Andijon viloyati o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi
1.58K subscribers
1.79K photos
287 videos
4 files
844 links
Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining rasmiy telegram kanali!

Korrupsiyaga qarshi faoliyat:

Telegram: @uzdavkarantin_antikor_bot
Websayt: https://karantin.uz/uz/anti-corruption
Ishonch tel: +998-71-202-64-64
Download Telegram
Ekologik toza mahsulot yetishtirishda kuzgi kuzatuv ishlari: zararkunandalarga qarshi kurashning muhim qadamlaridan biri

🔰 O`simlik zararkunandalariga qarshi 2025 yil kurashish tadbirlarini belgilash maqsadida Andijon viloyati O`simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining hududiy bo`limlari tomonidan joylarda kuzgi kuzatuv-nazorat va yer kovlash (raskopka) ishlari davom etmoqda.

🦠 Kuzatuv ishlarining maqsadi - zararkunandalarning kelgusi yil tarqalishini oldindan bashorat qilish, ularning qishlash (diapauza) holatlarini va miqdorini aniqlashdir. Bu orqali ularga qarshi biologik kurash choralarni hajmini oldindan belgilab, kimyoviy vositalardan foydalanish miqdorini kamaytirishga imkon beradi. Kimyoviy vositalardan bosqichma-bosqich kamaytirish orqali esa qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida ekologik toza mahsulot yetishtirish hissasini oshiradi.

🔎 Shu sababli, tuproq ostidagi zararkunandalar kuz oylarida, ya'ni oktabr va noyabrda o‘z vaqtida tekshirilmoqda. Turli chuqurliklarda (5-15-20 smgacha) qazish ishlari olib borilib, zararkunanda turiga qarab 25x25 sm yoki 50x50 sm o‘lchamdagi maydonlarda tuproq namunalari olinmoqda.
Namunalar diagonal yoki shaxmat (random) usulida tanlanadi. Maydonning hajmiga qarab, 10 gektar maydonda 8 ta, 11-50 gektar oralig‘ida 12 ta, 51-100 gektarda esa 16 ta namuna olinadi.

🌿Ekologik toza qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun ayni vaqtda ko‘rilayotgan choralar natijasida yuqori hosil olish bilan birga sifatli mahsulot yetishtirish imkoniyati ham ortadi.

📱 Telegram📱 facebook | 📱  You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝 "21-oktabr — O'zbek tili bayrami kuni" munosabati bilan Bobur va jahon madaniyati muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

🗺O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi xodimlari hamda talaba yoshlar bilan Bobur va jahon madaniyati muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.

ℹ️ Ayniqsa, muzeyda Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy qabri va haykali xodimlarda katta taassurot qoldirdi.

📱 Telegram📱 facebook | 📱  You Tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Shaxmat bo‘yicha musobaqaning 3️⃣-bosqichi.

🏆 Boshqarma boshlig'i kubogi uchun o‘tkazilayotgan shaxmat musobaqasining3️⃣-bosqichi yakunlandi.

✔️ P.S Musobaqa4️⃣bosqichda o‘tkaziladi. 4️⃣-bosqich final o`yini hisoblanadi.

⚜️Hali bizini oldinda qiziqarli FINAL o`yini kutib turibdi. Final bosqichiga chiqgan o`yinchilarga omad tilab qolamiz.

🔰 karantin.uz  📱 Telegram📱 facebook | 📱  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig'ining shaxmat bo‘yicha kubogi uchun FINAL o‘yini.

🥇2024 yil 2-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🔰 karantin.uz  📱 Telegram📱 facebook | 📱  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Final bosqichiga chiqqan musobaqa qatnashchilari.

🔰 karantin.uz  📱 Telegram📱 facebook | 📱  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ 🖥🖥🖥

Karantin havfi yuqori bo‘lgan gul ko‘chatlari yo‘q qilindi.

🔰 Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan ekish materiallarining fitosanitar xavfsizligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Chet mamlakatlardan har-hil turdagi zararli organizmlar kirib kelishi o‘simlik dunyosi va qishloq xoʻjaligi ekinlariga katta xavf soladi, bu esa mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligiga katta ta'sir koʻrsatadi. Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi tomonidan ham bu bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 20-oktabr kuni Xitoy davlatidan meva va poliz ekinlari exporti mas‘ulyati cheklangan jamiyati tomonidan xonaki gul mahsulotlari olib kelingan. Olib kelingan xonaki gul mahsulotlardan tegishli standartlar asosida namunalar olinib Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga yuborilgan. Ushbu mahsulotlarning 3 200 dona “FILODENDRON” so‘rtidan Respublikamiz hududida mavjud bo‘lmagan  havfli karantin obyekti hisoblangan  zararli organizm “yeryong‘oq bo‘rtma nematoda”si aniqlangan. Ushbu mahsulotlar qonunchilikda belgilangan tartibda yoqish yo’li bilan yo’q qilindi.

🔰 karantin.uz  📱 Telegram📱 facebook | 📱  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇨🇳Xitoyda an’anaviy "Canton Fair" ko'rgazmasi boshlandi.

Unda mamakatimiz tadbirkorlari ham ishtirok etib, milliy mahsulotlarimizni namoyish qilishmoqda.

🔰 karantin.uz  📱 Telegram📱 facebook | 📱  YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM