Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.36K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Kasbi tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Yurtimizda kuz-qish mavsumiga hozirlik ko‘rilmoqda. Ijtimoiy soha obyektlari, ta’lim va tibbiyot muassasalarini mavsumga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bajarilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida 2-sektor rahbari S.Nurmatov tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida bo‘lib, haqiqiy holatni o‘rgandi hamda hududda 2023-2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi bilan tanishdi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Берлин шаҳрида Германия Федератив Республикаси Канцлери Олаф Шольц раислигида ўтган Марказий Осиё мамлакатлари ва Германия етакчиларининг биринчи саммитида иштирок этди.

В Берлине Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в первом саммите лидеров стран Центральной Азии и Германии, прошедшем под председательством Канцлера Федеративной Республики Германия Олафа Шольца.

#Mirziyoyev #sammit #MarkaziyOsiyo #Germaniya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўқитувчи ва мураббийлар куни муносабати билан таълим-тарбия тизимида алоҳида ўрнак кўрсатган ходимлардан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы особо отличившихся работников сферы образования и воспитания в связи с Днем учителей и наставников"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi ta’minlanmoqda

So‘nggi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatiga keng e’tibor qaratilib, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Prezidentimiz tomonidan bir qator farmon va qarorlar chiqarilib, tadbirkorlik faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish imkonini bermoqda.

Kasbi tumanlararo iqtisodiy sudi raisi G‘.Igamov tomonidan Xo‘jaqarliq MFYda tadbirkorlik subyektlari bilan “Iqtisodiy sudlarda sud xarajatlarini undirish yuzasidan” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilarga, ular faoliyatida uchrayotgan muammo va yechimini talab etayotgan masalalar boʼyicha savollariga javoblar berildi va muntazam ravishda uchrashuvlar tashkil etib borilishiga kelishib olindi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"QASHQADARYO AXBOROTI"

Gender tenglik, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.


Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Kasbi tumani hokimining bayram tabrigi

Avvalo, barchangizni mamlakatimiz hayotidagi qutlug‘ sana — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Dunyoda shunday kasb egalari borki, ularsiz hayotimizni tasavvur qilish qiyin. O‘qituvchilar esa hayotimiz charog‘bonlaridir. Kim bo‘lmaylik, qaysi sohada ishlamaylik, barchamizga muallimlar ta’lim va tarbiya berishgan.

Xalqimizda "Ustoz otangdek ulug‘", degan ibora bor. Kimki bu hayotda biror yutuqqa erishsa, kasbidan e’zoz topsa, uning qalbida ustozlariga, birinchi o‘qituvchisiga bo‘lgan hurmat abadiy muhrlanadi.

Hurmatli ustozlar!

Bundan keyin ham farzandlarimizga zamonaviy ilm-fan va kasb-hunar asoslarini o‘rgatish, yuksak insoniy tuyg‘u va fazilatlarni singdirish, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni asrab-avaylash borasida bor kuch-g‘ayratingiz, bilim va mahoratingizni ayamasdan astoydil xizmat qilishingizga ishonamiz.

Sizlarni 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog‘-omon bo‘ling, aziz ustozlar!

To‘xtamurod Meyliyev,
Kasbi tumani hokimi.


Kanalga ulaning
👉
@kasbi_tuman_hokimligi
Ёш спортчимиз юқори натижа қайд этди

Қирғизистон Республикасининг Бишкек шаҳрида спортнинг енгил атлетика тури бўйича Олимпиада чемпиони Мария Пинигинова соврини учун ўтказилган турнирда кўплаб ҳамдўстлик давлатлари қаторида юртимиз спортчилари ҳам муносиб қатнашди.

Ушбу мусобақада Ўзбекистон шарафини ҳимоя қилган туманимиздаги 16-мактаб ўқувчиси, Ўзбекистон чемпиони Бобохон Камолов баландликка сакраш бўйича 180 см натижа қайд этиб иккинчи ўринни қўлга киритди.

Бир неча йилдан буён мураббий Хуршид Каримов қўл остида енгил атлетиканинг баландликка сакраш тури бўйича мунтазам шуғулланиб келаётган ёш спортчимизнинг бундай ютуқлари туманимизда иқтидорли спортчи етишиб чиқаётганлигидан далолат беради.

@Kasbisadoqat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"QASHQADARYO AXBOROTI"

1-Oktyabr – "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.


Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
Yana bir fuqaroning ko'p yillik orzusi amalga oshdi

1992-yilda Turkmaniston Respublikasida tugʻilgan Maftuna Durdikuliyeva shu kunga qadar Kasbi tumanida fuqaroligi yoʻq shaxs sifatida yashab kelayotgan edi. M.Durdikuliyeva Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, Kasbi tumani IIB M va FRB xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik ID kartasi rasmiylashtirib berildi.

Bu kabi xayrli ishlar muntazam ravishda davom etmoqda.

Kasbi tumani IIB M va FRB

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
​​Ichimlik va oqova suv ta’minotidagi muammo va yechimlar, debitor qarzdorlik hamda tarmoqqa noqonuniy ulanishni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda

Aholiga ichimlik suvining uzluksiz yetkazilishi, ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini yanada yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Qonunchilikda esa iste’molchilarning ichimlik suvi ta’minoti va suv chiqarish xizmati uchun o‘z vaqtida to‘lovlarni amalga oshirishlari lozimligi belgilab qo‘yilgan.

“Qashqadaryo suv ta’minot” MCHJ Kasbi tumani filiali tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotganiga qaramay, tumanda iste’molchilarning debitor qarzdorligi tobora oshib bormoqda. Iste’molchilarning qarzdorligi bilan bir qatorda sohadagi eng og‘riqli muammolardan biri ichimlik va oqova suv tizimlaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, ya’ni noqonuniy ulanish holatlari ham uchramoqda.

Bu kabi holatlarning oldini olish va mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish maqsadida “Qashqadaryo suv ta’minot” MCHJ Kasbi tumani filiali tomonidan ichimlik va oqova suv ta’minotidagi qarzdoriliklarni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Hurmatli iste’molchilar!

Xabaringiz bor, "O‘zsuvta'minot" AJ tomonidan joriy etilgan Uz-Water yangi billing tizimi doirasida har oyning 20 sanasida ichimlik suvi iste’moli va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun hisoblangan to‘lovlar haqida iste’molchilarga SMS-xabarnoma jo‘natiladi.

Shu o‘rinda tumanimiz aholisidan ichimlik suvi iste’moli va oqova suvlarni chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmasliklarini so‘rab qolamiz!

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi