JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni Milliy geoaxborot tizimida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni taʼminlaydi;

🔹yuridik va jismoniy shaxslarga ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmalar beradi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga obyektning geografik bog‘liqligini taʼminlovchi geokodlar beradi.
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi;

🔹ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestrini yuritadi;

🔹yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, o‘zgarishi, boshqa shaxsga o‘tishi, cheklanishi va bekor bo‘lishini nazarda tutuvchi qarorlar, auksion va tanlov bayonnomalari, notarial tasdiqlangan bitimlar hamda boshqa hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Milliy geografik axborot tizimida (Milliy Geoaxborot tizimi) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni tashkil etadi va amalga oshiradi;

🔹davlat yer kadastri, binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritadi;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning yuzaga kelishi, boshqa shaxslarga o‘tishi, cheklanishi, bekor bo‘lishi va ko‘chmas mulkka doir boshqa bitimlar to‘g‘risidagi yagona elektron maʼlumotlar bazasini yaratadi va uning doimiy ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;


Telegram | Facebook | Instagram
#Huquqiy_asoslar #Xizmatlar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🏢 KO‘CHMAS MULK OBYEKTIGA BO‘LGAN HUQUQLAR VA ULAR BO‘YICHA TUZILGAN BITIMLARNI DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISH BO'YICHA YANGI XIZMATLAR JORIY ETILDI.

📝
Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari

📝Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar berish.

💳Xizmat narxi-
Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 baravari
#Huquqiy_asoslar #Vazirlar_mahkamasi_qarori

🔵Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyul sanasidagi 186-son qaroriga o’zgartirishlar kiritish to‘g‘risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 18-may sanasida 306-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan KO'CHMAS MULK OBYEKTLARINING DAVLAT KADASTRI SOHASIDA QATOR DAVLAT XIZMATLARI NARXLARI ARZONLASHDI.
#Huquqiy_asoslar

🏢 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI HUDUDIY BOSHQARMALARINING ASOSIY VAZIFALARI

🔹Davlat kadastrlari palatasi, hududiy boshqarmalar, tuman (shahar) filiallariga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini taʼminlash;

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹hududlar davlat kadastrining yuritilishini tashkil etish va amalga oshirish;

🔹foydalanuvchilarni belgilangan tartibda kadastr axborotlari bilan taʼminlash.