Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
503 subscribers
3.72K photos
382 videos
16 files
638 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
💥O'quvchi -yoshlarni ixtisoslik fanlaridan tashqari kasb -hunarga qiziqtirish maqsadida
🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi texnalogiya fani o'qituvchisi Shohista Aslitdinovna tomonidan 5-A 02 sinf o'quvchilari bilan "Mexatronika haqida tushuncha .Oddiy mexanizmlar." mavzusida noan'anaviy dars tashkil etildi .

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.👇
https://t.iss.one/KTIxM
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan oʻtkazilishi maʼlum qilindi

Agentlik matbuot kotibi bergan maʼlumotga koʻra ushbu muassasalarga kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test sinovi shaklida oʻtkaziladi:

Aniq fanlar yoʻnalishida:

— matematika (mantiqiy fikrlash);
— fizika fani (7-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
— ingliz tili;

Tabiiy fanlar yoʻnalishida:

— biologiya;
— kimyo (8-sinf va undan yuqori sinflar uchun);
— matematika;
— ingliz tili.

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjat topshiradigan oʻquvchilarning baholariga hech qanday talab qoʻyilmaydi.
⚡️ Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga hujjatlar topshirish muddati ma'lum bo‘ldi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan oʻquvchining ota-onasi joriy yilning iyun oyida Agentlikning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:

📷 talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

✏️ talabgor va uning ota-onasi (qonuniy vakillari)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjat maʼlumotlari;

🤳 aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.
⚡️ Oʻquvchilar faqat o‘zlari yashaydigan hududdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023-2024-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni qabul qilish yuzasidagi brifingda bu haqida ma'lum qilindi:

➡️ Oʻquvchilar faqat oʻzlari oʻqiyotgan umumtaʼlim muassasasi joylashgan hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahri)dagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga oʻqishga qabul qilinadi.

➡️ Respublikaning turli hududlaridagi talabgorlar Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga hamda Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarning 7-sinfiga parallel ravishda hujjat topshirishlari mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga imtihonsiz kirish imtiyozi kimlarga beriladi?

📑 Roʻyxati Agentlik tomonidan tasdiqlanadigan xalqaro, mintaqaviy yoki asosiy fan olimpiadalarining uchinchi (viloyat) bosqichida gʻolib va sovrindor boʻlgan (1, 2, 3-oʻrinlar) umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari oʻz hududida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarga umumiy qabul parametrlari doirasida imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadi.

🧑‍🏫 Shuningdek, Prezident maktablarining 5-sinf kirish imtihonlari 2-bosqichida ishtirok etib, oʻqishga kira olmagan talabgorlar hujjat topshirish jarayonida oʻz hududidagi oʻzlari tanlagan ixtisoslashtirilgan maktablardan birida oʻqish istagini bildirgan taqdirda kvotaning 50 foizi doirasida ballar ketma-ketligi asosida imtihonsiz mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

🗓 Bunda, talabgorlar Prezident maktabiga saralash imtihonlarining ikkinchi bosqich javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni davomida ixtisoslashtirilgan maktab direktori nomiga oʻqishga qabul qilishni soʻrab ariza bilan murojaat etishlari lozim.
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥

👍Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan "Yozuvchilar ijodiga bir nazar" mavzusida bibliografik onlayn dars bo‘lib o‘tadi.

📃Ushbu onlayn darsimizga barcha qiziquvchilarni kutib qolamiz! Bunda siz yozuvchilar ijodi haqida qiziqarli ma'lumotlar olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Bugun, soat 14:00 da bo‘lib o‘tadigan onlayn darsimizga quyidagi Zoom havolasi orqali ulanishingiz mumkin!⬇️

Подключиться к конференции Zoom
https://us06web.zoom.us/j/87637925831?pwd=L1VJYTloVXBEdDZMYXJPY1RvdVQ1QT09

Идентификатор конференции:
876 3792 5831
Код доступа: 539031

Respublika bolalar kutubxonasi Matbuot xizmati

Telegram|You tube|Facebook|Instagram|Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochiq_dars

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining ko'p yillik tajribaga ega matematika fani o'qituvchisi Shoira Saidovna tomonidan "Foizlarga doir masalalar yechish" mavzusida noan'anaviy dars tashkil etildi.

❇️ Darsda o'quvchilar guruhlarga bo'linib,bellashdilar.
❇️ Darsda mavzuga oid
qiziqarli savol -javoblar o'tkazildi.AKT va interfaol metodlardan foydalanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👉https://t.iss.one/KTIxM
#ochiq_dars

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Vatanparvar , ijodkor biologiya fani o'qituvchisi Nargiza Farmonovna tomonidan " Ko'rish analizatorlari " mavzusida noan'anaviy dars tashkil etildi.

❇️ Darsda o'quvchilar guruhlarga bo'linib belashishdi.

❇️ Ochiq dars davomida mavzuga doir qiziqarli savol- javoblar o'tkazildi. Jarayon davomida AKT dan hamda interfaol metodlardan unumli foydalanildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring.
👉https://t.iss.one/KTIxM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

"Ey til !" Gapirsang, yaxshi gapir, g'animat qilasan, yoki sukut qil, salomat qolasan !"