Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.17K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Kasbi tumanining mahallalarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Yangi yil shukuhi bilan uyg‘unlashgan uchrashuvlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar ko‘tarinkilik bilan tashkil etilmoqda. Undan maqsad – Yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlarni xalqimizga aniq hayotiy misollar va dalillar orqali sodda va tushunarli shakllarda yetkazish, aholining kayfiyatini ko‘tarish va daxldorligini oshirishdan iborat.

Kasbi tumanidagi “Qamashi” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Obod mahalla markazi"da ana shunday tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirga mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar taklif etildi.

Madaniy-ma’rifiy kechada ijodkorlar, san’atkorlar va estrada xonandalarining chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi. Tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman madaniyat bo‘limi hamkorligida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Kasbi tumanida “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” munosabati bilan profilaktik tadbirlar olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi 701-sonli qaroriga asosan haftaning har juma kuni “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” deb eʼlon qilingan.

Shu munosabat bilan Kasbi tumani IIB YHXB tomonidan navbatdagi profilaktika tadbirlar tashkil etildi.

Xususan, tuman IIB JXX YHXB inspektori katta serjant Ulmas Xayitovning yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Muloqotlar davomida, yo‘l qoidalariga rioya etish, tezlikni oshirmaslik, spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda avtomobil boshqarmaslik, shuningdek, yo‘lovchi tashish davomida haydovchilar o‘zlari bilan birgalikda yo‘lovchilar uchun ham masʼul ekanliklari, avtomashinaning texnik sozligiga eʼtiborli bo‘lish, rulda telefondan foydalanmaslik eslatib o‘tildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Mast holda avtomobil boshqarish — oʻzi va atrofdagilar salomatligiga befarqlikdir!

Yoʻllarda mast holda avtomobil boshqargan haydovchilar boʻyicha doimiy ravishda reydlar oʻtkazilmoqda.

Xususan, Kasbi tuman IIB YHXB tomonidan o'tkazilgan reyd davomida tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro A.A boshqaruvidagi "Nexia-1" avtomobili to'xtatilib tekshirilganda haydovchi mast holatda ekanligi aniqlangan va sudning qarori bilan 15 "sutka" ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mast holda boshqarishi — transport vositasini boshqarish huquqidan bir yil-u olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilib, BHMning yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8 yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni

Ushbu kun prokuratura organlarida xizmat qiladigan barcha xodimlar, sohada faoliyat yuritgan faxriylar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan sana hisoblanadi.

Kasbi tumani hokimligi barcha prokuratura xodimlarini bayram bilan tabriklaydi va ularga adolat va qonuniylik posboni bo‘lib, qonunlarga sodiq xizmat qilishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Kadastr agentligining Kasbi tumani bo'limi tomonidan "Yangi maymanoq" MFY hududida yer qonunchiligiga rioya qilish holati o'rganilgandi.

O'rganish jarayonida, qishloq xo'jaligida foydalanmaydiga yer maydonidan fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 189 kv metr o'lchamda issiqxona binosi qurganligi aniqlandi.

Qonunbuzarlik holati yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 60-modda 3-qismiga asosan, ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Fuqaroga 15 kun muddat oralig'ida o'zboshimchalik bilan qurilgan qurilishni ixtiyoriy bartaraf etish yuzasidan yozma ko'rsatma ham berildi.

O'zboshimchalik bilan, huquqiy hujjatlarsiz qurilgan qurilishni fuqaro o'z hisobidan buzib olib, yerni foydalanish uchun yaroqli holatga keltirdi.

✝️ telegram | instagram | facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟢Foydali ma'lumot!

"E-auksion" platformasidan qanday ro'yxatdan o'tiladi?

❗️Ma'lumot uchun videoni oxirigacha ko'ring!

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Jurnalistlar ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi

Kasbi tumani hokimligi rahbariyati tomonidan Kasbi tumani iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va bu orada amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Tadbirda dastlab Kasbi tumani hokimining o'rinbosari - investitsiya, sanoat va savdo bo'limi boshlig'i Javohir Jabborov tumanda investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish hamda investorlarni jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to'g'risida ma'lumot berib o'tdi.

Xususan, tumanda 2023 yil yakuni bilan 7 ta loyiha hisobiga 52,5 mln. AQSH dollarilik to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilganligi ta'kidlandi. Bundan tashqari, joriy yilda, umumiy qiymati 60,0 mln. AQSH dollarilik 4 ta yirik loyihalarni amalga oshirish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni o'zlashtirish reja qilinmoqda.

Anjumanda jurnalist va blogerlarning savollariga atroflicha javob qaytarildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Прокуратура органлари ходимлари ва фахрийларига

Работникам и ветеранам органов прокуратуры

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter