Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
530 subscribers
4K photos
393 videos
16 files
695 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "BIR BO'LSAK -YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK-VATANMIZ" shiori ostida "BIRINCHI QO'NG'IROQ" tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda o'tgan o'quv yilida yuqori natijalarga erishgan o'quvchi va ustozlar taqdirlandilar.
Bayram dasturi vatanni madh etuvchi she'r va dilrabo qo'shiqlar bilan davom etdi.
Tadbir mehmonlari bo‘lgan Kogon tuman hokimi o'rinbosari Z.Z.Sharipov, Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi mas’ul xodimi Z.J.Qahhorova hamda Buxoro viloyati MMTBoshqarmasi mas'ulii R.I.Bakayevalarning bayram tabrigi bilan yakunlandi.

Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktab matbuot xizmati.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I Web sahifa I
Forwarded from Hilola Umarova
Hurmatli ustozlar,
Qadrli o‘quvchilar!


Avvalo barchangizni jonajon O‘zbekistonimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda bugungi yana bir katta shodiyona — “Bilimlar kuni” bilan samimiy tabriklayman.

Aytish lozimki, so‘nggi yillarda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar natijasida sohadagi har bir jabhada katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bugun ta’lim tizimida mehnat qilayotgan yuz minglab ustozlarimiz bu islohotlar samarasini o‘z faoliyati misolida ko‘rmoqda, his etmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘llagan tabrigida bu fikrlarimizga hamohang ravishda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda avvalo sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yishni birinchi navbatdagi vazifa ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, “Muammolarimizning yechimi savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir” degan so‘zlari ham biz soha xodimlariga katta mas’uliyat va ishonch bag‘ishlaydi.

Bugun maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan 700 mingga yaqin o‘g‘il-qizlarimiz hamda ularning ota-onalari, yaqinlari yuragidagi hayajon ular qatorida barcha ustozlarimiz qalbini ham egallagan desam, yanglishmagan bo‘laman. Zero, muqaddas maskan — ta’lim dargohiga bilim istab kelayotgan bolalarimiz bizning ertangi ishonchimiz, suyanchimizdir.

Aziz o‘quvchilar!

Yana bir bor barchangizni bugungi bayram, quvonchli kun bilan qizg‘in tabriklayman. Bilim cho‘qqilarini zabt etishda barchangizga katta muvaffaqiyatlar tilayman.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
🟢 Assalomu aleykum, hurmatli ota-onalar!

📌 Yil yakuni bo'yicha o'tkazilgan ota-onalar yig`ilishida kelishib olingan, Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida qo'l telefonlaridan foydalanish tartibi quyidagicha amalga oshilishini bildiramiz.
🏢 O'quvchi maktabga kirayotganda maktabda har bir sinf o'quvchilari uchun maxsus tayyorlangan joyda telefonlarini topshirib kirishadi. Soat 8:30 ga qadar. Mas'ullar: Chyot raxbari, maktab psixologi.

📲 Binoga kirishda turli sabablar bilan topshirilmagan qo'l telefonlarini olib maxsus joyga etib qo'yish va o'quvchilarni darsda uyali telefonlardan umuman foydalanish mumkin emasligi to'grisida ogohlantirish. Soat 9:20 ga qadar. Mas'ullar: Sinf raxbarlari

📢 Maktab hududida qo‘l telefonlaridan foydalangan o'quvchilar to'grisida ma'muriyatga ma'lumot berish. Soat 8:30 dan darslar tugagunga qadar. Mas'ullar: Fan o'qituvchilari

🔖 Dars tugaguniga qadar turli sabablarga ko'ra telefonni olish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Mas'ul: Sinf raxbarlar, direktor o'rinbosarlari.

Ota onalar o'quvchilar bilan bog`lanishi va o'quvchilar ota-onalari bilan bog`lanishlari uchun navbatchi telefon raqami.

☎️ +998 55 306 49 27

Eslatma. O'quvchilar qo'shimcha ingliz tili fanidan tinglashlari uchun maxsus MP3 pleyerlardan foydalaniladi.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I
#oʻquvchilar_oʻqishini_koʻchirish
#transfer_piima_uz

🔔 OTA-ONALAR DIQQATIGA!

🤩 Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-o‘quv yilida oʻquvchilarning oʻqishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirishga zarurat tug‘ilayotgan bo‘lsa, Agentlikka ariza yuborishni yanada soddalashtirish, qoʻshimcha qulaylik yaratish maqsadida transfer.piima.uz platformasi ishlayotganini eslatib oʻtamiz.

📆 Arizalarni joriy yilning 10-sentyabr sanasidan Respublikamizning barcha hududlaridan turib mazkur platforma orqali Agentlikka tez va oson yuborishingiz mumkin.

Arizalar https://transfer.piima.uz/application manzili orqali qabul qilinishini ma’lum qilamiz.

📝Ariza topshirish jarayonlari quyidagicha:
O‘quvchining ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakilining familiyasi, ismi va otasining ismi, telefon raqami to‘liq kiritilishi;
arizaning qisqacha mazmuni (o‘qishini ko‘chirish sababi);
o‘quvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriya va raqami, o‘qiyotgan maktabi, sinfi, yo‘nalishi, o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktabi;
ko'chirishga asos bo'luvchi hujjat (PDF formatda) nusxasi yuklash talab etiladi.

❗️ESLAB QOLING!

Platforma orqali ariza yuborilganidan keyin avtomatik shaklda taqdim etiladigan KALIT SOʻZ saqlab qoʻyilishi kerak! Ushbu kalit soʻz yordamida arizangiz holatini tekshirib koʻrishingiz mumkin.

⚠️ Belgilangan hujjatlar arizaga ilova qilinmasa ariza rad etilishiga sabab boʻladi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Transfer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ситора Муротовна Рахмонова
#Vaksinatsiya #Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
🏃‍♂️Sog' tanda - sog'lom aql🧠
❇️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9 sinf o‘quvchilari bilan 16.09.2024 yil “Vaksinatsiya va uning ahamiyati” mavzusida 25-QOPning emlash bo'yicha hamshirasi Malohat Kamolova bilan davra suhbati o'tkazildi. O'quvchilar quyidagi ma'lumotlarga ega bo'ldilar:
🦠Vaksina o'zi nima?
💉Vaksinatsiya (emlash) - qildirish kerakmi? 💉Emlashning ahamiyati. 📆Vaksinatsiya kalendari. Davra suhbatidan so'ng o'quvchilar ADS-M6ga emlandilar.

KTIM matbuot xizmati


📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram I