JIZZAX KADASTR
1.6K subscribers
14.6K photos
1.74K videos
5 files
8.27K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari ish faoliyati, sohadagi yangiliklar yoritib boriladi

📍 Manzil: Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Yangi qo‘rg‘on ko‘chasi 2-uy

☎️ Telefon: +99872-226-77-62

@Jizzaxkadastr_bot
Download Telegram
#hamkorlik #IHTT

Davlat soliq qo‘mitasi IHTT standartlarini qo‘llashni boshlamoqda

Joriy yilning 4-5-may kunlari Davlat soliq qo‘mitasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Parij shahridagi shtab-kvartirasida bo‘ldi.

Tashrif davomida soliq solish bazani kamaytirish va daromadlarni soliqdan yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) harakat rejasi standartlarini qo‘llash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, IHTT rahbariyatiga O‘zbekiston Respublikasining Global forumga qo‘shilish maqsadi haqidagi rasmiy arizasi taqdim etildi. Bu esa o‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi soliq maʼmuriyatchiligi tizimiga xalqaro standartlarni joriy etish imkonini beradi.

Tomonlar O‘zbekistonning IHTT standartlariga qo‘shilish qarori bugungi kunda mamlakatda soliq maʼmuriyatchiligi mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlarning mantiqiy davomi ekanligini taʼkidladi.

Muzokaralar natijasida IHTT standartlarini joriy etish masalalarida Davlat soliq qo‘mitasiga yordam ko‘rsatish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🔹Kadastr atamalari🔹

🔷 Chegarani delimitatsiya qilish – qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi davlat chegarasining umumiy holati va yoʻnalishini muzokaralar yoʻli bilan aniqlash.
Delimitatsiya toʻgʻrisidagi farmonlar odatda tinchlik shartnomalari yoki davlat chegaralarini belgilash yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi maxsus bitimlarning ajralmas qismi hisoblanadi.

Demarkatsiya - ajratish chizig'ini chizish; chegaralarni aniqlash.

🔷 Delimitatsiya materiallari chegarani aniqlashning keyingi bosqichi - uni yerga chizish (demarkatsiya) uchun asos bo'lib xizmat qiladi. "Delimitatsiya" atamasi ko'pincha Xalqaro kosmik huquqda qo'llaniladi.

#DavKadastrPalata #kadastr_atamalari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr
#ma_rifat_soati
SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI
🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalari (shahar, tuman bo’lim va filial) xodimlari bugungi kunni "Siyosiy-ma’rifat soati"da faol qatnashish bilan boshladilar.
🔹Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan ma’rifat soatida:
✏️ Spikerlar quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tishdi:
🔰 Davlat va jamiyat boshqaruvida liderlikning roli
🔰 O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari
🔰 Huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati)
🔰 Shuningdek, o‘quv soatida O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar haqida ham ma’lumot berildi. 🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
▫️Soliq to‘lovchilar soni oshgan▫️

🔲 Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilda yer solig‘i to‘lovchi yuridik shaxslar soni 165 586 ta bo‘lsa, 2022 yilga kelib ularning soni 174 924 taga oshgan.

🔲 Yer solig‘i to‘lovchi jismoniy shaxslar esa 2021 yilda 6 421 694 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 6 620 449 nafarga yetdi.

#DavKadastrPalata #yer_solig_i

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
Savol: Uyimning yonidagi yerni meniki bo‘lmasa ham qo‘shib olganman (o‘zboshimchalik bilan egallangan). Shuni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob: Buning iloji yo‘q. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplaridan biri bu - qonuniylik. O‘z nomi bilan aytib turibdi O‘zboshimchalik bilan egallangan degani huquqni begilovchi hujjatlari yo‘q degani.
Qonunga va reglamentga ko‘ra huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lgan yerlar xususiylashtirilmaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
#VMQ-183-son

⚡️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

🔰Qonunchilikka muvofiq, yer nazorati Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

🔎 Kadastr nazoratini, Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

▫️yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

▫️elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

▫️yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

▫️OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

▫️sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi. 🇺🇿 Telegram I Instagram I Facebook
🇺🇿Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 apreldagi 299-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Andijon viloyatining Ulug‘nor hamda Oltinko‘l tumanlarida ma’muriy-hududiy birliklar chegaralarini belgilash hamda yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

📍Jumladan: Ulug‘nor tumanining ma’muriy chegarasidagi jami
41 952 gektar yer maydonidan 31 930 gektar (75%), Oltinko‘l tumanida esa ma’muriy chegarasidagi jami 21 265 gektar yer maydonidan 10 632 gektar (50%) qismida aerosyomkalar natijasida yaratilgan ortofotoplanlardan foydalangan holda deshifrovkalash ishlari amalga oshirildi.

🔹Ulug‘nor tumanida 14 ta hudud hamda 6 ta tumanlarga uzoq muddatga foydalanish uchun berilgan yerlardagi jami 1013 ta yerdan foydalanuvchilardan
793 ta (78%)

🔹 Oltinko‘l tumanida esa 17 ta hududdagi 308 ta yerdan foydalanuvchilardan 110 ta (35%) sining chegaralariga aniqlik kiritilib yer maydonlari xatlovdan o‘tkazildi.
▫️Manzillar yagona reestrini shakllantirish▫️

💠 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat xodimlari uchun huquqiy bilimlar soatlari tashkil qilinib kelinmoqda.

💠 Navbatdagi yig‘ilishda “Ko'chmas mulk obyektlari manzillari yagona reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining 1010-son qarorining mazmun va mohiyati yig‘ilganlarga yana bir bor tushuntirildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_bilim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Электр техникаси саноатини ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказилди.
Давлат раҳбари аҳоли талаби ва импорт таркибини ўрганиб, шунга мос маҳсулотлар ишлаб чиқариш, вилоятлар кесимида янги лойиҳаларни шакллантириш зарурлигини таъкидлади.
Оҳангарон туманида мис кластери ташкил этиш, тармоқда тадқиқот ва ривожлантириш марказларини очиш ва кадрлар тайёрлаш вазифалари белгиланди.

Состоялось совещание по вопросам развития электротехнической промышленности.
Глава государства подчеркнул необходимость изучения потребности населения и состава импорта, выпуска соответствующей продукции, формирования новых проектов в регионах.
Определены задачи по созданию медного кластера в Ахангаранском районе, организации центров исследования и развития в отрасли, подготовке кадров.

#Mirziyoyev #yigilish #sanoat #elektrotexnika

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter