Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
449 subscribers
3.63K photos
356 videos
16 files
603 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM
βœ… Joriy yilning 24 - dekabr kuni "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali hamda, Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bilan hamkorlikda tadbirkorlikka va kasb-hunarga qiziqadigan o'quvchi yoshlar uchun "Yoshlar tadbirkorligi" mavzusida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.

βœ… Seminar davomida yoshlarga hozirgi kunda yosh tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar shuningdek e-kasb.uz kasb-hunarlar platformasi haqida batafsil tushunchalar berib o'tildi.


βœ… Shu bilan birgalikda "Naqshband Hunarmandlari" korxonasi raxbari Inobat Jalilova tomonidan tadbirkorlik faoliyatida nimalarga ko'proq e'tibor berish kerak va shu bilan birgalikda har bir yo'nalishda, chuqur puxta bilimga ega bo'lish, juda zarur ekanligi ham tadbirkorimiz tomonidan o'quvchi yoshlarga aytib o'tildi.
#Kogon_tuman_IM #biznes_sayohat_2024

πŸ—“ Joriy yilning 24-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-yanvar kuni kengaytirilgan tarzda o'tkazilgan videoselektor yig'ilishining 3-sonli bayoni 6-bandi hamda 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-300-sonli qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan amaliy rejasining 52-bandiga asosan Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchi yoshlarini, kasb-hunarga faol jalb qilish maqsadida, lider tadbirkor 250 dan ortiq xotin-qizlarni ish bilan ta'minlagan Inobat Jalilovaning tadbirkorlik faoliyat manziliga "Yoshlar-kelajagimiz" jamg'armasi Buxoro viloyat filiali tashabbusi bilan "Biznes sayohat" tashkil etildi.
#Kogon_tuman_IM
#ChSB_jarayonlari

πŸ†Kogon tuman IMning 7a-01 sinf o'quvchilari orasida Klicheva Sabina ChSB natijalariga ko'ra    
πŸ“ŒGeometriya                
πŸ“ŒIngliz tili fanlaridan maksimal natijani (40 ball) qayd etgan.

βœ… O'quvchimizning bu natijaga erishishida mehnatlari singgan fan o'qituvchilariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

βœ… Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati
#Kogon_tuman_IM
#ChSB_jarayonlari

πŸ†Kogon tuman IMning 7a-01 sinf o'quvchilari orasida Umarov Alixan ChSB natijalariga ko'ra    
πŸ“ŒGeometriya                
πŸ“ŒFizika fanlaridan maksimal natijani (40 ball) qayd etgan.

βœ… O'quvchimizning bu natijaga erishishida mehnatlari singgan fan o'qituvchilariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

βœ… Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati
#Kogon_tuman_IM
#ChSB_jarayonlari

πŸ†Kogon tuman IMning 7a-02 sinf o'quvchilari orasida To'xtamurodova Zarina ChSB natijalariga ko'ra    
πŸ“ŒGeometriya                
πŸ“ŒFizika fanlaridan maksimal natijani (40 ball) qayd etgan.

βœ… O'quvchimizning bu natijaga erishishida mehnatlari singgan fan o'qituvchilariga va ota-onalariga minnatdorchilik bildiramiz.

βœ… Kogon tumani ixtisoslashtirilgan maktabining matbuot xizmati
#Kogon_tuman_IM
#Milliy_sertifikat

πŸ”°Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari yutuqlarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda.

πŸ“ŒTurli olimpiadalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan 10-sinf o'quvchimiz Fayziyeva Charos Anvar qizi

πŸ“ Matematika fanidan milliy sertifikatni yangiladi
πŸ“70.75ball
πŸ“A+daraja
πŸ“Umumiy ballga nisbatan foiz ko’rsatkichi: 100%

πŸ”°O'quvchimizga ta’lim bergan ustozlarga, ayniqsa matematika fanidan dars bergan ustozi Shokirov Nodirxon Bobirxon o'g'liga maktab ma'muriyati tomonidan minnatdorchilik bildiramiz va kelgusidagi ishlarida zafarlar tilab qolamiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: πŸ‘‡
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#CHSB_2
#Jarayon


βœ… Bugun 2024-yil 25 dekabr sanasida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Buxoro viloyat hududiy bo'limiga qarashli barcha ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida ChSB sinovlari jarayonlarining 3- kuni.

βœ…Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham bu jarayon adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi.
Hozirda ChSB jarayonlarida 5 sinf o'quvchilari chorak davomida olgan bilimlarini sinovdan o'tkazishmoqda.
πŸ’»Jarayon onlayn tarzda o'tkazilmoqda.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: πŸ‘‡
I Facebook I Telegram I