JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.3K photos
1.7K videos
5 files
8.13K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar eʼtirof etilmoqda 

🌏 Ayni damda, Senatning ellik uchinchi yalpi majlisida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.

◼️Taʼkidlanganidek, ushbu Qonunning maqsadi o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

◼️Qonun bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga bo‘lgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda.

◼️O‘z navbatida, senatorlar Qonunning mazmun-mohiyatiga ham alohida to‘xtalib, huquqlarni eʼtirof etish borasida tegishli asoslar belgilanayotganligini aytib o‘tdi.

◼️Jumladan, ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylar egallagan yer uchastkasiga, kichik sanoat zonalari hududidagi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Qonunga o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga taalluqli maʼlumotlar va hujjatlar avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali bosqichlarda kiritilishi nazarda tutilmoqda.

◼️Muhokama davomida senatorlar tomonidan Qonunning qabul qilinishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqini hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqi eʼtirof etilishiga va bu orqali aholining ijtimoiy, iqtisodiy hamda ushbu bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon berishi taʼkidlandi.

Muhokama yakunida mazkur Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

❤️‍🔥Korrupsiyaga qarshi kurashish 📏 davr talabi

⭐️Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari I. Mustafoyev va B. Abduraimovlar tomonidan Arnasoy tuman bo'lim hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Men_donorman #Ezgulik_albatta_qaytadi #Donorlik_õzimga_ham_õzgaga_ham_foyda

🩸Viloyatimizdagi qon quyish markazida “Donorlik o‘zimga ham o‘zgaga ham foyda, Men_donorman, ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

💉⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmalari xodimlari ushbu aksiyada ko‘ngilli donor sifatida ishtirok etishdi.

🩸Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan xayriya tadbirida gepatitga chalinmagan, «D» ro‘yxatda turmaydigan sog‘lom xodimlarning donor sifatida ishtirok etishlari taʼminlandi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсух 23-26 июнь кунлари давлат ташрифи билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева Президент Монголии Ухнаагийн Хурэлсух 23-26 июня посетит нашу страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Jizzax_kadastr
#OAV_biz_haqimizda

30-iyun –“Yoshlar kuni”


🟢O‘ZBEKISTON – YOSHLAR MAMLAKATI🟢

➡️Batafsil: 👍Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Arxiv ishi nazorati bosh mutaxassisi Mirjalol Abduvosilov maqolasida

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Ниғматилла Тўлқинович Йўлдошев Ўзбекистон Республикаси Бош прокурори лавозимига янги муддатга тайинланди.

Бундан илгарироқ Н.Йўлдошев номзоди Олий Мажлис Сенати ялпи мажлисида маъқулланган эди.

Указом Президента Республики Узбекистан Йулдошев Нигматилла Тулкинович назначен на должность Генерального прокурора Республики Узбекистан на новый срок.

Ранее кандидатура Н.Йулдошева была одобрена на пленарном заседании Сената Олий Мажлиса.

Facebook|Instagram|X
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga
2024-yil 19.06-21.06.2024 kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📧 Jami kelib tushgan murojaatlar soni 58 ta

🧊Yer maydoni ajratish bo‘yicha 8 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 18 ta

✍️ Nizoli holatlar bo‘yicha 5 ta

✏️So‘rovnomalar 11 ta

📔 Boshqa masalalar bo'yicha 12 ta

⌨️Kadastr ma’lumotlar bazasi bilan bog‘liq holatlar3 ta

🔰Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 1 ta

📝Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 58 ta murojaatdan 29 ta ijobiy hal qilingan 29 ta o'rganish jarayonida.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Paxtaobod tumanida xatlov jarayonlari


🖥 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi direktorining Andijon viloyati Paxtaobod tumani misolida yer hisobotlarni to‘g‘ri aks ettirish masalasini o‘rganish chora-tadbirlari to‘g‘risida buyrug‘i qabul qilingan. Mazkur buyruqqa asosan ishchi guruh shakllantirilib, tumanda tahliliy xatlov ishlari olib borilayotgan edi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi mas’ullari shu hafta Andijonning Paxtaobod tumanida bo‘lib, u yerda olib borilayotgan ishlar sur’ati bilan tanishish barobarida jarayon davomida ahamiyat berilishi kerak bo'lgan jihatlarga to'htalib o'tildi, masalalar yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

▶️ Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #xatlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash
#Kadastr #Jizzax

🟢KORRUPSIYA– TARAQQIYOT KUSHANDASI🟢

💰 Korrupsiya – jamiyat taraqqiyotiga xavf tug‘diruvchi jiddiy to‘siq ekanligi sir emas. Shu boisdan korrupsiyaga imkon beruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish, xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas’uliyatini oshirish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalarining tuman bo‘lim (filial) lari xodimlari o‘rtasida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

🕓 Navbatdagi davra suhbati Do‘stlik tumanida tashkil etildi.

✔️ Unda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari I. Mustafoyev va B. Abduraimovlar tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr tizimida korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida joriy qilinayotgan ta’sirchan choralar xususida ma'lumot berildi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Ko‘p qavatli uyda yashayman. Pastki qavatda yashovchi qo‘shnimiz atrofni temir panjara bilan o‘rab olgan. Bu esa bir qator noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda. Aytingchi, qo‘shnimning ishi qonuniylik jihatdan to‘g‘rimi?Agar u noqonuniy qurilma bo‘lsa, buzdirib tashlasa bo‘ladimi?

❗️Javob: Ko‘p kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkasi umumiy foydalanishdagi yer uchastkasi hisoblanadi va u yerda qurilmalar qurish mumkin emas. O‘zbekiston Respublikasi Yer Kodeksining 91-moddasiga asosan O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.


🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk tarixiga oid ma’lumotlarni qanday olish mumkin!

Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

✏️Reglamentga asosan:

🟢ismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

🟢Davlat xizmati uchun BHMning 50 foizi (165 000 ming soʻm) miqdorida yigʻim undiriladi;

🟢Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📑Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

❗️Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

📌Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.


🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

😄 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida 🌟Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevichlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2024-yil, 28-iyun, soat 11:00 da

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Do‘stlik tumani, Oltin vodiy MFY binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun +99899-529-67-63 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi

Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti olish tartibidan xabardormisiz?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligining tuman (shahar) filiallari.

✍️Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🧊Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

◼️Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 0 barobaridan 80,5 barobarigacha.
◼️Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

📝Arizani ko‘rib chiqish muddati: 3-25 ish kuni.

✏️Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti (qog‘oz yoki plastik shaklda) taqdim etiladi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM