xususan, 2023-yilda bir necha bor Turonbank mijozi bo’lgan talabalar stipendiyalari to’lanishi kechga qolib, jiddiy e’tirozlarga sabab bo’ldi. G’aznachilikka yuborilgan to’lov topshiriqnomalari bank hisob raqamiga vaqtida yetib borgan bo’lsada, Turonbankdan oylikni kartalarga tushirish holati kechga qoldi.

Shuningdek, yanvar oyida Aloqabank mijozi hisoblangan institut xodimlarining ish haqisi, talabalarning stipendiyalari kechikishi  muammosi yuzaga keldi.  Xodimlarga kechikib ish haqi to’langani bois, fevral oyida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan institutga taqdimnoma kiritilib, muassasa xodimlariga kompensatsiya to’lab berishi bo’yicha ko’rsatma berildi.

“Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunining 65-moddasiga asosan Bank xizmatlarining iste’molchilari bankni va bank xizmatlarini tanlashda erkindir. Shu bois bir necha xodimlarda ixtiyoriy ravishda (arizasiga binoan) bankni o’zgartirish zarurati tug'ildi.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti matbuot xizmati

👉 @Kusherbayevga_murojaat
Chirigan simyog‘ochlar haqida yana murojaat qilmoqdamizJalaquduq

Biz Andijon viloyati, Jalaquduq tumani, Qilichmozor MFY, Qilichmozor ko'chasi fuqorolari ko'chamizda tortilgan eski chirigan simyig‘ochlar haqida murojat qilmoqdamiz.

Ko'p marta murojatlar qildik natijasi yo'q, kelishadi rasmlarga olishadi, vadani berishadi qoladi.

2018 yilda "Obod qishloq"dasturiga tushgan edi. Yo'l bo'ylari almaship ichki ko'chalar qolip ketdi. 1963-yilda o'rnatilgan simyog'ochlar simlar shundan beri xizmat qiladi.

Birovni tok ursa qisqa tutashuv bo'lib yong'in sodir bo'lsa unda almashadimi?

Aholi hamma qatori hisoblagichni yangisidan qo'yip oldindan,to'lov amalga oshirip elektrdan foydalanmoqda.

👉 @Kusherbayevga_murojaat