Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
459 subscribers
3.06K photos
315 videos
16 files
506 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
#ChSB_jarayonlari


⚡️Respublikamizning yangi baholash tizimi joriy etilgan umumta'lim maktablarida II chorak yakuni bo'yicha CHSBlarga start berildi.
⚡️Jumladan, 26.12.2024 yil Kogon tumanidagi 3-,4-,7-, 9-,10-,11-,12-,13-,17-,19-umumta'lim maktablari va 1-,21-IDUMda ham II chorak yakuni bo'yicha CHSB (choraklik summativ baholash) o'tkazildi.
⚡️Jarayonning shaffof va halol tashkil etilishini ta'minlash uchun Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan nazoratchi o'qituvchilar ishtirok etishdi.

🏢 Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati
#Kogon_tuman_IM

⚡️KOGON TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABIDA NAVBATDAGI AMALIYOTGA ASOSLANGAN DARS TASHKIL ETILDI.

Bu safar 10-sinf o'quvchilari "BUKHARA COTTON TEXTILE" qo'shma korxonasida bo'lishdi.

O'quvchilarga dastlab korxona tarixi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar haqida ma'lumot berildi. Undan keyin texnika xavfsizligi qoidalari tushuntirilib, zavodga ekskursiya uyushtirildi. Qo'shma korxona paxta xomashyosini qayta ishlab tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga asoslangan.Zavod mahsulotlari eksportga yo'naltirilib,dunyoning turli mamlakatlariga yetkazilar ekan va undan tashqari zavod ishchilari dunyoning turli burchaklaridan kelgan bo'lib, o'quvchilarimiz bilan suhbatda bo'lishdi.

📌Qo'shma korxonaning boshqaruv ma'muriyati bilan suhbat jarayoni o'quvchilarda katta taasurot qoldirdi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Har_oyda_bir_kitob
📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 27.12.2024 yil "Har oyda bir kitob mutolaa qilamiz" shiori ostida intellektual tanlov o'tkazildi. Tanlovda 5-6-sinflar o'rtasida Mirkarim Osimning "Zulmat ichra nur" asari, 7-8-sinflar o'rtasida Xudoyberdi To'xtaboyevning "Qasoskorning oltin boshi" asari bo'yicha savol-javob  o'tkazildi.                                                                                                                                📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚📚Savodli bo‘la turib kitob o‘qimagan kishining savodsizdan farqi yo‘q.   Mark Tven                                                            




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I  Telegram I