JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.4K photos
1.71K videos
5 files
8.14K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#Savol_javob #Huquqiy_bilim
Savol:
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?
Javob:
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Xususiylashtirish uchun qayerga murojaat qilinadi va qancha to‘lov qilinadi?

Javob: O‘ziga tegishli yerni xususiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari markazlariga yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinadi.
Bir martalik to‘lov yuridik va jismoniy shaxslar uchun sotib olish qiymatini aniqlashda o‘sha kunda belgilangan bazaviy soliq stavkasining 20 baravari etib belgilangan. ▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️▪️
Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati
Axborot xizmati.
🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#Savol_javob

Savol: Otamning fermer xo‘jaligi bor, lekin otam pensiya yoshida. Ushbu xo‘jalikni farzandlariga qaysi tartibda xatlab berishlari mumkin.

Javob: O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida (https://lex.uz/docs/275195#1575643)»gi qonunning 13-moddasiga ko‘ra, Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, shuningdek muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, oliy taʼlim muassasalariga kunduzgi o‘qishga qabul qilingan, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga saylangan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini o‘zining tuman hokimi nomiga berilgan arizasiga ko‘ra o‘z oila aʼzolaridan biriga qonunchilikka muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Telegram I Instagram I Facebook