Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
505 subscribers
3.8K photos
390 videos
16 files
656 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Eco_Schools_Uzbekistan
#Butunjahon_oziq_ovqat_kuni
🌍Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 16 oktabr "Butunjahon oziq-ovqat kuni" munosabati bilan 8T-01 sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat jarayonida o‘quvchilarga har bir bola sog'lom ovqatlanish huquqiga ega ekanligi, shu bilan birga toza suv ham hayot ehtiyoji sanalishi; o'quvchilarning ekologik madaniyatini oshirish, oziq - ovqat chiqindilarini kamaytirish; to'g'ri, sifatli va to'yimli ovqatlanishni targ'ib etishga doir ma’lumotlar berildi. Tadbir davomida to‘g‘ri ovqatlanish haqidagi video namoyishlar, ekologik bio xilma-xillikda yetishtiriladigan oziq-ovqatlar to‘g‘risidagi namoyishlar bilan tanishildi. O‘quvchilar o‘zaro fikr almashishdi hamda olgan ko‘nikmalarini odamlar o‘rtasida tatbiq qilish haqidagi o‘zlarining fikrlarini bildirishdi, turli topshiriqlarni bajarishdi.
Fan o‘qituvchisi – Hamroyeva N.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I