This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aybdorning mashinasi jarima maydonidan chiqarilishi to‘g‘rimi?➖Sharof Rashidov
Men 2023 yil, 20-dekabr taxminan soat 10:30 larda avtohalokatga uchradim. Yuk mashinasi yo‘limga chiqib ketdi.
Shu sabab men va avtomabilda bo‘lga yana 2 nafar fuqaro har xil tan jarohati oldik.
Aybdor tomon bizga moddiy manaviy yordam ko‘rsatmadi.
2023 yilning oxirgi kunlarida aybdor tomonning mashinasi jarima maydonidan chiqarilgan. Bu to‘g‘rimi?
Bu haqida bizga hech qanday ma'lumot berilmadi. Men o‘z avtomobilimdan habar olgani borgan payti buni bilayapman. YPX xodimlaridan so‘rasam ish tergovga oshgan deyishdi.
Menga bu haqida hechkim ma'lumot bermadi. Men xatto tergovchi kimliginiyam bilmayman.
Tirkashev Atxamjon,
Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Ziyokor mahallasi, Farobiy ko‘chasi 3-uy.
👉 @Kusherbayevga_murojaat

Quruvchilar atrofni oʻrab olgan, biz daraxtlardan havotirdamiz➖Farg‘ona
Murojaatchi: Fargʻona shahridagi Mustaqillik va Bobur koʻchalarida joylashgan bogʻdagi daraxtlar xavf ostida.
Xabar berishlaricha yuqorida nomi qayd etilgan koʻchalarda joylashgan bogʻdagi daraxtlarni tadbirkorlar kesib tashlab, 30 qavatli dom qilishmoqchi ekan. Qurilish loyihalari ham tasdiqlangan.
Quruvchilar atrofni oʻrab olgan. Biz daraxtlardan havotirdamiz.
Bu holatni viloyat prokuraturasi nazoratga olishini so'raymiz.

Тестдан ўтдим, лекин суҳбатдан атайин йиқитишди➖Бағдод
Мен ишга олиш юзасидан бир неча марта адолатсизликларни кўрдим.
Мег Аргос орқали бўш вакантга номзодимни қўйиб, тестдан мувафаққиятли ўтдим. Тестдан бир ўзим ўтдим, лекин суҳбатдан атайин йиқитишди. Кейинги 2 марта берган аризани кўрмай қолдиришяпти.
Адолат қарор топишида амалий ёрдам беришингизни илтимос қиламан. Ҳозир оилавий аҳволим жуда оғир. Мен текин пул ёки озиқ-овқат сураётгани йўқ.
Менга иш керак. Халол ишлаб, оилавий муаммоларини хмм қилишни хохлайман. Илтимос, менга ёрдам беринг.
Ортиқова Замирахон,
Фарғона вилояти Бағдод тумани Саҳоват МФЙ.

Bizga tibbiy ko'rikni pullik qilgani, noroziligimizga sabab bo'lyabdi➖Angren
Assalom alaykum!
Men Murmaxmudova Zulfiya Aliyevna, Toshkent viloyati, Angren shaxrida yashayman. Anren shahri 4-oilaviy poliklinikada, hamshira lavozimida faoliyat yuritaman.
Biz xodimlarga tibbiy ko'rikdan o'tish, pullikmi?
O'zimiz shu ishda ishlab turib, bizga tibbiy ko'rikni pullik qilgani, noroziligimizga sabab bo'lyabdi.
Bunga yechim bormi?

Кушербаевга мурожаат
Bizga tibbiy ko'rikni pullik qilgani, noroziligimizga sabab bo'lyabdi➖Angren Assalom alaykum! Men Murmaxmudova Zulfiya Aliyevna, Toshkent viloyati, Angren shaxrida yashayman. Anren shahri 4-oilaviy poliklinikada, hamshira lavozimida faoliyat yuritaman.…
Assalomu alaykum!
Sizga yo'llagan murojaatimiz ijobiy hal bo'ldi. RAXMAT !!!
Haqiqatdan ham, xodimlarimiz uchun tibbiy ko'rigimiz bepul ekan va muammo hal bo'ldi.
Murojaatimizga befarq bo'lmaganingiz uchun, sizdan cheksiz MINNATDORMIZ!
Murmaxmudova Zulfiya Aliyevna

Audio
Мурожаатчи: Сурхондарё вилояти давлат молиявий назорат инспекция ходими депутатлар хаммаси тупой деяпди?
Ха халқ ишониб сайлаган депутатлар.
Ушбу холатлар бўйича юқори турувчи органлар муносабат ёки раддия бериш керак. Ёки қолганлар ҳам молиявий назорат инспекция ходими гапларини қўллаб қувватлайдими?
👉 @Kusherbayevga_murojaat
Ха халқ ишониб сайлаган депутатлар.
Ушбу холатлар бўйича юқори турувчи органлар муносабат ёки раддия бериш керак. Ёки қолганлар ҳам молиявий назорат инспекция ходими гапларини қўллаб қувватлайдими?
👉 @Kusherbayevga_murojaat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mas'ullarimiz 4 fasl qishki uyquda➖Uchqo'rg'on
Murojaatchi: Assalomu alaykum!
Bu Namangan viloyati Uchqo'rg'on tumani "Qo'g'ay" QFYsining markaziy yo'llari.
Necha yillardan beri Markaziy yo'llarning ahvoli shu. Qolgan yo'llarni aytmasa ham bo'ladi. Mas'ullarimiz 4 fasl qishki uyquda. Kabinetlaridan chiqqilari kelmaydi. Mas'ullarga shu murojaat yetib borsa uyg'onishar degan umiddamiz.

MIBdagilar asossiz sarson qilishmoqda➖Narpay
Men bir nafar voyaga yetmagan bolamga aliment va modiy taminot ololmayapman.
MIB xodimi Tajiev Jamol va MIB boshlg'i bir necha marta sarson qilmoqda. MIBdagilar qarzdor Hosilov Qosim Hoshim o‘g'li nomida uy joy ko‘chmas mulk va avtotransport yo'q, undirolmaymiz, deb baxonalardi qilmoqda.
Lekin surshtirsak uni nomida 30B694TA DAMAS Avtotransporti bor ekan.
Orasta Qahhorova,
Samarqand viloyati, Narpay tumani Xo'jaqurg'on "MFY" Yagisaroy qishlog'i.

Прокуратура шу кунга қадар аризамга жавоб бермади➖Боғот
Мен туман прокурори А.И.Рузметовга почта алоқаси хизмати орқали туман ДСИнинг хатти-ҳаракатларидан норози бўлиб, 01.12.2023 йил куни шикоят ариза юборган эдим.
Лекин минг афсуски шу кунга қадар аризамга жавоб берилмади. "Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлари тўғрисида"ги қонунга Боғот туман прокуратураси амал қилмайдими?
Ҳурматли Кушербаев бу мурожаатим Бош прокурорга етиб боришида амалий кўмак беришингизни илтимос қиламан.
Иззатбек Абдикаримов,
Хоразм вилояти, Богот туман
"Боғзор "маҳалласи
Фаоллар кўчаси 64-уй

Дарахтлар ҳам симёгоч вазифасини бажариб турибди➖Сариосиё
Ҳаёт учун қанчалик хавфли бўлмасин бизда хатто дарахтлар ҳам симёгоч вазифасини бажариб турибди.
Бу масалага тегишли мутасаддиларни эътборини тортишингизги илтимос қиламиз.
Рахимов Шердил,
Сурхондарё вилояти, Сариосиё тумани, Келажак сари маҳалласи, Келажак сари кўчаси 71-уй.

Қашқадарё вилояти ҳокими диққатига!
⚡️Мактабда қишда "буржуйка" печлардан фойдаланилади - Қашқадарё
"Мен Қашкадарё вилояти, Китоб тумани, Сафарча кишлоғидан Яллаев Тўлқин Худоёрович бўламан.
Қишлоғимиздаги 19-мактабда иситиш тизими умуман ишламайди. Қишда "буржуйка" печлардан фойдаланилади.
Мактабимизда спорт зали йўқ.
Мен Халк таълим вазирлигигача ёздим. Туман Халк таълими бўлими мудири қаерга мурожаат этсам ҳам бир хил жавоб қайтаришдан чарчамаяпди.
Мактабимизда икки сменада ўқитилади, синфхоналар етишмайди, 225 ўринли мактабда 350 та бола таълим олади.
Қишлоқ болалари мактаб ўқувчилари номидан мурожаат қилаяпмиз: спорт зал билан иситиш тизимини қуришга ёрдам берсангиз".

O‘qituvchilar tibbiy ko‘rik uchun pul to‘lashmoqda➖Dehqonobod
Men Muminov Jasurbek Toshtemirovich, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘qituvchiman.
Bizni tashkilotimiz Dehqonobod TTB dan ko'riklan o'tishimizga ham pul to'laymiz: erkaklar100-110 ming, ayollar 120-130 ming so‘m atrofida.
Shu to'lovlar bizni tashkilotda ham bekor qilinsa juda yaxshi bo'lardi. Iltimos yordam bering!

Chiqindi loyqa qumini kanalga oqizishayapti➖Yangiyo‘l tumani
Men Rixsibaev Abdulla Tuychievich, Yangiyo'l tumani Bunyodkor QFY Mezazor ko'chasida (Niyozboshning Imom Sulton mozorining pasti qismida, Qorasuv arig'ini bu tarafida) istiqomat qilaman.
Murojaatimga sabab, sobiq Avangard maxallasidagi drobilkalar bo'yicha. Ulardan biri yuqirisidagisi (Sanjar-Sardor ismli tadbirkolarniki) chiqindi loyqa qumini O'rta Chirchiq kanaliga oqizishayapti va Chirchiq kanali quyqa qumga to'lib oqmoqda va osha kanalning bir irmog'i uyimiz oldidan oqib o'tadi. U ham loyqa qumga to'lga. Drobilkalar chiqindi qumlarini tabiatga zarar bermasdan oqizish bo'yicha qandaydir reglament bo'lishi kerak deb o'ylaman.
Uning ustiga sobiq Avangardda joylashgan drobilkalarning barchasi 24 soat ishlab, kechasi axolini tinchini xam buzmoqda. Ular rioya qilishlari kerak bo'lgan normalar bormi?

Ҳокимлик судга бор дейди, суд вилоят ҳокимига бор дейди➖Каттақўрғон
Ушбу мурожаатимни шахсан Самарқанд вилоят ҳокими Э.О.Турдимовга етиб борилишида ёрдам беришларингизни сўрайман.
Икки йилдан буён уларга такрор-такрор портали орқали, қонунчилик палатаси, сенат, вилоят ҳокимлиги электрон почтаси, виртуал қабулхонаси, телеграмм каналлари орқали мурожаатлар юбордим. Аммо мурожаатларим бирортаси ўрганиб чиқилмасдан, Каттақўрғон туман ҳокимлигига юборилиб, туман ҳокимлиги эса бир ой сабабсиз ушлаб туриб кейин ушбу мурожаатга илова қилинаётган мазмунда хат бериб келмоқда.
Ҳокимлик судга бор дейди, судга мурожаат қилсак "вилоят ҳокимига бор" деб ажрим тутказишади, вилоят ҳокимлиги эса мурожаатни ўқиб ҳам кўрмай, туман ҳокимлигига "тепади", ҳокимликларни хатоси сабаб қанчадан қанча давлат божи тўлаб судда икки ой сарсон бўлдик.
БИЗНИ ҲАМ БИРОР КИМ ЭШИТАДИМИ?
С.А.Ганиев,
Самарқанд вилояти, Каттақўрғон тумани, Валижон қишлоғида яшовчи.

#munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarga "Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani Qo‘g‘ay yo‘llari holati" bo‘yicha yo‘llangan murojaatni o‘rganib, quyidagilarni ma'lum qilamiz;
Mazkur hududdagi aholing haqli e'tiroziga sabab bo‘layotgan yo‘l bilan bog‘liq muammolar boshqarma mutasaddilari tomonidan nazoratga olindi.
Hozirgi vaqtda gaz yetib bormayotgani sababli Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga qarashli asfalt zavodlar ishlamayapdi.
Asfalt zavod ishga tushishi bilan hududda birinchi navbatda ta'mirlash ishlari bajarilishi hamda aholini qiynayotgan muammoga yechim berilishini bildiramiz.
Harakat vaqtida yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun yo‘l foydalanuvchilaridan uzr so‘raymiz.

Namangan viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi