JIZZAX KADASTR
1.62K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.21K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO #kadastr_baholash

♦️Ayni damda 🇺🇿Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yer munosabatlarida▫️

⚜️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

⚜️ Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

⚜️ Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#bilasizmi #535_son
Fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibi:
Faqatgina bir yil va undan ortiq mudatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.
Shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
❗️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_pasporti
KADASTR PASPORTINI TAYYoRLASh MUDDATLARI
Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#Kadastr
#ma_rifat_soati
СИЁСИЙ-МАЪРИФАТ СОАТИ
🔹Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатасининг Жиззах вилояти бошқармалари ходимлари бугунги кунни "Сиёсий-маърифат соати" да фаол қатнашиш билан бошладилар.
🔹Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги томонидан уюштирилган маърифат соатида:
✏️ Спикерлар қуйидаги масалаларга тўхталиб ўтишади:
🔰 Маънавий тараққиётни таъминлаш ва соҳани янги босқичга олиб чиқиш (2022–2026 йилларга мўлжалланган тараққиёт стратегиясининг 5-йўналиши мазмун-моҳияти)
🔰 Ҳуқуқий саводхонлик (ҳафта давомида қабул қилинган норматив-ҳуқуқий ҳужжатларнинг мазмун-моҳияти)
🔰 Шунингдек, ўқув соатида Ўзбекистон ва хориждаги муҳим жараёнлар ҳақида ҳам маълумот берилди. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Diqqat e’lon!🔹

🔊 Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

🔷 Sizlarni 2022 yil 29 mart kuni Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan tashkil etilayotgan “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” mavzusidagi PRESS-TURga taklif qilamiz.

📍Uchrashuv joyi va vaqti: Humo arena muz saroyi, soat 10:00da!

#DavKadastrPalata #press_tur #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Hududiy yangiliklar▫️

◻️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarma hamda filiallarida aholi murojaatlarini joyida o‘rganish va ularga yechim topish maqsadida sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

◻️ Jumladan Toshkent viloyatining Bekobod tumanida o‘tkazilgan sayyor qabulda fuqarolarning 20 dan ortiq masalalari ko‘rib chiqildi.

⚡️ Ayni dam esa, Toshkent shahar Sergeli tumani aholisi uchun soha mutasaddilari ishtirokida uchrashuv – qabul o‘tkazilmoqda.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларни ижарага беришда ҳоким қарори талаб қилинмайди
“Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкаларини ижарага бериш тартибини соддалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”
ги Президент Фармони (ПФ-91-сон, 24.03.2022 й.) қабул қилинди
Фармонга кўра, қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерларни ижарага бериш бўйича очиқ электрон танлов натижаларини Қорақалпоғистон Республикаси Вазирлар Кенгаши, вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳокимларининг қарори билан тасдиқлаш тартиби бекор қилинди.
Илгари ижара шартномаси тузилмасдан аввал ҳоким қарори қабул қилиниши керак эди.
Шунингдек, деҳқон хўжалиги юритиш учун ер участкаларини очиқ электрон танлов орқали ижарага беришда 2022 йил 1 мартдан кейин хориждан қайтиб келган меҳнат мигрантларига алоҳида устуворлик берилиши белгиланди. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#Jizzax #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurash
◽️Kadastr agentligining Jizzaх viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha "Komplaens-nazorat" xizmati sizlarni kadastr sohasidagi korrupsion holatlarni bartaraf etishda hamkorlikka chorlaydi.
Hurmatli fuqarolar va viloyatimizda faoliyat koʼrsatayotgan tadbirkorlar!
Agarda Siz tomoningizdan soha xodimlarining yer maydoni ajratib berish, kadastr hujjatlarini toʼgʼridan-toʼgʼri tezroq tayyorlash hamda kadastr toʼlovlarini arzonlatib berish va boshqa shu kabi korrupsion holatlar aniqlansa, zudlik bilan boshqarmaning “Ishonch telefoni” ☎️72 223 70 54 yoki @jizzax_kadastr_nazorat_bot telegram botiga hamda boshqarmaning Komplaens nazorati xizmati xodimining 📞 94 428 04 03 raqamiga murojaat qilishingiz soʼraladi.
🚷Boshqarma maʼmuriyati tomonidan Sizning shaxsiy maʼlumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi.
Unutmaylik, korrupsiya illatiga qarshi kurashish – barchamizning burchimiz. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

🌱KADASTRDA KO'KLAM KAYFIYATI”🌱

🟩 22 mart kuni Tashkent cityda ko‘klam kayfiyatini kadastr bilan his qilgan yurtdoshlarimiz soni 40 mingdan oshdi.

📌Batafsil Yangiliklar 24 lavhasida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #siyosiy_ma'rifat_soat

🔰Bugun doimiy an'anaga ko'ra Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi hududlardagi boshqarma boshliqlari hamda masʼul xodimlar ishtirokida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-ma'rifat soati" bo'lib o'tdi.

🔸Ushbu ma'rifat soatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad hafta davomida bo'lgan yangiliklar va qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini xodimlarga chuqurroq tushuntirishdir.

"Siyosiy-ma'rifat soati" quyidagi hududlarda o'tkazildi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi;

Andijon viloyati;

Surxondaryo viloyati;

Jizzax viloyati;

Navoiy viloyati;

Qashqadaryo viloyati;

Sirdaryo viloyati;

Toshkent shahar;

Buxoro viloyati;

Xorazm viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹DIQQAT E'LON!🔹

🔊 Hurmatli jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari vakillari!

🔷 Sizlarni 2022-yil 29-mart kuni Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati tomonidan tashkil etilayotgan “Yerlarni xatlovdan o‘tkazish va geoportalga joylashtirish” mavzusidagi PRESS-TURga taklif qilamiz.

📍Uchrashuv joyi va vaqti: Humo arena muz saroyi, soat 10:00da!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Savol: Men fermer xo'jaligi rahbariman. Menga tegishli bo'lgan suvli yer maydonini fuqaro o'zboshimchalik bilan egallab olib, tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligini bilib, ushbu holat bo'yicha tegishli tashkilotlarga xabar bermasam, menga nisbatan ma`muriy jarima qo'llaniladimi? Javob: Ma`muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 60¹-moddasida ko'rsatilgan sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha choralar ko'rmaslik, sug'oriladigan yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olishga yo'l qo'ymaslik bo'yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko'rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to'g'risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari, mansabdor shaxslarga esa - 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi. Telegram I Instagram I Facebook
🟦 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2022 yil 24-25 mart kunlarida jami 1 016 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 18
▫️Andijon viloyati - 84
▫️Buxoro viloyati - 25
▫️ Samarqand viloyati - 22
▫️Sirdaryo viloyati - 22
▫️Surxondaryo viloyati - 166
▫️Qashqadaryo viloyati - 126
▫️Toshkent shahar - 49
▫️Toshkent viloyati - 186
▫️Navoiy viloyati - 5
▫️Namangan viloyati - 36
▫️Xorazm viloyati - 66
▫️Jizzax viloyati - 133
▫️ Farg‘ona viloyati - 73
◽️
Davlat kadastrlari palatasi - 5

🟩 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar #haftalik_natijalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube