JIZZAX KADASTR
1.61K subscribers
14.5K photos
1.73K videos
5 files
8.23K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Kadastr_atamalari

🚛Ko‘chmas mulk kadastri haqida ma’lumot

↪️Ko‘chmas mulk kadastri - ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan mulkiy huquqni muhofaza qilish maqsadida barpo etilgan davlat tomonidan hisobga olish, ularni baholash va mulkka nisbatan huquqiy holatlarni aniqlashga doir davlat informatsiya tizimidir.

➡️Barcha yer uchastkalari, bino va inshootlar va boshqa ko‘chmas mulk obyektlari ishonchli hujjatlar, kadastr tasvirlovi, sertifikat va monitoring asosida rasmiylashtiriladi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#Jizzax_kadastr #Radio

Zomin tumanida o'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar bo'yicha ma'lumot.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚫️Korrupsiya jamiyat kushandasi⚫️

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasining Do'stlik tuman filiali xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi.

▶️ O‘tkazilgan tadbirda Markaziy apparatning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T. Yuldashev filial xodimlari bilan uchrashib, ularning xulq-atvori, kasbiy madaniyatga oid odob-axloq qoidalari, hamda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, ushbu illatga qarshi kurashish bo'yicha huquqiy madaniyatni yanada oshirish maqsadida o'zining fikr-mulohazalarini bildirdi.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️РАСМИЙ МУНОСАБАТ.

Интернет тармоқларида “Фуқаронинг 1000 АҚШ доллари пуллари эвазига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб беришни ваъда қилган шахслар қўлга олинди” видео тарқалди.

‼️Унда баён этилган ҳолатлар аслида бошқача бўлган!
Аниқлик киритамиз.

Жорий йилнинг 18 апрель куни Бош прокуратураси ҳузуридаги иқтисодий жиноятларга қарши курашиш Департаменти Фарғона вилояти бошқармаси Олтиариқ тумани бўлими томонидан ноқонуний ер олди-сотдиси бўйича тадбир давомида фуқаро ер майдони эгасига кадастрдаги танишлари орқали фуқарога кадастр ҳужжатларни расмийлаштириш нотурарни турар жой тоифасига ўтказиш эвазига 1000 АҚШ доллари олган вақтда қўлга олинган.

Тадбир давом эттирилган ва фуқаро кадастр туман филиали раҳбари Х.Х.га йўналтирилган. Ўз ўрнида Х.Х. томонидан фуқаронинг таклифи рад этилган ва пора сифатида таклиф етилган пулларни олмаган.

Шундан сўнг, Х.Х. туман прокуратурасига олиб келинган ва суриштирув натижасида юқоридаги ҳолатга алоқаси йўқ деб топилиб қўйиб юборилган.

Янгиланаётган Конституцияда ҳам айбсизлик презумпциясига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

“26-модда. Жиноят содир этганликда айбланаётган ҳар бир шахснинг иши судда қонуний тартибда, ошкора кўриб чиқилиб, унинг айби аниқланмагунча у айбдор ҳисобланмайди. Судда айбланаётган шахсга ўзини ҳимоя қилиш учун барча шароитлар таъминланади.”

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿TADBIRKORLIK UCHUN YER UCHASTKALARI

⚖️ Jizzax viloyati bo'yicha 3813 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari e-auksion.uz platformasiga mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan.

▶️Arnasoy tuman 468 ta (ko'rish)
▶️ Baxmal tuman 358 ta (ko'rish)
▶️ G'allarol tuman 438 ta (ko'rish)
▶️ Sh.Rashidov tuman 168 ta (ko'rish)
▶️ Do'stlik tuman 229 ta (ko'rish)
▶️ Zomin tuman 385 ta (ko'rish)
▶️ Zarbdor tuman 259 ta (ko'rish)
▶️ Mirzacho'l tuman 400 ta (ko'rish)
▶️ Zafarobod tuman 272 ta (ko'rish)
▶️ Paxtakor tuman 241 ta (ko'rish)
▶️Forish tuman 322 ta (ko'rish)
▶️ Yangiobod tuman 216 ta (ko'rish)
▶️ Jizzax shahar 57 ta (ko'rish)


Qo'shimca ma'lumotlar uchun:
Auksion vakili: 998-99-2072608 ( soat 09:00 dan 18:00 gacha)

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

JIZZAX SHAHRI BO'LIMI INSPEKTORLARI TOMONIDAN 2023-YIL 1-APREL HOLATIGA 19 TA HOLATDA YER QONUNBUZILISH HOLATI ANIQLANDI

⭐️Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahri bo'limi inspektorlari tomonidan 2023-yil 1-aprel holatiga 19 ta holatda 0,17 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinganlik holati aniqlangan.

▪️Shundan 10 ta holatda 0,1 gektar yer uchastkalaridagi o'zboshimchalik bilan egallanish holatlari joyida bartaraf etilgan.

▪️5 ta holatda 0,09 gektar yer maydonidagi qurilmalarni buzdirish uchun sudga da'vo arizasi kiritilgan.

▪️4 ta holatda esa yer maydoni bartaraf etilish jarayonida.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚26 aprel - shoir Muhammad Yusuf tugilgan kun

O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanining Qovunchi qishlog‘ida tug‘ilgan.

📖Dastlab respublika "Kitobsevarlar jamiyati"da, keyinchalik “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida, “O‘zbekiston ovozi” gazetasida ishlagan. Umrining so‘nggi yillarida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining kotibi vazifasini bajargan.

📝Muhammad Yusufning “Tanish teraklar”, “Bulbulga bir gapim bor”, “Iltijo” , “Uyqudagi qiz”, “Halima enam allalari”, “Ishq kemasi”, “Ko‘nglimda bir yor”, “Bevafo ko‘p ekan”, “Erka kiyik”, “Yolg‘onchi yor” kabi she’riy to‘plamlari, saylanmalari nashr etilgan.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_kadastr
#Jarayon

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zomin tumani filiali xodimlari ish jarayonidan foto lavhalar.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚖️e-auksion.uz platformasi orqali 1433 dan ortiq ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

▶️ Arnasoy tuman 115 ta (ko'rish)
▶️ Baxmal tuman 101 ta (ko'rish)
▶️ G'allarol tuman 115 ta (ko'rish)
▶️ Sh.Rashidov tuman 65 ta (ko'rish)
▶️Do'stlik tuman 106 ta (ko'rish)
▶️Zomin tuman 15 ta (ko'rish)
▶️ Zarbdor tuman 44 ta (ko'rish)
▶️Mirzacho'l tuman 103 ta (ko'rish)
▶️Zafarobod tuman 113 ta (ko'rish)
▶️ Paxtakor tuman 73 ta (ko'rish)
▶️ Forish tuman 109 ta (ko'rish)
▶️Yangiobod tuman 103 ta (ko'rish)
▶️ Jizzax shahar 371 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi aholining ko'chmas mulkka kadastr hujjati tayyorlash, davlat ro'yxatidan o'tkazish va kadastrga doir boshqa murojaatlarni tezkor tinglash maqsadida, Boshqarma va uning shahar-tuman filiallari rahbarlarining telefon raqamlarini e'lon qiladi.

Murojaat uchun:

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
Raxmatov Mansur Bo‘riboevich
📱 Tel: (93 302-45-47

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Arnasoy tumani filiali boshlig‘i.
Sherqulov Muxammadjon Sherqulovich
📱 Tel: (99) 574-17-77

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Baxmal tumani filiali boshlig‘i.
Abduvaxidov Sardor Haqberdi o‘g‘li
📱 Tel: (99)-683-26-26

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi G‘allaorol tumani filiali boshlig‘i.
Salimov Baxodir Abdullaevich
📱Tel: (97) -328-70-04

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Sharof Rashidov tuman filiali boshlig‘i.
Orifxo‘jaev Asqar
📱 Tel: (99) 550-48-85

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Do‘stlik tuman filiali boshlig‘i.
Asatullaev Bobomurod Abdukamolovich
📱 Tel: (93) 025-32-16

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zarbdor tuman filiali boshlig‘i.
Qodirqulov Sanjar Dushabaevich
📱 Tel: (93)855-55-05

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zomin tuman filiali boshlig‘i.
Uralov Furqat Abduraxmonovich
📱 Tel: (99) 555-44-47

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Zafarobod tuman filiali boshlig‘i.
Quvondiqov Ulug‘bek Safar o‘g‘li
📱 Tel: (99)553-29-94

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Mirzacho‘l tuman filiali boshlig‘i.
Beknazarov Botir Lolabekovich
📱 Tel: (99)702-46-66

🌟Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Paxtakor tuman filiali boshlig‘i.
Turaev Shoxzod Botirovich
📱 Tel: (88)126- 22-77

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Forish tuman filiali boshlig‘i.
To‘ychiev Farxod Ravshanovich
📱 Tel: (97) 295-07-60

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Jizzax shahar filiali boshlig‘i.
Ergashev Sardor Burxonovich
📱 Tel: (93)-827- 03-30

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi Yangiobod tuman filiali boshlig‘i.
Boymurodov Sanjar Bazarovich
📱 Tel: (99) 413-91-91

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqiy bilimingizni sinab ko‘ring!

Ko‘p kvartirali uydagi (turar joy) kvartiraga kadastr pasportini tayyorlash necha kunda amalga oshiriladi? Muddat Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan belgilangan.
Anonymous Poll
77%
3 ish kunigacha
12%
5 ish kunigacha
8%
10 ish kunigacha
3%
1 oygacha
#Bilgan_afzal #Kadastr_klinikasi

🟣 Xususiylashtiriladigan yer uchastkasining maydoni va chegaralarini aniqlash

➡️Xususiylashtirish subyektlariga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarini xususiylashtirish Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar davlat reyestrida ko‘rsatilgan maydon va chegaralar doirasida amalga oshiriladi.

➡️Mazkur yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularning maydoni va chegaralariga o‘zgartishlar kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

💠Huquqiy asos: “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ – 728-son Qonunining 22-moddasi.

👍Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I 📸Instagram I💬 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
27-aprel, Parijda “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” muzeyi ochilgan kun.

🫥1996- yil 27-aprel – YUNESKOning Parijdagi bosh qarorgohida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi” mavzuida ilmiy muzeyi осhildi.

➡️ O’zbek xalqining o’rta asrlardagi buyuk madaniy merosi ham ekspozitsiyada o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, Temur va tumuriylar davriga bahishlangan ekspozitsiyada Amir Temur sa'y - harakatlari natijasi o’laroq, fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko’plab eksponatlarni ko’rish mumkin. Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid adabiyot va qo’llanmalar o’rin olib, kishi e'tiborini o’ziga jalb etadi.

➡️Zal devorlari buylab sohibqiron zamondoshi, tarixnavis alloma Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asariga ishlangan miniatyuralar, zal shiftlariga esa Temuriylar davlati, Samarqand shahri bayroqlari va boshqa turli xil bayroqlar, qadimiy nayzalar, Amir Temur davlati bo’lmish uch nayza (uch qit'a hukmdori ma'nosida) va sher tasviri osilgan.

➡️Tog’ echkisi va bo’ri terilariga o’rnatilgan qurol-yarog’ namunalari: qilich, kamon, o’q-yoy (sadog’i bilan), qaoqon, oybolta, zirh, nayzalar, dubulg’alar muzeyning eng qiziqarli ekspozitsiyalari sifatida qadrlanadi.

➡️ Shuningdek, ko’rgazmada arab yozuvi va lotin alifbosida yozilgan “Temur tuzuklari” asaridan olingan pand-nasihatlar, Amir Temur davlati xaritasi, vitrinaga qo’yilgan ham mavjud.

🇺🇿Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Telegram I 📸Instagram I 💬Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM