JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.24K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Audio
#Jizzax_radio

Yangiobod tumanida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Davlat xizmatlari markazi orqali quyidagi kadastr xizmatlari amalga oshiriladi:🫥

🟢Kadastr pasportini shakllantirish;

🟢Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🟢Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi maʼlumotnoma olish;

🟢Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish uchun ariza topshirish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish;

🟢Davlat kadastr reyestridan ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirmani tekshirish;

🟢Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🟢Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🟢Kadastr obyektiga taʼqiq bor/yo‘qligini tekshirish;

🟢O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yhatidan o‘tkazish;

🟢Davlat Reyestridagi har qanday ko‘chmas mulk obyektining kadastr qiymatini bilish.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:                                                  Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Jizzax_radio

Jizzax shahrida yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlari bo'yicha choralar ko'rilmoqda.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov # G’allaorol _ tumani

🟢Joriy yilning 31-may sanasida Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi G’allaorol tumani bo'limi binosida boshqarma boshlig'i N. Mamasiyayev boshchiligida yig'ilish bo'lib o'tdi. Mazkur yig'ilishda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi G’allaorol tumani bo'limi va filialning barcha xodimlari ishtirok etishdi.

🟢Mazkur yig'ilishda tashkiliy masala ko'rib chiqildi. Bunda ⭐️ Kadastr agentligi G’allaorol tumani bo'limi boshlig'i lavozimiga Nazarov Elyor Jo’raboy o’g’li tayinlandi.

🟢 Nazarov Elyor Jo’raboy o’g’li shu kunga qadar 🌟Davlat kadastrlari palatasi G’allaorol tumani Yer kadastri mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1_iyun #bolalar_kuni

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni!

Bayramingiz muborak hayotimiz mazmunlari, ko‘zlarimiz quvonchi aziz bolajonlar!🌺

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I📸 Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🫥Kadastr aholi manfaatlari yo'lida🫥

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo'lim va filiallarida inson manfaatlari, fuqarolar muammolarini ijobiy yechim toptirish va eng asosiysi, "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", shiori ostida amaliy ishlar yo'lga qo‘yilgan.

Jumladan, viloyatning Zafarobod tumanida aholining kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan mahallabay, xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🧡Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari, mansabdor shaxslarga esa — besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

🧡Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.


Asos:
O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 68-moddasi.
👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_atamalari

🫥GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMI 🫥

😎 Geografik axborot tizimi geografik obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish, saqlash, modellashtirish va aks ettirish uchun, shuningdek kartografiyaga oid axborotdan foydalangan holda umumdavlat ahamiyatiga yoki tarmoq ahamiyatiga molik axborotga va hisob-kitobga doir vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan tizim.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

😄Davlat reyestridan ko‘chirmada quyidagi axborot ko‘rsatiladi:

➡️Ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar;

➡️huquq egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, huquq egasi bo‘lgan soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, har bir huquq egasi ulushining miqdori;

➡️ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning va cheklovlarning ro‘yxati, huquqlarning va cheklovlarning amal qilish muddati, huquq egalari hamda cheklovlar belgilanishidan manfaatdor bo‘lgan shaxslar, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, soliq to‘lovchi yuridik shaxsning nomi va identifikatsiya raqami, ipoteka bilan ta’minlangan majburiyatlarning qiymati yoki uni aniqlash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

➡️davlat reyestridan ko‘chirmaning tartib raqami, berilgan sanasi va vaqti.

🫥Davlat reyestridan ko‘chirmada maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotlar ham bo‘lishi mumkin.

💠Huquqiy asos: «Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 803-sonli Qonunining 29-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

#Jizzax_kadastr #Sayyor_qabul

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Mamasiyayev ishtirokida G‘allaorol tumanidagi Madaniyat saroyi binosida aholi hamda tadbirkorlar uchun o'tkazilgan sayyor qabul bo'yicha tafsilotlar.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat kadastrlar palatasi Jizzax viloyat boshqarmasiga Joriy yil (29.05-02.06.2023 y) kunlari oralig‘ida kelib tushgan murojaatlar tahlili

Jami kelib tushgan murojaatlar soni 39 ta

🟢Yer maydoni ajratish bo‘yicha 5 ta
🟢Kadastr hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha 10 ta
🟢Mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 1 ta
🟢Boshqa masalalar 20 ta
🟢So‘rovnomalar 3 ta

📚Shu jumladan, murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami
39 ta murojaatdan 22 ta ijobiy hal qilingan, 17 ta murojaat ijroda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_klinikasi #Bilgan_afzal

🫥Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik:

🧡Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, — fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari, mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasining MJtK, 68¹-moddasi.
👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

▶️ Hurmatli Jizzax viloyati, Zarbdor tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

😄 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat Kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i Sidikov Nodir Eshquvvatovich ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 16-Iyun, soat 11:00 dan

⬇️ Manzil: Jizzax viloyati, Zarbdor tumani, Oybek MFY, Yunus Rajabiy ko‘chasi, 11-sonli bolalar Musiqa va san’at maktabi binosi.

📱 Qabulga yozilish uchun +998945755056 telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.


🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM