📌 Sarichashma mahallasida “Oqila ayollar guruhi” jamoatchilik harakati tashkil qilindi.

Ishchi guruh 15 nafar el-yurt hurmatini qozongan ayollardan iborat bo‘lib, ajrim yoqasidagi oilalarni saqlab qolish, yosh kelin-kuyovlarga diniy-ma’rifiy, psixologik maslahatlar berish bilan shug‘ullanadi.

Harakat faollari yaqinda o‘g‘lini uylantirgan Sanobar Xolmurodova xonodonida bo‘lishdi. Mezbonlar bilan qaynona-kelin munosabati, diniy, milliy qadriyatlarimiz haqida suhbatlashildi.

Tuman hokimi maslahatchisi H.O‘sarova ishtirok etgan uchrashuvda yosh kelin Sh.Sunatullayevaga badiiy va ma’rifiy kitoblar sovg‘a qilindi.

Malohat ABDANOVA,
Sarichashma mahallasi xotin-qizlar faoli.


Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵 Sarichashma vakili tanlov g‘olibi

“Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi. Tadbirda mahallalarda faoliyat yuritayotgan 38 nafar fidoyi xodimalar o‘zaro bellashdilar.


Natijalarga ko‘ra, Sarichashma mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Malohat Abdanova 1-o‘rinni egalladi. Naymantepa mahallasi vakili Sanobar Abdullayeva hamda Saroy mahallasi faoli Oydin Xudoyberdiyevaga 2- va 3-o‘rinlar nasib etdi.

G‘oliblar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan taqdirlandi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
📌 7 yoshli bilimdon

12-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Dilshod Shokirov viloyatimizdagi nodavlat ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan intellektual olimpiadaning mental arifmetika yo‘nalishida 1-o‘rinni egalladi. Dilshod nufuzli ilm musobaqasining respublika bosqichida Samarqand sharafini himoya qiladi.

Gulnoza QOBILOVA.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
📌 Sarichashma mahallasida tuman hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi.

Tadbirda Holvoyi, Taldirazzoq, Juriyat, No‘sh mahallalaridan 20 nafarga yaqin fuqarolar ishtirok etdi. Mutasaddilar tomonidan 8 ta murojaat joyida o‘rganilgan bo‘lsa, 3 tasi ijobiy yechim topgani e’tiborga molik.

Har bir masala yuzasidan mas’ullar biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Brifing

📌 Tumanda davlat tili nufuzini oshirish borasidagi ishlar sarhisob qilindi

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
#Hamdardlik

⚫️ Tuman qishloq xo‘jaligi tizimida faoliyat yuritgan Vali Mo‘minovga onasi Xolida Mo‘minovaning vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiramiz.

Tuman hokimligi va qishloq xo‘jaligi bo‘limi jamoasi.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵 Tumanimizda mavjud vakant lavozimga ochiq tanlov e’lon qilindi

Prezident huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov e’lon qildi:

– Maktabgacha ta'lim bo‘limining axborot texnologiyalari mutaxassisi;

– Maktabgacha ta'lim bo‘limining tovar-moddiy boyliklar hisobchisi;

– Tuman hokimligi hisobchisi.

Arizalar joriy yilning 27-avgustigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Nomzodlar davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
🔵 Har qanday kulfatning onasi – g‘aflat va loqaydlikdir

Batafsil:
jomboy.uz

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram
📌 Jomboylik qizlar IELTS'dan yuqori ball oldi

27-umumta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchilari Hulkar Habibullayeva hamda Mohinur Toshtemirova xalqaro IELTS tizimida imtihon topshirib, mos ravishda 7 va 7,5 ball oldi. Endilikda bilimdon qizlarimiz o‘z yo‘nalishida xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishini davom ettirishi mumkin.

Bobur AHMEDOV.

Ulaning va ulashing:
Veb-sayt | Facebook | Telegram | Instagram