Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
2.22K subscribers
15.1K photos
1.81K videos
101 files
4.57K links
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

-Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz
-Telegram: https://t.iss.one/Jizzaxedu
-Instagram: instagram.com/xtbjizzax/
-Facebook:
-Jizzax viloyati MMTBga murojaat: @JizzaxVMMTB_murojaatlar_bot
Download Telegram
Forwarded from Botir SHARIPOV
#Sayyoramiz_soati_aksiyasi
#Arnasoy_tuman_8_maktab

🌏Har yili ma'lum kunda xalqaro miqyosida YER VAQTI (Earth Hour) tadbiri o'tkazilib kelinadi.

🇺🇿Mazkur tadbir doirasida 25-mart kuni mamlakatimizda
"SAYYORAMIZ SOATI" aksiyasi o'tkazilmoqda.

🔰Aksiya doirasida Arnasoy tuman 8-umumta'lim maktabi o'qituvchi va xodimlari ham faol ishtirok etdi.

Aksiya doirasida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

🔻Maktabda elektr energiyasi bilan ishlaydigan texnikalar 1 soatga tarmoqdan uzildi
🔻Maktab hovlisi va tabiat qo'ynida
1 soatlik sayr

🔻Jismoniy mashqlar ( gimnastika va badantarbiya mashqlari)
🔻Sport musobaqalari (shashka-shaxmat)


Aksiyada faol ishtirok etgan o'qituvchi va xodimlarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz!

🟢Arnasoy tuman 8-umumta'lim maktab ma'muriyati
💻 UMFT universitetida grant asosida o'qish imkoniyati

Iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida 2024-2025 o'quv yili kunduzgi ta'lim shakliga 180 ta grant o'rinlari ajratilmoqda. Grant sohiblari tanlov orqali saralab olinadi.

👨‍🎓 Abituriyentlar 3 bosqichli tanlov asosida saralab olinadi. Yakuniy natijalarga ko'ra eng yuqori ball to'plagan:
🥇birinchi 30 nafar qatnashchiga 75%;
🥈keyingi 60 nafar qatnashchiga 50%;
🥉navbatdagi 90 nafar qatnashchiga 25% lik grantlardan biri taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etishni istaganlar 2024-yil 15-martdan 14-aprelga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

✔️ Tanlovda ishtirok etish uchun UMFT Grant Bot orqali ro'yxatdan o'tish talab etiladi.

Tanlov o'tkazilish tartibi va shartlari bilan batafsil universitet vebsayti orqali tanishishingiz mumkin: umft.uz/grant

O'z maqsadlaringizga erishish yo'lida moliyaviy yordam imkoniyatini qo'ldan boy bermang.

UMFT - kelajagingiz uchun eng maqbul hamkor.

☎️ +998555068888 | +998555068888
📩 @umft_support
🌐 umft.uz

🐶 Instagram 🐭 Facebook 🐹 YouTube 🐰 Linkedin

🦊 Lokatsiya

🗣 English🗣 На русском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Яшил_чироқ

Жиззах шаҳридаги 29-сонли умумтаълим мактабида "Яшил чироқ 2024" мусобақасининг мактаб босқичи бўлиб ўтди.

👮‍♂️👉@IIBYHXB
#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax shahridagi 5-umumta'lim maktabi o‘qituvchilarining "Open budjet" loyihasiga majburiy jalb etish holati kuzatilayotgani yuzasidan xabarlar tarqaldi.

Maktabda o'tkazilgan o'rganishlar davomida o'qituvchilar bu kabi majburiy mehnatga jalb etilmagani yuzasidan pedagoglarning tushuntirish xati va bu haqida ma'lumotnoma taqdim qilindi.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati
Forwarded from Yangiobod tumani hokimligi | Rasmiy kanal (Dilmurod Rajabov)
Hali ham yurtimiz bo'ylab o'zining bahoriy go'zalligi bilan Navro'z shukuhi kezib yuripdi. Shu munosabat bilan joylarda Navro'z sayllari davom etmoqda.

Yangiobod tumani, Sarmich mahallasidagi 3-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida ham jajji bolajonlar ishtirokida Navro'z tantanasi ko'tarinki va quvnoq kayfiyatda bo'lib o'tdi.

"Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z" shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbirida jajji o'g'il-qizlar ishtirokida milliy va bayramona sahna chiqishlari va kuy-qo'shiqlar ijro etilib, jajji qalblarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/yangiobod_press

🌍Web-site | Telegram | Facebook |Instagram| Twitter | Youtube
Vazir o'rinbosari Jizzaxda ochiq muloqot o‘tkazdi

O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Farhod Boqiyev Jizzax viloyatidagi umumta'lim maktablarining ma'naviy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosarlari va amaliyotchi psixologlari bilan uchrashdi.

💫Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida bo'lib o'tgan uchrashuvni viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i S. Suyarova ochib berdi. Shundan so'ng vazir o'rinbosari uchrashuvni ochiq muloqot shaklida o'tkazish taklifini berdi va sohadagi bugungi kundagi yangilik va o'zgarishlarni e'tirof etar ekan, ma'naviy ishlarni kuchaytirish masalasida fikr-mulohaza va takliflari bilan bo'lishdi. Mazkur masalada eng katta mas'uliyat soha xodimlarining zimmasida ekanligini ta'kidladi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan pedagoglar o'zlarini qiynayotgan muammolar haqida gapirib, ularni hal etish borasida takliflarini bildirdilar.

✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Axborot xizmati