JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.19K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Биринчи Тошкент халқаро инвестиция форуми ўз ишини бошлади. Форумнинг ялпи сессиясида Президент Шавкат Мирзиёев иштирок этди.
Давлатимиз раҳбари ўз нутқида кейинги йилларда мамлакатимизда амалга оширилган ислоҳот ва янгиланишлар тўғрисида сўзлаб берди ҳамда галдаги устувор йўналишларни белгилаб берди.
Сессия давомида халқаро молиявий институт ва ташкилотлар раҳбарлари сўзга чиқиб, Ўзбекистоннинг ривожланиш истиқболлари юзасидан ўз фикр-мулоҳазаларини билдирдилар.

Стартовал первый Ташкентский международный инвестиционный форум, открывшийся пленарным заседанием, в котором принял участие Президент Шавкат Мирзиёев.
Глава государства в своей речи рассказал о реформах и преобразованиях в стране, проведенных в последние несколько лет, а также обозначил приоритетные направления ее дальнейшего развития.
Также выступили руководители международных финансовых институтов и организаций, высказав свое видение перспектив развития Узбекистана.

#Mirziyoyev #forum #TXIF

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol: Tomchilatib sug'orish tizimini joriy etgan soliq to'lovchilar uchun yer solig'idan qanday imtiyozlar mavjud?
Javob: Soliq kodeksining 428-moddasi (https://lex.uz/docs/-4674902)ga asosan suvni tejaydigan (tomchilatib, yomg'irlatib diskret va boshqa) sug'orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar - suvni tejaydigan sug'oriy texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e'tiboran besh yil muddatga soliq solinmaydigan yer uchastkalari jumlasiga kiritiladi.🏢Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati axborot xizmati. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Тошкент халқаро инвестиция форуми доирасида Осиё тараққиёт банки президенти Масацуга Асакавани қабул қилди.
Ўзбекистоннинг ОТБ билан стратегик шериклигини янада кенгайтиришнинг долзарб масалалари ва истиқболли йўналишлари кўриб чиқилди.
Кенг кўламли ҳамкорликнинг янги дастурини тайёрлашга алоҳида эътибор қаратилди.

В рамках Ташкентского международного инвестиционного форума Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял президента Азиатского банка развития Масацугу Асакаву.
Были рассмотрены актуальные вопросы и перспективные направления дальнейшего углубления стратегического партнёрства Узбекистана с АБР.
Особое внимание было уделено подготовке новой программы полномасштабного сотрудничества.

#Mirziyoyev #qabul #OTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO #kadastr_baholash

♦️Ayni damda 🇺🇿Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yer munosabatlarida▫️

⚜️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-91-son, 24.03.2022 y.) qabul qilindi.

⚜️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

⚜️ Ilgari ijara shartnomasi tuzilmasdan avval hokim qarori qabul qilinishi kerak edi.

⚜️ Shuningdek, dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlov orqali ijaraga berishda 2022 yil 1 martdan keyin xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlariga alohida ustuvorlik berilishi belgilandi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#bilasizmi #535_son
Fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lgan yer uchastkasini boshqa shaxsga ijaraga berish tartibi:
Faqatgina bir yil va undan ortiq mudatga tuzilgan ijara shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi
Shartnoma davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran haqiqiy hisoblanadi va kuchga kiradi.
Shartnomaning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reestriga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Shartnoma taraflar imzolaydigan bitta hujjat tarzida yozma shaklda tuziladi.
Shartnomaning shakliga rioya etmaslik uning haqiqiy hisoblanmasligiga olib keladi.
❗️Fuqarolar o‘rtasida tuzilgan shartnoma davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi lozim. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook
#bilasizmi #kadastr_pasporti
KADASTR PASPORTINI TAYYoRLASh MUDDATLARI
Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🔹umumiy maydoni 100 kv.m. gacha — 5 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 100 kv.m dan 1 000 kv.m. gacha — 7 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 1 000 kv.m dan 5 000 kv.m. gacha — 10 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 5 000 kv.m dan 15 000 kv.m. gacha — 15 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 15 000 kv.m dan 50 000 kv.m gacha — 20 ish kunigacha;
🔹umumiy maydoni 50 000 kv.m dan ortiq — 25 ish kunigacha;
🔹ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha — 3 ish kunigacha.
❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi. 🇺🇿Telegram I Instagram I Facebook