Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
446 subscribers
2.7K photos
307 videos
16 files
460 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Art
🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨🎨 Bugun 2024-yil 25 oktabr sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 5A-01 sinf o‘quvchilari Art fanidan “Zamonaviy uslub va yo‘nalishlar” mavzusi bilan tanishishdi. O‘quvchilar “Doodling uslubi”da rasm chizishdi.
🧑🏻‍🎨“Rassom bo'lish – hayotga ishonishdir” Genri Mur
Fan o'qituvchi Sharipova Shohista.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Tarbiya
Bugun 2024-yil 30 oktabr sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7A-01 sinf o‘quvchilari Tarbiya fanidan "Insonlarni birlashtiruvchi umuminsoniy xislatlar" mavzusi bilan tanishishdi. O‘quvchilar mavzu asosida 🤝“Do'stlik”, 🕊“Tinchlik”, 🌱“Hayot”, ⭐️“Ma'naviyat” guruhlariga bo'linib, bir birlariga do'stlik, ishonch ramzlarini taqdim qilib, bir birlarini yanada ardoqlashga va'da berdilar.
Fan o'qituvchi Hakimova Gulnoza.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Mirzo_Ulugbekning_630_yilligi
Bugun 2024-yil 29 oktabr sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8A-01 sinf o‘quvchilari Buyuk qomusiy olim, mashhur davlat arbobi Mirzo Ulug'bek hayoti va ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda uning jahon tamadduni rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini o‘rganish maqsadida Ulugʻbek madrasasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (1417) bilan yaqindan tanishishdi.

⚡️Ulugʻbek madrasasi - Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan eng koʻhna madrasa. Ulugʻbek qurdirgan madrasaning eng qadimiysi. U „Buxoro shahrining tarixiy markazi“ tarkibida 1993-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi obʼyektlari roʻyxatiga kiritilgan. Hozirda Ulug‘bek madrasasida Buxoro yodgorliklarini taʼmirlash tarixi muzeyi joylashgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Mohira, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Daler Rahimov

Bugungi taqdirlashda bu ism-sharif qayta-qayta jarangladi.

56-Xalqaro kimyo olimpiadasida oltin medalni qo’lga kiritib, ilm-fan tarixiga kirgan Daler bugun hammamizning gʻururimiz.

Bugun u 16 yosh va bilimi orqali 200 million soʻmdan ortiq mablagʻni qoʻlga kiritdi.

Men ishonaman, butun Respublikamiz boʻylab Daler kabi qobiliyatli oʻquvchilar koʻp va ularning har biri katta qahramonlik qilishga qodir.

Aziz oʻquvchilarim, sizlar ham tarix sahifalariga oʻz ism-sharifingizni yozib qoldiring. Men sizlarga ishonaman.

@hilola_umarova