JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.15K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #ko_chmas_mulk

Kochmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi

Hukumat qarori bilan (355-son, 08.06.2021 y.) Respublika kochmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq:

☑️ Respublika kochmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

➡️ Respublika kochmas mulk obyekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

🔰 Shuningdek, respublika kochmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 respublika kochmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

👉 manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika

kochmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).

👉 Mazkur murojaatlarda respublika
kochmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;

👉 respublika
kochmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

👉 obyektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.