JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.71K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlovlarning adolatli va to'g'ri bajarilishi ta'minlanmoqda

🌟Davlat kadastrlari palatasi hamda hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurash bo'limi mas'ullari tomonidan joylarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun asosida amalga oshirilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o'tkazilmoqda.

◼️Tadbirlar davomida xodimlarning xonadonlarni inventarizatsiyadan o'tkazish ishlari ko'zdan kechirilib, belgilangan vazifalarini xolisona yondashgan holda, sidqidildan bajarayotganliklari tekshirilib, xatlovlarda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari to'g'risida qat'iy ko'rsatmalar berilmoqda.

◼️Shuningdek, fuqarolarga muhandislarning firibgarlik, manfaatlar to'qnashuvi, poraxo'rlik kabi harakatlariga duch kelganlarida rahbariyat va tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.
▫️Toshkent viloyati
▫️Toshkent shahri
▫️Buxoro viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Farg'ona viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Namangan viloyati
▫️Xorazm viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2024 #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Sh.Rashidov_tumani

O'ZBOSHIMCHALIKKA YO'L YO'Q!

⭐️Kadastr agentligi Sh.Rashidov tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan ham muntazam ravishda yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda.

◾️O’rganishlar davomida 🗺Olmachi MFY hududidan fuqaro R. E. tomonidan 80 kv.m yer maydonini o ʻzboshimchalik bilan egallab, yengil konstruksiyali ayvon qurib olgani aniqlandi.

📁Natijada esa aniqlangan holat yuzasidan fuqaro R. E. ga nisbatan Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

❗️Unutmang! Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab olish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Xatlov

XATLOV JARAYONLARIDA SHAFFOFLIK TA'MINLANMOQDA

Avvalgi xabarlarda ta'kidlaganimizdek, joriy yil 8-noyabrdan O'RQ-937-son Qonuni kuchga kirdi. Shundan so'ng esa Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyatimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlab yuborildi.

Eslatma: ‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering. Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

🟩Suratlarda:⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari I. Mustafoyev va B.Abduraimovlar hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tuman filliali xodimlari ishtirokida Qangli MFY mahallasida xatlov jarayonlarida shaffoflik ta'minlanmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёевга автомобил саноатида қилинаётган ишлар ва 2025 йилга мўлжалланган режалар ҳақида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о проводимой работе в автомобильной промышленности и планах на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #sanoat #avtomobilsozlik
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlar amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 25-30 noyabr kunlari Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” tizimi ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш, пахта ва ғалла ҳосилдорлигини ошириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по обеспечению продовольственной безопасности, повышению урожайности хлопчатника и зерновых культур.

#Mirziyoyev #taqdimot #qishloqxujaligi #oziqovqat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Paxtakor tumanida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

📄O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Paxtakor tumani hududi uchun reja-jadval.

🟢Agarda ro’yxatdan sizning mahallangiz nomi chiqmasa, xavotirga tushmang. Demak, sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi. 2026-yil reja-jadvali 2025-yil yakuniga qadar e’lon qilinadi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqlar e'tirof etilayotgani OAV nigohida


🇺🇿O'zbekiston Respublikasining “Ozboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida”gi Qonuni mazmuni, huquqlarni e'tirof etish asoslari, bir martalik to'lov miqdorlari va boshqa muhim jihatlar haqida Kadastr tizimi vakillari "O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida batafsil ma'lumotlar berdilar.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Yer_nazorati
#Sharof_Rashidov

OXIRI VOY O'ZBOSHIMCHALIK

📍Sharof Rashidov tumani, Olmachi MFY hududidagi xonadonlardan birida yashovchi fuqaro X. M. hech qanday hujjatlarsiz o'zboshimchalik bilan 20 kv.m yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab, oshxona binosi qurib olgani aniqlandi.

⭐️Kadastr agentligi Rashidov tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan o'tkazilgan yer nazorati tadbirlari davomida noqonuniy holat fosh bo'ldi.

📁Natijada esa aniqlangan holat yuzasidan fuqaro X. M. ga nisbatan Sharof Rashidov tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ogohlantirish xati berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM