Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
458 subscribers
3.39K photos
355 videos
16 files
560 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
Photo
SHAXMAT BO'YICHA "HOKIM KUBOGI" MUSOBAQASI G'OLIBLARI MA'LUM BO'LDI

Xabar berganimizdek, bugun, tumandagi 3-umumta'lim maktabida shaxmat bo'yicha Kogon tumani hokimi kubogi musobaqasining tuman bosqichiga start berilib, kun davomida shaxmatning rapid yo'nalishida maktab bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 100 dan ortiq 5-9-sinf o'quvchilari o'z salohiyatlarini sinovdan o'tkazdilar.

Shaxmatni kogonlik yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ular orasidan yuqori iqtidorga ega bo‘lgan yoshlarni tanlash, saralab olish va ularni professional shaxmatchilar va xalqaro grossmeysterlar sifatida tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish maqsadida tuman hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu musobaqa yakuniga yetib g'olib va sovrindorlar ma'lum bo'ldi.

Xususan musobaqa yakunida tuman hokimi Otabek Qazoqov boshchiligidagi sektor rahbarlari barcha g'olib va sovrindorlarni muborakbod etib, ularni diplom, medal va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirladilar.

Natijalar quyidagicha:
🥇1-o'rin: Ixtisoslashtirilgan maktab;
🥈2-o'rin: 2-umumta'lim maktabi;
🥉3-o'rin: 3-umumtalim maktabi va 11-umumta'lim maktabi.

|Kogon tuman hokimligi rasmiy kanali

Telegram | facebook | Youtube
#Kogon_tuman_IM
#Al_Xorazmiy_olimpiadasi

🔰 Buxoro viloyat Ixtisoslashtirilgan maktab va MI va umumta'lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Ushbu olimpiadada Kogon tuman IM 7- sinf õquvchisi Murodov Jahongir Mirshodovich Matematika fanidan 🥈2- õrinni qõlga kiritdi.
❇️O‘quvchimiz respublika bosqichida ham ŏz bilimini kõrsatib, yuqori natijaga erishishiga ishonamiz.
❇️Ta'lim bergan ustozi Jo'raqulova Sadoqat Jo'raqulovnaga minnatdorchiligimizni bildiramiz, õquvchimizni õqishlariga omad tilaymiz.

📌Eslatib o‘tamiz, ushbu olimpiadadan ko‘zlangan maqsad Respublika iqtidorli yoshlarini saralab, xalqaro olimpiadalarga tayyorlashdir.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM
#Zulfiyaxonim
Go‘zallikni kuylagan shoira


1-MART – ZULFIYAXONIM TAVALLUD TOPGAN KUN


XX asr o‘zbek she’riyatida shoira Zulfiya Isroilovaning sermahsul ijod yo‘li, lirik merosi o‘ziga xos ahamiyat va betakrorlikka ega. Shoira she’riyatida tuyg‘ulardagi samimiylik, so‘z sehrining jozibadorligi ijtimoiylik bilan uyg‘unlashgan holda o‘zbek ayoliga xos nazokat bilan tarannum etiladi.
❇️Shoiraning “Hayot varaqlari”, “Qizlar qo‘shig‘i”, “Uni Farhod der edilar”, “Hijron kunlarida”, “Kuylarim sizga”, “Yuragimga yaqin kishilar”, “Oylar”, “Shalola”, “Tun”, “Hijron”, “Mening Vatanim”, “Bahor keldi seni so‘roqlab”, “Ko‘rganmiding ko‘zlarimda yosh”, “Cho‘pon”, “Lobar qizlarga” kabi she’r va to‘plamlari haqiqiy o‘zbek ayolining go‘zal hamda betakror siymosini yoritib beruvchi boy ma’naviy meros bo‘ldi.



📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring. 👇
I Facebook I Telegram
#Ayni_paytda
#Jarayon
❇️BUXORODA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHIDAN LAVHALAR

🔹 “Ixtirochilikka qadam” respublika tanlovining viloyat bosqichi Buxoro shahridagi 1-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tmoqda.