JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
​​#Kadastr #RASMIY_MUNOSABAT

Bugun soat 10:21 da O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy telegram kanalida “Andijon tumanida fuqaroga kadastr hujjatlarini tayyorlab bermoqchi bo‘lgan mutaxassis ushlandi” mavzusi bilan post eʼlon qilindi.

Mazkur postda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi B.Q. fuqaro M.ning yashash xonadonining kadastr hujjatlarini tayyorlab, yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali qaror chiqartirib berish evaziga 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangani va holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilayotgani aytilgan.

Mazkur xabarda “Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri” agentligi Andijon tuman filiali mutaxassisi deb keltirilgan B.Q. aslida 2020-yil 25-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 99-moddasi 1-qismi (taraflarning kelishuviga ko‘ra) ishdan bo‘shagan bo‘lib, bugunga qadar Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib bormagan va qonunan u soha xodimi hisoblanmaydi.

Har qanday axborot shiddat bilan tarqalayotgan davrda to‘g‘ri, xolis va har tomonlama tekshirilgan axborotni ommaga taqdim etish barchamizning masʼuliyatimiz hisoblanadi. Noto‘g‘ri axborot jamiyatni davlat idoralariga bo‘lgan ishonchsizligiga olib kelishi mumkin. Shu o‘rinda Kadastr agentligi hamkorlikka doim tayyor ekanligini maʼlum qilamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt