JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.7K photos
1.75K videos
5 files
8.31K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#uchrashuvlar_2020
DUSHANBE SHAHRIDA DAVLATLARARO CHEGARANI DEMARKATSIYA QILISH BO‘YICHA O‘ZBEKISTON-TOJIKISTON MUZOKARALARI BO‘LIB O‘TDI
2020-yilning 28-31-yanvar kunlari Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston Qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar chog‘ida o‘zaro chegaraning demarkatsiya qilishning tashkiliy masalalari muhokama qilindi. Joylarda O‘zbekiston-Tojikiston chegara chizig‘ini aniqlashtirish bo‘yicha dala tipografik-geodiziya ishlarini amalga oshirishni boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Muzokaralar konstruktiv va do‘stona muhitda o‘tdi.
Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi.
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston24 telekanali Qarama-qarshi ko'rsatuvida yer-auksion masalasi ko'tarildi.
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Toshkent viloyati Chinoz tumanida aniqlangan Yer qonun buzilish holatlari

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
Bir martalik umumdavlat aksiyaning "kadastr xizmati 2.0" avtomatlashtirilgan axborot tizimida kiritilgan arizalar

4.02.2020 yil holatiga

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
КАДАСТР ФАҚАТ УЙДА БЎЛАДИМИ?

Кадастр сўзини эшитганимизда деярли ҳаммада кўз олдига уйнинг ҳужжатлари келади.
Аслида кадастр фақат бино-иншоотлар учунми?
Қарангки ундай эмас.

Ҳаммаси бўлиб 21 та давлат кадастри мавжуд.

Булар қуйидагилар:

1. Давлат ер кадастри;
2. Фойдали қазилма конлари, белгилари ва техноген минерал ҳосилалар давлат кадастри;
3.Давлат сув кадастри;
4. Давлат ўрмон кадастри;
5. Ўсимликлар дунёси объектлари давлат кадастри;
6. Ҳайвонот дунёси объектлари давлат кадастри;
7. Муҳофаза этиладиган табиий ҳудудлар давлат кадастри;
8. Бинолар ва иншоотлар давлат кадастри;
9. Давлат шаҳарсозлик кадастри;
10. Гидротехника иншоотлари давлат кадастри;
11. Моддий маданий мерос объектларининг давлат кадастри;
12. Автомобил йўллари давлат кадастри;
13. Темир йўллар давлат кадастри;
14. Транспорт қувурлари давлат кадастри;
15. Алоқа объектлари давлат кадастри;
16. Энергетика объектлари давлат кадастри;
17. Чиқиндиларни кўмиб ташлаш ва утиллаштириш жойлари давлат кадастри;
18. Табиий хавфи юқори бўлган тегралар давлат кадастри;
19. Техноген хавфи юқори бўлган тегралар давлат кадастри;
20. Картография-геодезия давлат кадастри;
21. Ҳудудлар давлат кадастри.

Ўзбекистон Республикаси Ер ресурслари, геодезия, картография ва давлат кадастри давлат қўмитаси давлат кадастрларини юритиш соҳасидаги махсус ваколатли орган ҳисобланади.
Президент Шавкат Мирзиёев қишлоқ хўжалигида кластерлар фаолиятини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.
Мева-сабзавот йўналишида 86 та кластер ташкил этиш, уларни айланма маблағлар билан таъминлаш юзасидан топшириқлар берилди.
Давлат режасини бекор қилиш, экинларни мажбурий жойлаштириш тартибидан босқичма-босқич воз кечиш борасида ишлар кўриб чиқилди.
www.president.uz/uz/3342

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам развития деятельности кластеров в сельском хозяйстве.
Даны поручения по организации 86 плодоовощных кластеров, обеспечения их оборотными средствами.
Рассмотрены мероприятия по отмене государственного заказа, поэтапному отказу от порядка обязательного размещения культур.
www.president.uz/ru/3342

#Mirziyoyev #Agroklaster

Facebook |Instagram |YouTube |Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ер_назорати

Ер назорати Қибрай туманида
Кадастр фақат уй учун эмас! Кадастр қилиниши шарт бўлган объектлар рўйхати билан танишинг.

#ЖАМИЯТ

👉 https://darakchi.uz/uz/84538

Darakchi.uz расмий саҳифалари

Telegram | YouTube | Facebook | Instagram
Forwarded from Kadastr - Live
#sayyor_qabul2020

Bugun Jizzax viloyati Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Abdushukur Abdullayev ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish masalasi yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Qabul jarayonida jami 65 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lsa, qator murojaatlar joyida hal etildi.
Qolgan murojaatlar bo‘yicha belgilangan muddatda hal qilish yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#yer_nazorati
Davyergeodezkadastr qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan yer nazorati dasturi davom etadi. Kuzatib borayotganingizdek yurtimiz bo‘ylab o‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy obyektlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda. 6 fevral kuni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi holat o‘rganildi. O‘rtasaroy massivi O‘rtasaroy mahallasi, Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida joylashgan hududda Hokimiyatga tegishli qishloq xo‘jalik yaylov yerining 218 konturidagi 1 gektar yerida 10 ta noqonuniy ravishda uy joylar qurib olingani aniqlandi. Bu yerdagi fuqarolarning hech qanday hujjatlari yo`qligi qo‘llaridagi esa soxta qarorlar ekanligi mutasaddilar tomonidan ta`kidlandi. Qilgan ishlari qonunga xilof ravishda bo‘lgani aholining o‘ziga yotig’i bilan tushuntirildi. Ishchi komissiya tomonidan darhol bu yerlarni o‘z holiga qaytarish yuzasidan bartaraf etish ishlari boshlandi. Ba’zi bir fuqarolar o‘z tashabbuslari bilan noqonuniy imoratlarini bartaraf etishni boshlashdi.
Tez orada ushbu hududga blogerlar ham yetib kelishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishga harakat qilishdi.
Har bir fuqaro qilgan ishi uchun javob berishi kerak. Sud qachonligini bilishadi-yu lekin ogohlantirish bizga bermagan deyish to‘g’rimi? Axir ogohlantirish bo‘lmaganda, sud qachonligini va nima haqida bo‘lishini qayerdan bilishadi. Hokimiyatning zaxirasidagi yaylov yeriga o‘zboshimchalik bilan qurgandan keyin hokim bundan boshqa qanday yo‘l tutishi mumkin. Hammaning o‘z haqiqati bor deyishadiku, lekin ushbu haqiqat qonun bilan to‘g’ri kelmasa ming afsuski qonun doirasida ish ko‘rishga majbur bo‘linadi. Qonunni yaxshi biladigan har bir inson oldin xujjatlar tayyorlab keyin uy-joy qurishni boshlaydi. Bu yerda 1 emas 2 emas 10 ta noqonuniy uylar bor va hech qaysining xujjatlari yo‘q bunisiga nima deysiz? Biz ham aynan shu haqida aniq ma’lumotlarni olish maqsadida ushbu tuman kadastr xodimiga savol bilan yuzlandik.
Ko‘rib turganingizdek bu yerda 35 sotix yerni o'rab olib qurib qo`ygan yerning na egasi ko‘rinish berdi, na bir xujjat yetib keldi, balki boshqa viloyatdan turib ushbu viloyatdan yer olgandur bunisi bizga qorong’u. Lekin shunisi aniqki, bu yerlar ham noqonuniy ravishda o‘zboshimchalik bilan egallangan va imorat qurilgan. Yaylov yerlarni o`z holiga qaytarish shu hududda yashaydigan chorvachilik bilan shug`ullanadigan fuqarolarga qanchalik kerakligi va iqtisodiyotimizga biroz bo‘lsada foydasi bo‘lishini unutmasligimiz kerak.

Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 👇👇👇

Telegram Instagram YouTube Facebook