JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Bilasizmi #huquqiy_bilim #mamuriy_jarima
🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksining 332-1 moddasiga asosan;
🟢Huquqbuzar unga jarima solish toʼgʼrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʼn besh kun ichida jarima miqdorining yetmish foizini ixtiyoriy ravishda toʼlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʼlashdan ozod qilinadi.
Ushbu qoida quyidagi hollarda qoʼllanilmaydi:
📌Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun sud tomonidan jarima solinganda;
📌 Jarima solish toʼgʼrisidagi qaror ustidan shikoyat qilinganda yoki protest bildirilganda;
📌 Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilganda.
❗️Eslatib o'tamiz Ma'muriy javobgarlik to'g'risida kodeksning 68-1-moddasi bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik",
- fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari,
- mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
🇺🇿A'zolik—https://t.iss.one/Jizzax_kadastr_axborot
#vazirlar_mahkamasi #qaror #mamuriy_jarima
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar elektron yuritiladi.
Vazirlar maxkamasining 2021 yil 8 iyul kungi 431-son Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga asosan.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida yagona elektron ish yurituv tizimi (“E-ma’muriy ish” tizimi) orqali ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi;
- Unga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka tortilgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur ma’lumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
- Ichki ishlar vazirligi “E-ma’muriy ish” tizimini tashkil etish, uning sifatli va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha mas’ul organ etib belgilandi.
- Qarorga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga hamda protsessning boshqa ishtirokchilariga (jabrlanuvchi, guvoh, xolislar va boshqa ishtirokchilarga) ishni ko‘rib chiqish vaqti va joyi haqida elektron xabarnoma yuborish mexanizmi ishlab chiqiladi.
- 2021 yil 1 sentabrgacha sud qarori bilan yoki boshqa sabablarga ko‘ra bekor qilingan ma’muriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish mexanizmi yaratiladi.
- Nizomga ko‘ra, quyidagilar ma’muriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:
ma’muriy bayonnoma;
ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror.
- Ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror “E-ma’muriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
- Huquqbuzar unga ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod etiladi.
- Shuningdek, avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qo‘yish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida “E-ma’muriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
⚠️ Agar ma’muriy jazo qo‘llash to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 3 oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo‘lsa, bunday qaror ijro etilmaydi.
- Ma’muriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati “E-ma’muriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿
Telegram I Instagram I Facebook