JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
​​#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT

Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.

Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.

Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#RASMIY_MUNOSABAT
Jurnalist Xurshid Daliyevning telegram kanali orqali e’lon qilingan murojaat yuzasidan:
“Бахмалда уч йиллик ер можароси” - https://t.iss.one/muxbir1/15885 sarlavhasi ostida berilgan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi hamda Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan mazkur holatning tegishli qismi bo‘yicha o‘rganish ishlari boshlandi. Ushbu masala boshqarma tomonidan alohida nazoratga olindi. Holat o‘rganilib, yakunlari bo‘yicha batafsil ma’lumot taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Rasmiy munosabat▫️

26 may 2022 yilda ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha
Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati quyidagilarni ma’lum qiladi:

- 2020 yil 7 sentyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tashkil etilganidan boshlab, Davlat kadastrlari palata tomonidan xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlarining joriy yil 1-choragi davomida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik ish haqlari o‘rtacha 50%ga oshirilgan.

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, kadastr ishlari va boshqa daromadlaridan o‘zining barcha xarajatlarini, jumaladan xodimlarga oylik maoshi bo‘yicha, birinchi darajali zaruriy xarajatlarini va boshqa ishlab chiqarish xarajatalarini amalga oshirishi belgilangan.

Qarorda xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi natijasida yuzaga kelgan masala bo‘yicha Palata markaziy apparati tomonidan ishchi guruh tuzilib, hozirda o‘rganish olib borilmoqda. Jarayon yakunlariga ko‘ra masala yuzasidan batafsil ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#RASMIY_MUNOSABAT
https://www.youtube.com/watch?v=QkG-frpzxuo youtube ижтимоий тармоғи орқали эълон қилинган мурожаат “Беш болам билан уйимдан чиқариб юборишмоқчи” сарлавҳаси остидаги берилган мурожаат юзасидан. Кадастр агентлиги ҳамда Давлат Кадастрлари палатаси Жиззах вилояти бошқармаси томонидан мазкур ҳолатнинг тегишли қисми бўйича ўрганиш ишларини бошлади. Ушбу масала бошқарма томонидан алоҳида назоратга олинди. Ҳолат ўрганилиб якунлари бўйича батафсил ахборот тақдим этилади.
Бизни ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Ijtimoiy tarmoqlardagi Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tizimidagi xodimlar nomidan yozilgan aprel oyi oylik maoshi berilmayotgani to‘g‘risidagi murojaatnoma bo‘yicha Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan ishchi guruh ajratilib, o‘rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma’lumot bergandik.

Ishchi guruh tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari pasayib ketganligi, tartib intizom buzilganligi va ijro intizomining izdan chiqqanligi tanqidiy ko‘rib chiqildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:
Boshqarma ma’sullari tomonidan boshqarmaning moliyaviy holatini o‘rganmasdan ustama va moddiy yordam hamda rag‘batlantirishlar notug‘ri hisoblanganligi;

Zahira yer maydonlari uchun to‘lovlar undirilmaganligi;

Shuningdek, boshqarmaning xarajatlari moliyaviy ahvoliga qaramasdan daromadlar qismidan oshib ketganligi aniqlandi.

Davlat kadastrlari palatasi Farg‘ona viloyati boshqarmasining tushum va xarajatlarini noto‘g‘ri hisoblanishi va taqsimlanishi sabab xodimlarda tushunmovchilik va e’tiroz yuzaga kelgan.
Yuqoridagi xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. Bundan tashqari Farg‘ona viloyatiga yangi tayinlangan boshqarma boshlig‘i R. Mirzaxmedovga boshqarma ish faoliyatining samaradorligi va tartib intizomini yo‘lga qo‘yish uchun muddat belgilandi.

◻️Alohida ta’kidlash kerak, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2021 yildagi 66- son qaroriga ko‘ra, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari alohida yuridik xo‘jalik sub’ekti hisoblanib, xodimlarning oylik maoshlari to‘lanadigan mablag‘lar Palata Markaziy apparati tomonidan moliyalashtirilishi ko‘zda tutilmagan. Tasdiqlangan daromad-xarajat smetasiga asosan hududiy boshqarma xodimlarining oylik maoshlari har oyda amalda oladigan daromadlari hisobidan qoplanishi belgilangan.

Ana shularni nazarda tutgan holda, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati hududiy boshqarmalarining ko‘rsatkichlari yuzasidan doimiy o‘rganish va nazorat ishlarini olib boradi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Rasmiy munosabat▫️

◻️Joriy yilning 6 iyun kuni Zo‘r tv telekanalining “Bu kun” informatsion axborot dasturi orqali Samarqand viloyati Payariq tumani “Tomoyrot” mahallasi “Jiyanbek” qishlog‘ida yashovchi fuqaro O‘roqov Saidning murojaatiga asosan Samarqand viloyatidagi telekanal muxbiri Chingiz Norqulov tomonidan videolavha tayyorlanib efirga uzatilgan.

◻️Murojaatda ta’kidlanishicha, yer egaligi bilan bog‘liq tushunmovchilikda fuqaro O‘roqov Said Axrorovich o‘ziga tegishli 20 sotix yer maydonini bir necha yillar oldin fuqaro Xusanova Tadjinisa Nasirovnaga ma’lum bir summadagi qarz evaziga, foydalanib turishga berganligini aytib, bugungi kunda ushbu yerga nisbatan fuqaro T.Xusanova tomonidan noqonuniy tarzda kadastr xujjatlari rasmiylashtirib olinganligidan noroziligi bildirilgan.

◻️Mazkur masala yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ishchi gurux ayni damda o‘rganish ishlarini yakunlash arafasida ekanligini ma’lum qilamiz.
Aniqlangan ma’lumotlar asosida yuqoridagi murojaat yuzasidan to‘liq ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube