Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.2K subscribers
15.4K photos
1.86K videos
102 files
4.67K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
#Muloqot

Joriy yilning 26-mart kuni O'zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish va huquqiy nazorat boshqarmasi mas'ul xodimi G'ofur Sodiqov Jizzax viloyatida bo'lib, viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi rahbar va xodimlari, tuman MMTB boshliqlari bilan ochiq muloqot o'tkazdi.

❇️Tadbir avvalida Pedagoglarni yangi metodiklarga o'rgatish milliy markazi katta o'qituvchisi N. Ahmedov tomonidan "Pedagogning maqomi to'g'risida"gi qonunning mazmun-mohiyati haqida batafsil tushuncha berildi.

▶️Shundan so'ng, vazirlik mas'ul xodimi G'. Sodiqov tomonidan tizimda bo'lib o'tayotgan tadbirlar va tushuntirish ishlariga qaramasdan korrupsiya holatining uchrayotgani va bu illat farzandlarimizning kelajagi bilan bog'liqligini ta'kidladi.

🔰Hududlarda bo'lib o'tgan tezkor tadbirlar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aniqlangan ana shunday holatlardan misollar keltirilib, bu borada ogohlikni oshirish va kurashish kelgusidagi ko'ngilsiz hodisalarning oldini olishi haqida eslatib o'tdi. Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida mavzu yuzasidan savollarga javob berildi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Jizzaxda "Metodik marafon" start oldi

Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashabbusi bilan Pedagoglarni kasbiy rivojlanishiga koʻmaklashish va metodik qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 26-mart kunidan boshlab "Metodik marafon" ga start berildi.

🔰O‘quv-tarbiya jarayoniga innovatsion pedagogik yondashuv hamda xalqaro baholash dasturlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rish maqsadida  tashkil etilgan mazkur marafonda ilg‘or tajribaga ega professor-o'qituvchilar  va ilg‘or o‘qituvchilarning tajriba almashinuviga erishish ko‘zda tutilgan.

⚡️Nizomga muvofiq, marafonning dastlabki kunida 80 nafarga yaqin ishtirokchilar o‘qish savodxonligi, matematika savodxonligi, tabiiy savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha yangicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Bizning shubhalarimiz xoindir, urinishdan qo'rqib bizni tez-tez yutib olishimiz mumkin bo'lgan yaxshi narsalarni yo'qotishga majbur qiladi.

©️Uilyam Shekspir
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ustoz_shogird

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan umumtaʼlim muassasalariga birinchi marta ishga qabul qilingan stajor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlashdan oʻtkazilishi haqida aytib oʻtgan edik.

🔹 2024-2025-oʻquv yilidan bu amaliyot tegishli toifaga ega boʻlmagan pedagog kadrlarga nisbatan ham qoʻllaniladi.

👉 Anʼanaviy berib borilayotgan “Ustoz va shogird” loyihasining navbatdagi sonida shu mavzu atrofida fikr yuritiladi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
🌐 NATIJAGA YO'NALTIRILGAN UZLUKSIZ TA'LIMNI JORIY ETISH TENDENSIYALARI

⚡️ “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” mavzusida
tashkil etilgan "Metodik marafon" ning ikkinchi kuni koʻtarinki ruhda tashkil etildi.

♻️Marafonda Jizzax viloyati pedagogika markazi metodik xizmat ko'rsatish bo'limi metodistlari, fan yoʻnalishlar boʻyicha tumanlardan kelgan trener o'qituvchilar faol ishtirok etishdi hamda ular tomonidan mahorat darslari tashkillashtirildi.

❇️ Umumta'lim muassasalari o'quv-tarbiya jarayonida xalqaro pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng tadbiq etish, pedagoglar kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashish, xalqaro baholash dasturlari tadqiqotlarining navbatdagi bosqichiga samarali tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan marafon ko'tarinki ruhda o'tdi.

✍️ Pedagogika markazi rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram 💻YouTube 🪩Facebook ♻️ Website