JIZZAX KADASTR
1.58K subscribers
14.4K photos
1.72K videos
5 files
8.2K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

➡️Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar➡️

✔️Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish to‘g‘risida xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qarori yoki yer uchastkasini olib qo‘yish to‘g‘risida viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori;

qurilish amalga oshirilmagan yer uchastkasiga nisbatan yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazgan davlat organining ushbu yuridik shaxs tugatilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlari;

uy-joy boshqa shaxsga o‘tkazilganligi munosabati bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning o‘zga shaxsga o‘tishi to‘g‘risidagi hujjatlar;

qonunchilikda belgilangan boshqa hujjatlar.

🟢Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning bekor qilinishi davlat reyestriga huquqni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjatning nomini va uning rekvizitlarini ko‘rsatgan holda tegishli yozuv kiritish orqali amalga oshiriladi.

🟢Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinganligi munosabati bilan mazkur yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida ilgari yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.

Ushbu moddaning amal qilishi mulk huquqida bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 34-moddasi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

BINO VA INSHOOTLAR KADASTRI

🏘Barcha huquqiy idoralar va jismoniy shaxslarga mansub bo‘lgan binolar va inshootlar davlat hisobiga olinib, kadastr ro‘yxatiga kiritiladi.

🧾 Bino va inshootlar kadastri - huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjatdir.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol:
Uyimni kadastr qildirmoqchiman. Qayerga murojaat qilish kerak?

🧊 Javob: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Maʼmuriy reglamenti talablariga muvofiq, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Davlat xizmatlari markazi orqali, Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomda qayd etilgan huquq turining vujudga kelishini tasdiqlovchi hujjatlardan birini taqdim etgan holda, Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasiga murojaat qilib kadastr hujjatlarini shakllantirish va huquq turini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr #Tashrif

Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev tizimda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmasiga tashrif buyurdilar.

Dastlab Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev hududiy boshqarmaning Jizzax shahar filiali, so’ngra hududiy boshqarma xodimlari bilan uchrashib, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar haqida xodimlarning fikr-mulohazalarini tingladilar.

Shundan so‘ng hududiy boshqarmada (Zoom platformasi orqali) Davlat kadastrlari palatasi M. Valiyev boshchiligida (shahar, tuman filial xodimlari uchun) kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dastavval, 2023-yil 8 oy davomida sohada amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, ustuvor vazifalar belgilab olindi. Shuningdek, soha xodimlarining tartib-intizom, odob-axloq qoidalariga rioya qilishi hamda tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAFTALIK MUROJAATLAR TAHLILI

👍 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga
2023-yil 11-15 sentabr kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili:

📧 Jami kelib tushgan murojaatlar soni 65 ta

🧊Yer maydoni ajratish bo‘yicha 6 ta

Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 17 ta

✍️ Nizoli holatlar bo‘yicha 5 ta

✏️So‘rovnomalar 25 ta

📔 Boshqa masalalar bo'yicha 11 ta

🎨 Kadastr xodimlari xatti xarakati ustidan 1 ta

🔰 Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish0 ta

📝Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 65 ta murojaatdan 34 ta ijobiy hal qilingan 31 ta o'rganish jarayonida.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️#matbuot_anjumani #DIQQAT_ELON⚡️

KADASTR AGENTLIGI HAMDA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI JIZZAX VILOYATI BOSHQARMALARINING MATBUOT ANJUMANI

▶️ 20-sentabr kuni soat 10:00 da 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

👔 Mavzular: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 22-avgust kunida qabul qilingan VM-409-son, VM-411-son, 25-avgust kunidagi VM-424-son hamda 29-avgust kunidagi VM-426-son Qarorlari mazmun-mohiyati.

🖥 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich hamda 💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Kodirkulov Sanjar Dushabayevich

🗣 Ushbu matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Jizzax_shahri

🌟Kadastr agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahar bo‘limi inspektorlari tomonidan  Jizzax shahar, Zilol MFY hududida yashovchi fuqaro hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 340 kv.metr o'lchamda noqonuniy molxona va ayvon devor qurib olganligi aniqlandi.  

📝Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahar bo'limi inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #Jizzax_kadastr

Korrupsiya taraqqiyot dushmani

Maʼlumki, korrupsiya har qanday jamiyatning siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi.

💫 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish maqsadida hududiy boshqarmaning Jizzax shahar filialida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

🫥 Tadbirda mas'ul xodim tomonidan soha xodimlariga poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi. Shu bilan birga ichki tartib, odob axloq qoidalariga amal qilish, muomala madaniyati bo‘yicha tushuntirish, profilaktik ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram I 🌐Instagram I🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM