Kasbi.uz / Kasbi tumani hokimligi
4.17K subscribers
22.2K photos
1.65K videos
20 files
3.84K links
Rasmiy sayt: Kasbit.uz

Kasbi tuman hokimligi Axborot xizmati rasmiy kanali.
Tumanda sodir bo'layotgan yangiliklar, xabarlarni eng avval shu yerdan bilishingiz mumkin.

Murojaat uchun: @Kasbi_hokimiga_mu

Link: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAE9dMGsa_svRHaIs2w
Download Telegram
Forwarded from Bosh prokuratura
Касби тумани 2-сектор ҳудудида жойлашган “Обод Некўз” маҳалласида “Обод хонадон - обод кўча - обод маҳалла” тамойили асосида аҳолининг яшаш фаровонлигини таъминлаш борасида муайян ишлар амалга оширилмоқда.

Қашқадарё вилояти прокурори Бектош Сайипов ҳамда мутасадди ташкилот раҳбарлари иштирокида маҳалладаги бир нечта объектлар ва аҳоли хонадонларида амалга оширилаётган ишлар кўздан кечирилди.

Вилоят прокурори томонидан маҳалладаги тупроқ йўлларни шағаллаштириш ва аҳоли хонадонларини ободонлаштириш бўйича масъулларга тегишли топшириқлар берилди.

Шунингдек, ҳудудда жойлашган ижтимоий соха объектларида амалга оширилаётган ишларни жадаллаштириш, худудни замоновий қиёфага келтириш хамда маҳалладаги ёшларни бўш вақтларини мазмунли ўтказишлари учун зарур шарт-шароитлар яратиш лозимлиги таькидланди.

🌐 Бош прокуратуранинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Veb-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев ва рафиқаси Пекинда тантанали кутиб олинди

Президента Шавката Мирзиёева с супругой торжественно встретили в Пекине

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
⚡️Ayni kunlarda "Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla" mezonlari asosida ishlar amalga oshirilayotgan Obod Neko'z mahallasidagi ish jarayonlari bugun ham qizg’in davom etmoqda. Quvonarlisi, mahalla ahli ham ushbu obodonchilik va bunyodkorlik ishlarida faol ishtirok etishmoqda.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
⚡️Davlat xizmatlari markazi tuman bo'limi xodimlari tomonidan joriy yilning 23-yanvar kuni “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari joriy etilayotgan Obod Neko‘z mahallasida "Xech bir shaxs xujjatsiz qolmaydi" tamoyili asosida ushbu mahallada yashovchi fuqarolarga Mobil davlat xizmatlari ko'rsatildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
⚡️"Obod Neko‘z" mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

"Obod xonadon", "Obod ko‘cha" va "Obod mahalla" mezonlari asosida Kasbi tumanidagi "Obod Neko‘z" mahallasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugun erta tongdan mahallaning “Tinchlik” ko‘chasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hamda aholi vakillari ishtirokida katta hashar tashkil etilib, begona o‘tlardan tozalash, ariqlarni qazish va yaroqsiz devorlarni tartibga keltirish ishlari olib borildi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
KASBI TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI QAYTA TIKLANMOQDA

Muborak magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan olib borilgan ta'mirlash ishlari yakunlanib ayni daqiqalardan tumanning "Mug‘lon", "Do‘stlik", "Xo‘jakasbi", "Oqqamish", "Tinchlik","Xo‘jaki", "Nurobod", "Mug‘lon", "Qamashi" mahallasidagi 6579 ta xonadon hamda mazkur hududlarda joylashgan 45 ta ulgurji iste'molchida tabiiy gaz ta'minoti bosqichma-bosqich qayta tiklanmoqda.

❗️Gazdan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling!

"Hududgaz Qashqadaryo" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati
⚡️Tayinlov

Xudoyqulov Obidjon Fayzullayevich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasi Kasbi tuman statistika bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хитойга давлат ташрифининг биринчи куни: ҳар томонлама стратегик шерикликни янада мустаҳкамлашга қаратилган муҳим музокаралар ўтказилди ва салмоқли ҳужжатлар тўплами имзоланди

Первый день государственного визита в Китай: состоялись важные переговоры и подписан солидный пакет документов, направленные на дальнейшее укрепление всестороннего стратегического партнерства

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kasbi tumanidan Kichik sanoat zonalari hududida yer uchastkalarini "E-auksion" savdo platformasidan bo‘lib to‘lash sharti bilan sotib oling!

🔹 Kasbi tumanidan

1. Kasbi tumani, Mug‘lon MFY

2. Kasbi tumani, Mug‘lon MFY

3. Kasbi tumani, Mug‘lon MFY

4. Kasbi tumani, Mug‘lon MFY

Kanalga ulaning
👉@kasbi_tuman_hokimligi