Ixtisoslashtirilgan maktab I Kogon tuman
455 subscribers
2.81K photos
309 videos
16 files
466 links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabning rasmiy kanali

Maktab raxbariyatiga murojaatlar va takliflarni qabul qilish boti:
@Kogon_tuman_IM_bot
Facebook:
https://www.facebook.com/groups/ktixm
Download Telegram
#Kogon_tuman_IM #Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi #Zakovat 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan 2-4 dekabr kunlari 5-9-sinflar oʻrtasida “KONSTITUTSIYA – BAXTIMIZ QOMUSI!” shiori ostida "Zakovat"intellektual saralash oʻyinlari oʻtkazildi,gʻolib jamoalar final bosqichida uchrashib, oʻzaro intellektual salohiyatlarini namoyish etishadi.
📜 Konstitutsiyam – mening bosh Qomusim!
Adolatga o’zing tamaltosh, Qomusim!
Quyosh bo’lib, mehr nurin soch, Qomusim,
Kelajakka baxt eshigin och, Qomusim!


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM #Konstitutsiya_faxrimiz 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 03.12.2024 yil 8 T-01 sinf o‘quvchilari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Konstitutsiya – faxrimiz" shiori ostida Said Axmadning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” asaridan parcha yangicha talqinda sahnalashtirildi. Unda insonning qadr-qimmati, huquq va erkinliklari, hamda uning hayoti, sha’ni, manfaatlari, burchlariga oid moddalar hayotiy misollar orqali ko‘rsatib berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_IM #Zakovat 🏢Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Konstitutsiya – kelajagim mashʼali" shiori ostida 5-9-sinflar oʻrtasida "Zakovat"intellektual oʻyini oʻtkazildi. O‘quvchilar Davlatimiz bosh qomusi – Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinashdi.
Oʻyin natijalariga ko‘ra:
🥇1-oʻrin "Demokratiya" jamoasi - 9T – 01 sinf
🥈2-oʻrin "Lider" jamoasi – 8 A – 01 sinf
🥉3-oʻrin "Fire klub" jamoasi – 8 A – 02 sinf
4-oʻrin "Stars" jamoasi - 8 T – 01 sinf
5-oʻrin "State" jamoasi – 5A – 01 sinf
6-o’rin "Status" jamoasi – 9 A – 01 sinf
Ishtirok etgan jamoalarimizga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz. O‘quvchilarimizning keyingi o‘qishlariga omad tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I
#Kogon_tuman_ixtisoslashtirilgan_maktabi
#Mening_konstitutsiyam_32_yoshda
#Mening_Konstitutsiyam_va_davlat_tilim
#diktantlar_tanlovi

🏢Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 6- noyabrdagi 01-03-2512-sonli xatida "Mening Konstitutsiyam 32 yoshda " shiori ostida "Mening Konstitutsiyam va davlat tilim" mavzusida umumrespublika diktantlar tanlovi e'lon qilingan.
✍🏻Kogon tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham 06.12.2024 yil sinflar kesimida diktantlar tanlovi bo'lib o'tdi.
❇️Diktant matnida Konstitutsiyaning (asosiy tegishli moddalardan foydalanish,shu orqali o'quvchilarga huquqiy bilimlar berish) mazmun-mohiyati to'g'risida ma'lumotlar berish inobatga olindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 👇
I Facebook I Telegram I