🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 15-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 062,04 so‘m (+20,16)
🇷🇺 RUB 119,00 so‘m (–3,37)
🇪🇺 EUR 13 207,93 so‘m (–11,65)
➡️ Surxondaryo xabarlari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Surxon” davlat qo‘riqxonasida o‘rnatilgan fotoqopqonga silovsin muxrlandi
Silovsin yirtqichlar turkumi, mushuksimonlar oilasiga mansub, tog‘ tekisliklarida, odam bormaydigan qalin o‘rmonlarda yashaydigan o‘rmon yirtqichidir.
Gavdasinig uzunligi 1-1,3 metr, dumi 15-20 sm, mo‘ynasining rangi yozda malla, juni qisqa bo‘ladi, qishda esa och-kulrangda va juni uzun bo‘ladi. Qulog‘i katta , ichida bir tutam juni bor.
So‘ngi sanoq natijalariga ko‘ra qo‘riqxona hududida 24 bosh silovsin borligi aniqlangan.

Sariosiyoda karam sotib olib pulini bermagan shaxsga jinoyatishi qo‘zg‘atildi
Sariosiyo tumanida yashovchi,1997 yilda tug‘ilgan E.Jamshid tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib 2023-yil 23 yanvar kuni Denov tumanida yashovchi, 1973 yilda tug‘ilgan O.Sobir undan 22 mln 845 ming so‘mlik karamni sotib olib, hozirgi kungacha pullarni bermay kelayotganini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan 2023-yil 6-avgust kuni O.Sobirga nisbatan jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘zbekistonda 16-avgust kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 16-avgust, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +27... +32, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +31... +36 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/89841447

Xorijiy tilni yaxshi o‘zlashtirgan tibbiyot sohasi talabalari uchun stipendiya joriy etildi
2023-yil 1-sentabrdan boshlab, tibbiyot OTMlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlarida ta’lim oluvchi, ingliz tilini kamida 7,5 darajada bilishini belgilovchi xalqaro tan olingan sertifikatga (IELs Academic) hamda nemis va fransuz tilini bilish darajasini belgilovchi S1 xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan talabalarga ularning sertifikati amal qilish davrida BHMning 3 barobari miqdorida oylik qo‘shimcha stipendiya to‘lab borish tartibi joriy etiladi.
Buning uchun tibbiyot OTMlari rektorlari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari tomonidan har chorakda ushbu stipendiyani olishga talabgor bo‘lgan nomzodlar to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma’lumotlar vazirlikning Ilm-fan va ta’lim boshqarmasiga beriladi.

Jarqo‘rg‘onda iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqargan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bila hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda fuqaro N.T. va boshqalar o‘z uyida yashirin korxonani o‘zboshimchalik bilan umumiy foydalanishdagi tarmoqqa ulab, 20 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani hamda iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog‘ mahsulotlarini ishlab chiqarayotganligi aniqlangan.
Shuningdek, ushbu korxonadan 6 300 kg qo‘lbola usulda tayyorlangan yog‘, 1 725 kg chigit va boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Markaziy bank 16-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 074,99 so‘m (+12,95)
🇷🇺 RUB 123,18 so‘m (+4,18)
🇪🇺 EUR 13 210,04 so‘m (+2,11)

AQSh elchixonasi Green Card yutib olgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi
AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Green Card dasturi g‘oliblarini suhbat chog‘ida soxta hujjatlar taqdim etmaslikka chaqirdi. Aks holda viza olish huquqidan umrbod mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
«Viza olishda soxta hujjatlar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishni maslahat beradigan uchinchi shaxslarga ishonmang. Viza olishdan umrbod mahrum qilinishingiz mumkin», deyiladi elchixona bayonotida.
2022 yilda Green Card uchun butun dunyodan jami 7 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning 2 foizdan kamrog‘i immigratsiya huquqini olgan – 119 262 kishi. O‘zbekiston tasdiqlangan Green Card soni bo‘yicha Misr va Jazoirdan keyin jahonda 3-o‘rinni egalladi: 5511 nafar o‘zbekistonlik Amerikaga ko‘chib o‘tish huquqiga ega bo‘ldi.
Green Card bilan AQSHga borganlar mamlakatda 5 yil yashaganidan so‘ng, uning egasi AQSh fuqaroligini olishi mumkin.

17-avgust kuni harorat 39 darajagacha ko‘tariladi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 17-avgust, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +32... +37, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +34... +39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/08427039

Denovda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Denov tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda fuqaro O.Yu. fuqaro Q.I.ni 12 000 dollar evaziga Janubiy Koreyaga ishlash uchun yuborishni va’da qilib, oldindan 48 mln so‘m va 2 000 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek surishtiruvlar davomida O.Yu. muqaddam 2 nafar fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborish evaziga 4 800 dollar va 88 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Binoda, poyezdda, samolyotda yong‘in chiqsa, nima qilish kerak?
Yong‘in payti qimmat buyumlaringiz haqida emas, eng avvalo, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘ligi haqida o‘ylang.
👉 https://kun.uz/uz/84440046
➡️ Surxondaryo xabarlari
Yong‘in payti qimmat buyumlaringiz haqida emas, eng avvalo, o‘zingiz va atrofdagilar sog‘ligi haqida o‘ylang.
👉 https://kun.uz/uz/84440046
➡️ Surxondaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 17-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 089,00 so‘m (+14,01)
🇷🇺 RUB 124,90 so‘m (+1,72)
🇪🇺 EUR 13 209,65 so‘m (–0,39)
➡️ Surxondaryo xabarlari
Markaziy bank 17-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 089,00 so‘m (+14,01)
🇷🇺 RUB 124,90 so‘m (+1,72)
🇪🇺 EUR 13 209,65 so‘m (–0,39)
➡️ Surxondaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryoda bojxonachilar yuk mashinasining yoqilg‘i bakiga yashirilgan sigaretlarni fosh etishdi
Surxondaryoda bojxonachilar yuk mashinasining yoqilg‘i bakiga yashirilgan 51 mln so‘mlik 2 040 quti tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi.
➡️ Surxondaryo xabarlari
Surxondaryoda bojxonachilar yuk mashinasining yoqilg‘i bakiga yashirilgan 51 mln so‘mlik 2 040 quti tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishdi.
➡️ Surxondaryo xabarlari
Abituriyentlarning salkam yarmi 56,7 ball ham to’play olmagan
439 ming 337 nafar (49,4 foiz) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.
P.S. Surxondaryo viloyatida 51,3 foiz abituriyent 56,7 balni to‘play olmagan.

YPX postlari orqali harakatlanish soddalashtirilmoqda
Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir yangi qarori qabul qilindi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 15-avgustdan kuchga kirdi.
Qarorga ko‘ra, endilikda sug‘urta polisining muddati o‘tgan, belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalariga “yashil” yo‘lakdan harakatlanishga ruxsat beriladi. Muqaddam bunday transport vositalari “qizil” yo‘lakdan harakatlangan.
P.S. Muqaddam YPX statsionar postlarida transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi bosqichma-bosqich joriy etila boshlangan edi.

Og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining madaniy meros obekti bor ko‘chalarga kirishi taqiqlandi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tarixiy-madaniy meros obektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari qo‘yilmaydi.
Moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk obektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.
Bunda, chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obektlarga shikast yetkazmaslik choralari ko‘riladi.

Hindistonlik tadbirkor «Dok-1 Maks» siropini tekshirmaslik uchun mansabdorlarga 33 ming dollar to‘lagani aytilmoqda
O‘zbekistonda 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan zaharlangan hind yo‘tal siropini tarqatuvchilar mahalliy amaldorlarga majburiy testdan o‘tmaslik uchun 33 ming dollar pora bergan, deya da’vo qilmoqda prokurorlar.
Prokuror Saidkarim Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, Quramax bosh direktori Singx Ragvendra Pratar dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi mansabdor shaxslariga uning mahsulotlarini majburiy tekshiruvdan o‘tkazib yuborishlari uchun 33 ming dollar to‘lagan.
Sudda so‘zga chiqqan Pratar vositachi orqali pullarni amaldorlarga topshirganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik bu pullar qanday va kim tomonidan ishlatilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu haqida Reuters xabar bermoqda.

⚡Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilariga B2 sertifikati majburiy bo‘ladi
Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotganlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangandi.
Oʻtgan yili maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan cheti tili oʻqituvchilarini ishga qabul qilmaslik xususidagi talab 2023/2024-oʻquv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgandi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 sertifikati talab qilinadi.
Eslatib oʻtamiz, 2024/2025-oʻquv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani oʻqituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.

Surxondaryo bir nafar shifokorga qancha aholi toʻgʻri keladi?
🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda bir nafar shifokorga oʻrtacha 358 nafar aholi toʻgʻri keladi.
Hududlarda bir shifokorga toʻgʻri keladigan oʻrtacha aholi soni:
🔹Qoraqalpogʻiston R. – 365 nafar
🔹Andijon viloyati – 402 nafar
🔹Buxoro viloyati – 307 nafar
🔹Jizzax viloyati – 485 nafar
🔹Qashqadaryo viloyati – 529 nafar
🔹Navoiy viloyati – 333 nafar
🔹Namangan viloyati – 497 nafar
🔹Samarqand viloyati – 362 nafar
🔹Surxondaryo viloyati – 558 nafar
🔹Sirdaryo viloyati – 450 nafar
🔹Toshkent viloyati – 457 nafar
🔹Fargʻona viloyati – 444 nafar
🔹Xorazm viloyati – 349 nafar
🔹Toshkent shahri – 123 nafar

🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi
Markaziy bank 18-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
🇺🇸 USD 12 066,19 so‘m (–22,81)
🇷🇺 RUB 130,02 so‘m (+5,12)
🇪🇺 EUR 13 120,78 so‘m (–88,87)