#Kadastr_klinikasi
⛩ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi.
🔰 Tegishli huquq paydo bo'lgandan keyin 1 oy ichida ko'chmas mulk davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak.
📔 Ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
⌨️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun o'z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,4 mln. so'm), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (5 mln. 10 ming so'm) miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Telegram I 🌐 Instagram I🌐 Facebook
(my.gov.uz) orqali yoxud ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organga murojaat qilinadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal
🫥 Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha choralar ko‘rmaslik:
🧡 Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari, mansabdor shaxslarga esa ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 60¹-moddasi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐 Telegram I 🌐 Instagram I🌐 Facebook
Asos: O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 60¹-moddasi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi
❔ KADASTR PASPORTINI TAYYORLASH MUDDATLARI HAQIDA MA'LUMOTGA EGAMISIZ?
🔰 Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
✏️ Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.
⛩ Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
▪️ ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
▪️ yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;
⛩ Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:
🟢 umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
🟢 umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
🟢 umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
🟢 umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
🟢 umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
🟢 umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.
💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.
⏳Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
✅ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.
👍 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
✅ Telegram I 📸 Instagram I💬 Facebook
⏳Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM