JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #xalqaro_hamkorlik #jahon_banki #the_world_bank

Айни дамда Жаҳон Банки, Молия вазирлиги, Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш вазирлиги, Давлат солиқ қўмитаси, Кадастр агентлиги, Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ҳамда Қурилиш вазирлиги раҳбарияти ва мутахассислари иштирокида Жаҳон Банки томонидан уюштирилаётган навбатдаги “Давлат ва муниципал ер ва кўчмас мулкларини бошқаришни қандай мақбуллаштириш мумкин” мавзусида давра сухбати бўлиб ўтмоқда.

Давра сухбати

(!) ернинг қийматидан даромад олиш ва уни халқаро миқёсда қўллаш концепциясини тақдим этиш;

(!!) муниципал ерларни бошқаришда энг яхши халқаро тажрибаларни тақдим этиш;

(!!!) илгари марказлашган иқтисодиётга эга бўлган мамлакатларда ерга бўлган ҳуқуқларни хусусийлаштириш тажрибасини тақдим этиш кабиларни қамраб олган.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi #O_quv_seminari #Hududiy_boshqarmalar #Palata_xodimlari

"Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida" Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparat hamda hududiy boshqarma rahbariyati xodimlari uchun maxsus o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur o‘quv seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabr sanasidagi PF-6121 son "Resurs soliqlari va mol-mulk solig‘ini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida"gi farmoni bo‘yicha belgilangan qator vazifalarni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqishda zarur komponentlar nimalardan iborat ekanligi haqida batafsil maʼlumotlar berib borilmoqda.
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi doirasidagi amalga oshirilayotgan “O’zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo’shma loyihasi xalqaro eksperti Aleksandrs Antonovs bilan uchrashuv bo’lib o’tmoqda.

Davlat xizmatlarini rivojlantirish strategiyasini tuzish maqsadida uchrashuvda ekspert tomonidan kadastr va ko’chmas mulkni ro’yxatga olish sohasida xodimlarni salohiyatini oshirish, sohaga oid davlat xizmatlarini rivojlantirish va kadastr va mulkni ro’yxatdan o’tkazish sohasida davlat xizmatlarini ko’rsatishni takomillashtirish borasidagi ehtiyojlar, Agentlikning axborot tizimlari va imkoniyatlari o’rganilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligida Davlat ro`yxatiga olish, kadastr va kartografiya federal xizmati rahbari Oleg Skufinskiy boshchiligidagi 🇷🇺 Rossiya Federatsiyasi delegatsiyasining tashrifi bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishdi.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida soliq solish maqsadida ko‘chmas mulk ob’ektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tdi
.
#Xalqaro_hamkorlik #Rossiya_Federatsiyasi

Ayni damda Soliqqa tortish maqsadida Davlat kadastrlarini baholash hamda ko'chmas mulk obyektlarining kadastr narxlarini belgilash loyihasi doirasida Rossiya Federatsiyasining texnik ko'magini ko'rsatish bo'yicha ishchi guruh vakillari tashrif buyurdi.

Mazkur uchrashuvda Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi, Davlat kadastrlari palatasi rahbariyati ishtirok etishmoqda.

Ushbu uchrashuv davomida 2021-2022-yillarda Rossiya Federatsiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga texnik yordam ko‘rsatish doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug'bek tumani misolida Noturar joy obyektlarini kadastr qiymatini aniqlash bo'yicha taqdimot bo'lib o'tmoqda
.
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #xalqaro_hamkorlik #sun_iy_intellekt

Bugun Kadastr agentligida 🇬🇧 Buyuk Britaniyaning "Bikal UK" rahbari Raj Sandhu va 🇺🇿 Kadastr agentligi direktor o'rinbosari Mirsaid Mirmaksudov o'rtasida sun'iy intellekt va aqlli tizimlar joriy qilish orqali axborot tizimlari, biznes jarayonlarni yanada samarali boshqarish, istiqbolli loyihalar muhokmasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida "Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasi doirasida 🇺🇿 Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov va 🌐 Jahon bankining yer va geofazoviy aspektlar bo‘yicha global lideri, katta texnik maslahatchi Vael Zakut boshchiligidagi Jahon banki missiyasi o'rtasida uchrashuv bo‘lib o’tmoqda.

Uchrashuv jarayonida kadastr sohasidagi islohotlar, loyihani amalga oshirish holati kelgusidagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt